Gastrulyasiya sabablari
Gastrulyasiya hodisasining tiplari va sabablari hozirgacha to’liq o’rganilmaganligi sababli uning qonuniyatlari ham to’liq ummnlashtirgan. Shuning uchun gastrulyasiyaga oid ba’zi nazariyalarga to’xtalamiz.
1. Ba’zi embriologlar fikricha, gastrulyasiya sodir bo’lishiga embrion hamma qismlarining bir xil o’smaganligi, notekis maydalaursh sabab bo’ladi. Epibolik gastruryasiyada animal qutbga nisbatan vegetativ qutb sekin bo’linadi. Ammo bu nazariya ancha qadimgi bo’lib, ko’piIab ma’lumotlarni isbotlay olmaydi. Jumladan, hujayra bo’linsa ham, gastrulyasiya sodir bo’ladi.
2. L.Rumbler 1902 yilda gastrulyasiya jarayonini mexanik yo’l bilan isbotlashni taklif etdi. Blastulani hosil qiluvchi hujayralarning blastosel tomoni yapaloq, tashqariga qaragan tomoni esa ingichka bo’ladi. Hujayraning bir-biriga ta’sviri tufayli bir qismi ichkariga botib kiradi.
3. Blastulaning oxirida hujayra suvni ko’pi so’rishi morfogenelik halokatga sabab bo’ladi.
4.Hujayrada hosil bo’lgan paralel ipchalar hujayraning cho’zilishiga, bu esa gastrulyasiyada entodemaning qatlamlanishiga sabab bo’ladi. Hujayraning cho’zilish sabablari hozircha aniq emas.
5. I.GoItfreter 1943-1944 yillarda yaratgan gipotezaga ko’ra, amfibiya tuxumida birlamchi va ikkilamchi qobiqdan tashqari animal qutbni o’rab turadigan qobiq ham bor.
6. Gatrulyasiyani o’zganishda hujayralaro aloqani bo’lish muhim ahamiyatga ega. Bu aloqalar membrana o’simtalari, psevdopodiyalar va boshqalar orqali hosil bo’lishi mumkin.
7. Hujayraning muhim biologik xususiyatlaridan biri amyobasimon harkati va fagositoz hodisasining sodir bo’lishidir. Bu jarayonlar embrion hujayraida ham sodir bo’ladi.
8. Agar amfibiya embrionini RN 9,6-9,8 bo’lgan suvga solinsa, ular bir-biri bilan bog’lanmagan bo’laklarga bo’linib ketadi. Embrionning har xil hujayrai har xil sharoitni talab eiadi.
T. Gustafson gipotezasi
T. Gustafson va uning shogirdlarining ilmiy izfanishlari rivojlanishning biokimyoviy va morflogik qonuniyatlari o’rtasidagi aloqani aniqlashdan iborat. Uning fikricha, embriologiyada bunday aloqani isbotlaydigan ma’lumotlar yo’q. Ana shunday ma’lumotlar olish uchun Gustafson dengiz tipratikanida gastrulyasiya jarayonini o’zgarib, 2 ta qonuniyatga, birinchidan, hujayra o’rtasidagi aloqalarga; ikkinchidan, hujayraning amyobasimon harkatiga e’tibor berdi.
Seytrafer mikrokinos yomka usuli bilan yetilgan tuxumda 3 ta zona borligini aniqladi: 1-zona - vegetativ yarim shardagi mezenxima; 2-zona - yarim sharlar o’rtasidagi entomezoderma; 3-zona - animal yarim shardagi ektoderma.
Maydalanish boshlanishidan 10 soatdan keyin blastula hosil bo’ladi. Bir necha soatdan keyin invaginasiya yo’li bilan gastrulyasiya sodir bo’ladi. 2 kundan keyin to’liq shakllangan lichinka hosil bo’ladi. Bunda 4 ta asosiy morfogenelik jarayon sodir bo’ladi: 1) blastula hosil bo’lishi; 2) blastodermada blastomerlarning joylashuv chizig’lning o’zgarishi; 3) hujayra harkat yo’nalishining o’zgarishi; 4) hujayra murtaklarining aralashib ketishi. Bu jarrayonlarni Gystafson yuqoridagi ikkita qonuniyat bilan isbotladi.
Maydalanish natijasida blastula hosil bo’lishini Gustafsion mexanika va geometriya terminlari bilan ifodalaydi.
Blastuladan keyin hosil bo’layotgan hujayra shakllari bo’linish bilan bog’liq emas. Jumladan ,uchburchak,qiyshiq tayoqchasimon hujayralar hosil bo’ladi.Bular hujayralar oro munosabat tufayli paydo bo’ladi bundan keyin huhayrada psevdapodiya hosil bo’lishi va uning hujayra harakati tidagi muhuim o’rin tutadi.Blastulaning ohirida birlamchi mezinhima hijayralari blastosel bo’shlig’iga migratsiya qiladi. Psevdopodiyalarning ohirgi uchi blastulaga tegib turadi.Embrionning nerf sistemasi morfagenetik jarayonlar uchun muhum axamiyatga ega. Nerf sistemasini qo’zg’atuvchi moddalar :asitilin holin, seratoni adrenalin orqali nerf sistwemasining ta’siri hujayradan hujayraga o’tadi. Bu moddalarning ba’zilari hujayraning bo’linishini keyin hujayra harakatini boshqaradi.Undan keyin esa nerv sistemasining mediatori sifatida faoliyat ko’rsatadi.Shunday moddalarddan seratoning vyun balig’ining tuxum hujayrasi urug’langandan 12 munutdan keyin sintezlangani aniqlangan. Ammo 1966-1969 yillarda Gustafson seratonin gastrulyasiya jarayoni sekinlashtiruvchi moddani neytrallaydi,degan xulosaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |