Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Embrionning blastula va morula davrlari



Download 2,45 Mb.
bet55/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Embrionning blastula va morula davrlari


Blastomerlarning soni embrionning bir qavatiga yetarli bo’lgandan keyin ular aylana bo’lib joylashadi. Bu embrionnnig blastula davri deb ataladi. Hosil bo’lgan qavat blastoderma devori deb ataladi. Bu devorga blastomerlar bir qator, ba’zi hayvonlar embrionida esa ko’p qator bo’lib joylashadi. Blastulaning o’rtasi bo’shliq, kovak bo’ladi. Bu bo’shliq blastosel bo’shlig’i deb ataladi. Blastomer yunoncha blasto - nish, kurtak, koylos - kovak, ichi bo’sh degan ma’noni bildiradi. Blastosel bo’shlig’ini birinchi marta K.Ber aniqlaganligi uchun Ber bo’shlig’i ham deb yuritiladi. Blastulaning bir tomoni teshik bo’ladi. Bu teshik blastopor teshigi, uning lablari esa blastopor lablari deb ataladi. Blastopor yunoncha blasto - nish, kurtak, poros - teshik degan ma’noni bildiradi. Agar blastopor teshigi hayvon voyaga yetgandan keyin og’iz teshigiga aylanib, anal teshigi uning qarama-qarshi tomonidan ochilsa, bunday hayvonlar birlamchi og’izli hayvonlar deb ataladi. Birlamchi og’izlilarga - Protostomia - halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo’g’imoyoqlilar, onixoforalar, paypaslagichlilar tip birikiradi.


Agar blastopor teshigi anal teshigiga aylanib, og’iz teshigi uning qarama- qarshi tomonidan ochilsa, buuday hayvonlar ikkilamchi og’izli hayvonlar deb ataladi. Ikkilamchi og’izli hayvonlarga - Deuterostomia - ninatanlilar, pogonoforalar, qillag’lilar, gemixordalilar vaxordalilar tiplari kiradi.
Maydalanish turlariga bog’liq holda blastula ham turlicha bo’ladi: 1. Seloblastula. Blastosel bo’shlig’i katta, blastoderma devori bir tekis qalinlikda bo’ladi va blastodermada blastomerlar bir qator bo’lib joylashadi. Bunday blastula to’la va tekis maydalanish natijasida hosil bo’ladigan lansetnik tuxumida kuzatiladi (55-rasm).
2. Amfiblastula. Bunda blastoderma devori bir necha qator blastomerlardan tuzilgan bo’lib, bu devor animal qutbda vegetativ qutbga nisbatan yupqa bo’lishi, blastosel animal qutbga tomon siljigan bo’ladi. Bunday blastula to’la, lekin notekis maydalanadigan amfibiyalar tuxumlarida uchraydi.
3. Sterroblastula. Devori bir qator blastomerlardan iborat bo’ladi.
Blastomerlar blastosel bo’shlig’iga juda ko’p kirib borganligi uchun ham blastosel bo’shlig’i juda kichik bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilarda shunday blastula hosil bo’ladi.
4. Diskoblastula. Diskodial yo’l bilan maydalanadigan tuxumli hayvonlarda uchraydi. Blastosel bo’shlig’i embrion diski bilan sariqlik moddasining o’rtasida bo’ladi. Bunday blastula suyakli baliqlar, repteliyalar va qushlarda uchraydi.
5. Periblastula. Blastosel bo’shlig’i sariqlik moddasi bilan to’zganligi uchun bo’shliq bo’lmaydi. Sariqlik moddasining tashqarisidan bir qator blastomerlar o’rab turadi. Hasharotlarda shunday holat uchraydi.
6. Blastulaning yana o’ziga xos turi plakula ham bor. Bunda blastula ikki qavatli plastinkadan iborat bo’ladi. Bunday embrion shakli maydalanish davrida blastomerlar faqat parallel qatorda joylashganda hosil bo’ladi, Plakula quruqlikda uchraydigan kam tukli halqali chuvalchanglarda uchraydi.
Agar blastosel bo’shlig’i ham blastomerlar bilan to’lgan bo’lsa, buni embrionnnig morula davri deb ataladi. Embrionning morula davri tutning mevasini eslatadi. Shuning uchun morula lotincha monim - tut mevasi degan ma"noni bildiradi. Morulaning hosil bo’lishi to’g’risida ikki xil fikr bor:
1. Moruladan keyin blastula hosil bo’ladi. Morula blastomerlarning tartibsiz yoki o’ziga xos joylashishi hisoblanadi.
2. Blastuladan keyin birorta blastomer blastosel bo’shlig’iga tushib qolsa, ular ko’payib, blastosel bo’shlig’ini to’ldirib qo’yadi.
Blastosel bo’shlig’idagi suyuqlikning fiziologik va morfologik ahamiyatini o’rganish ham muhimdir. Chunki bu suyuqlik har xil hayvonlar embrionida har xil bo’ladi jumladan, dengiz tipratikanida dildiroq, ba’zi hayvonlarda harakatchan, suv hayvonlarida suvdan farq qiladi.
Har xil hayvonlarning blastulalari ham bir-biridan farq qiladi. Blastulani tashkil ettivchi blastomerlar yopishqoq modda hosil qilib bir-biriga yopishib turadi. Ba’zi hayvonlarda blastomerlarning sochilib kelmasligini blastula qobig’i boshqaradi.
REYTING SAVOllARI

1. Bo’linish yoki maydalanish nima? Uning somatik hujayra bo’linishidan farqi nimalardan iborat?


2. Maydalanish turlarini ayting.
3. Maydalanish tezligi va sabablarini tushuntiring.
4. Maydalanish egatchalarining paydo bo’lishi sabablari to’g’risidagi gipotezalarni aytib bering.
5. O. Gertvig-Yu. Saks qoidalarini aytib bering.
6. Maydalanish turining tuxum turiga bog’liqligini tushuntiring.
7. Maydalanishga muhit omillarinnig qanday ta’sviri bor?
8. Embrionning blastula davri va uning turlarini ayting.
9. Embrionning morula davrini tushuntiring.
10. Maydalanishgacha DNK replikasiyasi qanday sodir bo’ladi?
11. Sinxron va asinxron maydalanishni tushuntiring.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish