Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi



Download 2,45 Mb.
bet120/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Tuban umurtqalilar metamorfozi
To’garakog’zlilar, ikki xil nafas oluvchi va suyakli baliqlar hamda amfibiyalar lichinkalari jinsiy voyaga yetgan formalardan farq qiladi. Ularning o’sishi va rivojlanishi davrida keskin o’zgarishlar sodir bo’ladi. Masalan, ikki xil nafas oluvchi baliqlar rivojlanishida o’ziga xos lichinka hosil bo’ladi. Minoganing tuxum qobig’dan chiqqan lchinkasi-qumteshar jinsiy voyaga yetgan formasidan farq qiladi. Ularning stomodeumi ichaklarga yetib bormaydi va lichinka sitomodeumi ichaklargacha yetib borguncha sariqlik qoldig’I bilan oziqlanadi. Bu davrda normal jabra bilan nafas olish paydo bo’ladi, jabra yoriqlari halqumi ochiladi. Qumtesharning ko’zlari kichik, to’liq taraqiy etmagan, teri ostida yashiringan bo’ladi. Lichinkalik davri 3-4 yil davom etib, ko’plab o’zgarishlar sodir boladi. Pronefroz mezonefrozga aylanadi. Birlamchi buyrak ham lichinkalik , ham jinsiy voyaga yetgan formalarida asosiy ayiruv organi hisoblanadi. Metamorfoz davrida qalqonsimon bez asosiy ichki sekretsiya bezi hisoblanadi. Bu bez ichakda hosil bo’lib, halqum bilan aloqasi yo’qoladi va gormonlarni bevosita qonga quyadi. Qumteshar gavdasining oldingi qismi o’zgaradi, ko’zi kattalashadi. Boshidagi tog’ay to’qimasi suyak to’qimasiga aylanadi, boshining halqum qismi differensiallashadi, og’iz ichida teridan iborat bo’lgan yangi paypaslagichlar paydo bo’ladi. Bu paypaslagichlardan minoganing tshlari hosil bo’ladi. Shuning bilan bir vaqtda gipofiz bezi ham rivojlanadi. Odatdagi ichakda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi va definitive tuzilishiga keladi. Bir birining ustida joylashgan naysimon qzilo’ngach va jabra bo’lmi hosil bo’lib, ularning har ikkalasi ham og’iz bo’shlig’iga ochiladi. Metamorfoz davrida qo’shilib ketgan yelka va qorin suzgich qanotlaridan yelka , dum va qorin suzgich qanotlar hsil bo’ladi. Sariqlik haltasi va uning kanali yo’qoladi.


Amfibiyalar metamorfozi
Amfibiyalar metamorfozi davrida sodir bo’ladigan morfofiziologik o’zgarishlar va ularning sabablari har tomonlama chuqur tajribalar asosida o’rganilgan. Amfibiyalarnng har xil vakillarining metamorfozi evolyusiya jarayonida shakllangan o’ziga xos xususyatga ega. Dumsiz amfibiyalar metamorfozi davrida sodir bo’ladigan morfologik o’zgarishlar suvdan quruqlikka yashashga o’tishi munosabati bilan paydo bo’ladi.
Baqa itbalig’ining metamorfozi davrida hamma organlar sistemasi ma’lum darajada qayta quriladi. (114-rasm).
Lichinkaning uzun, tarmoqlangan tashqi jabralari o’saytgan jabra qopqog’I bilan yopiladi. Jabralar atrofiga uchraydi va itbaliq ichki jabralari bilan nafas ola boshlaydi. Lichinkalik davrining 2,5 yilidan keyin o’pkasi ishlay boshlaydi. Jabra qopqog’I hosil bo’lgandan keyin itbaliq dumining ostida orqa oyoqlar, jabra yoyi orqa juftining tagida oldingi oyoqlar paydo bo’la boshlaydi. Metamorfozgacha ular jabra qopqog’I ostida yopiq holda bo’ladi.
Metamorfoz davrida o’pka rivojlanadi, o’pka bilan birgalikda arteriya va vena qon tomirlari hosil bo’ladi. Keyn ichki jabra atrofiga uchraydi, jabra qopqog’I yo’qoladi, oldingi va orqa oyaqlar ochiladi va tez o’sadi. Gavdaning har hil qismlarida qon kelishning o’zgarishi, orqa oyoqning tez o’sishi tufayli dumni tashkil etadigan hujayralar o’ladi va dum atrofiga uchraydi. Dum muskullari va xordaning nobud bo’lishi fogasitar va yallig’lanish jarayonlari orqali amalga oshadi.
Ichakda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi, ukattalashadi, gistogenetik o’zgarshlarga uchraydi, bosh qayta tuziladi, o’rta quloq paydo bo’ladi. Bosh suyaklari va jag’ tuzilishi o’zgaradi, ko’zi takomillashadi, tishlari yo’qoladi. Skeletida ham katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Tog’aylar suyakka aylanadi, ayiruv organlari va terisi o’zgaradi.
Dumli amfibiyalaridan aksolotl lichinkalik davrida ko’payish xususyatiga ega. Bu hodisa neoteniya deb ataladi va evolyasiya jarayonida paydo bo’lgan turning saqlanib qolishiga qaratilgan o’ziga xos moslanish hisoblanadi. Turli tuman tajribalarda aniqlanishicha amfibiyalar metamorfozi qalqonsimon bez faoliyatiga bog’liq. Gipotalamus –gipofiz- qalqonsimon bez sistemasining azolari bir- biri bilan uzviy bog’liq. Bu bezlarning gormonlari metamorfoz jarayonini boshqaradi (M.S.Miskevich, 1978). Shunday qilib, metamorfoz hayvon hayot tarzining o’zgarishi va boshqa ko’plab moslanishlarga olib keladigan jarayon hisoblanadi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish