"Individ" nima?


Shaxs kamolotining muhim me’zoni



Download 156,24 Kb.
bet3/4
Sana11.07.2022
Hajmi156,24 Kb.
#774555
1   2   3   4
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi.

Shaxs kamolotining muhim me’zoni.


Tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsad­ga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, shaxs sifati va harakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
– tarbiyalanuvchilarning maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
– jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
– madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
– ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
Tarbiya jarayoni – tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat. Tarbiyaviy tadbirlar turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo‘ysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluv­chi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar tarbiya jarayonining bir bo‘lagidir. Tarbiyaviy ish tarbiyalanuvchilarning muayyan faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. Uning asosiy xususiyati – zaruriylik, foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat.
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda yorqin namoyon bo‘ladi:
– maqsadga yo‘naltirilganlik. Tarbiya jarayoni – natijasi jamiyat uchun foydali shaxsni shakllantirishga qaratilgan maxsus tashkil etiluvchi, boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati. Boshqacha aytganda, mazkur jarayon qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘za­ro hamkorligidir;
– ko‘p qirrali jarayon. Tarbiya jarayoni ko‘p­lab obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq. Subyektiv omillar bolaning ichki ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lsa, obyektiv omillar tarbiyaviy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan bola yashaydigan muhit sharoitlari bilan tavsiflanadi;
– uzoq muddat davom etish. Pedagogikada tarkib topgan qonuniyatga ko‘ra tarbiya jarayoni inson tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadi;
– uzluksizlik. Tarbiya – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning izchil, tizimli o‘zaro harakati jarayoni. Qo‘yilgan maqsadga erishish u­chun tarbiyaviy ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilishi lozim;
– yaxlitlik. Ya’ni tarbiya jarayoni maqsad, vazifa, mazmun, shakl, metod va vositalarining birligi. Bolani tarbiyalash jarayoni yaxlit tavsifga ega bo‘lganligi bois tarbiyaviy ta’sirning ham to‘laqonli bo‘lishiga erishish lozim;
– variativlik. Tarbiya jarayoni xilma-xil ko‘­rinishda amalga oshirilib, mazkur holatda tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar, tarbiyaviy jarayonga munosabati, ijtimoiy tajribalari alohida ahamiyat kasb etadi;
– natijalarning oldindan aniqlanmasligi. Tar­biya jarayonining murakkabligi shundaki, mazkur jarayon o‘z mahsulini yillar davomida ko‘rsatadi. Kutilgan natijaga erishish ham tarbiyachining kasbiy mahoratiga, ham tarbiyalanuvchining shaxsiy faolligiga bevosita bog‘­liq­dir;
– o‘zaro ta’sir. Tarbiya jarayonining bori­shi ikki yo‘nalishda amalga oshadi: tarbiyachi – tarbiyalanuvchi va tarbiyalanuvchi – tarbiya­chi.
Tarbiya qonuniyatlari bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari bo‘lsa, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalardir.
Tarbiya jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlari mavjud:
– ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligi. Obyektiv omillar tarbiyani tashkil etish shart-sharoitlari, moddiy-texnik, ijtimoiy, madaniy, sanitar-gigiyenik vositalar orqali yuzaga chiqsa, subyektiv omillarga tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar, ularning o‘zaro birgalikdagi harakati, murakkab aloqalar, psixologik muhit va boshqalarni kiritish mumkin;
– tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi. Tarbiya jarayoni bolalarning yosh davri rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi; qo‘yilgan maqsad, vazifalar bolalarning yosh xususiyatlariga to‘liq mos kelishi lozim;
– faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarni faoliyatga jalb etish orqali ularda mavjud jarayonga nisbatan munosabatni aniq baholay olish mumkin. O‘z navbatida munosabat bildira olish tarbiyalanuvchining faoliyatga tayyorligini ko‘rsatadi;
– tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish. Tarbiyalanuvchilarning bir-birlariga o‘zaro ta’sir etishlari va mazkur imkoniyatdan oqilona foydalana olishlari tarbiya jarayonining ta’sirini kuchaytiradi. Ular orasidagi munosabatlarning barqarorligi, birgalikdagi faoliyati natijasida jamoaviylik, o‘zaro ishonch, mehribonlik, bir-birlari uchun qayg‘ura olish, hamdardlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlar qaror topadi;
– tarbiya va o‘zini o‘zi tarbiyalashning intensivligi. O‘z-o‘zini tarbiyalash bu shaxsning o‘zini, shaxsiy sifatlarini takomillashtiri­shidir. Bunday tarbiyalash tarbiyalanuvchiga o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olish, o‘zidagi ijobiy va salbiy jihatlarni aniqlash imkonini beradi;
– tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’­sir etishning intensivligi. Tarbiyalanuvchining ichki olami deganda motiv, ehtiyoj, emotsiya, intellekt kabilarning birligi tushuniladi;
– tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish. Hamma vaqt ham bolaning aqliy rivojlanishi uning verbal nutqi va harakatga doir sensomotor ko‘rsatkichlariga mos kelavermaydi. Nazariy bilimlarga oson va erkin tayanuvchi bolalar uchun ba’zan elementar amaliy harakatlar, sohada mehnat faoliyatiga doir operatsiyalarni, jismoniy mashqlarni bajarish qiyin va murakkablik qiladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish dinamikasi bilan pedagogik ta’sirning uyg‘unligiga erishish lozim.

Bolaning rivojlanishini baholash


Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlani­shini to‘g‘ri baholash uchun aniq bir yo‘nalish­ni belgilab olish muhimdir. Kichkintoyni baholashdagi asosiy vazifa – motivatsion bo‘lib, bu uni o‘z faoliyati natijasini yaxshilashga, xulqini o‘zgartirishga undashi kerak. Baholash doimo baholovchining munosabatini, ya’ni kattalarni faoliyat eksperti yoki muammoli vaziyat ishtirokchisi sifatida namoyon etadi.
Kattalar o‘zlarining baholari orqali bolaning faolligini aks ettiradi, ular uchun qandaydir ko‘zgu rolini bajaradi. Ularning bahosi bolaga o‘zining faolligi, xulq me’yorlari va “o‘zligi”ni namoyon etishida to‘g‘ri yo‘nalish olishi uchun yordam beruvchi vosita hisoblanadi. Bu usul kichkintoyning o‘z-o‘ziga baho berish qobiliyati shakllanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, bolaning xulqi va faoliyatini baholashdagi mezon hisoblanadi.
Bolaning faoliyati alohida harakatlardan tashkil topgan bo‘lib, biror bir natijaga erishish uchun yo‘naltirilgan maqsad va kuchlarga qaratilgandir. Shuning uchun kichkintoyning fao­liyati baholanayotganda birinchi navbatda harakatlari, intilishi va uning natijasini inobatga olmoq darkor.
Kichkintoyning faoliyatini baholashda fidbek — qayta aloqa usulidan foydalanishimiz mumkin. Fidbek (qayta aloqa), bu – biror bir mashg‘ulot yoki trening ishtirokchilariga ularning qaysi harakatlari kerakli natijaga erishi­shida yordam beradi va ular bundan keyingi jarayonni qanday davom ettirishlari kerak, shuningdek, qaysi harakatlar natijaga erishishda to‘siq bo‘ldi va keyingi faoliyatda qay biridan voz ke­chish kerakligi haqidagi ma’lumotdir.
Qayta aloqa yana maksimal natijaga eri­shish uchun rejalashtirishni ham o‘z ichiga oladi.
1. Bolaning faoliyatiga nisbatan qayta alo­qa­ning birinchi shakli quyidagilardan tashkil topadi:

  • bolaning faoliyatini ta’riflash (sen bajarding);

  • intilishini ta’riflash (sen …… ga intilding);

  • bola faoliyatining natijalarini ta’riflash (sen quyidagilarga erishding).

Masalan, “Sen meni diqqat bilan eshitding va chiziqlarni kataklarga men aytgandek chizding. Shuning uchun sening rasming to‘g‘ri va chiroyli chiqdi”.
2. Bolaning faoliyatiga nisbatan qayta aloqaning ikkinchi shakli: qo‘llab-quvvatlash – tanqid – qo‘llab-quvvatlash. Masalan, “Sen osmon va bulutlarni yaxshi chizding. Ammo uychang qiyshiqroq chiqibdi. Lekin uning atrofiga juda chiroyli yashil o‘tlar chizgansan”.
Qayta aloqaning ushbu shaklidagi “ammo” so‘zi maqtov va qo‘llab-quvvatlashning ta’sirini susaytiradi. Ushbu so‘zdan avval aytilgan maqtov ham o‘z ta’sirini yo‘qotadi. Bunday vaziyatda “ammo” so‘zi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli yo‘nalishdagi maqtov va tanqidni bog‘lab turadi. Natijada tanqid maqtovning ta’sirini kamaytirib, anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin. Bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va bolani chalg‘itmaslik uchun ikkita alohida qayta aloqa bog‘lash maqsadga muvofiqdir. Masalan, “Sen bu yerda notekis chiziqlar chizgansan, shuning uchun uychang qiyshiq bo‘lgan. Bu yerda osmon va o‘tlarni yorqin bo‘yoqlar yordamida bo‘yashga harakat qilgansan, shuning uchun ular chiroyli va tartibli chiqqan”. Bu qayta aloqa “sen – ma’lumot” shaklida olib boriladi.
To‘g‘ri tashkil etilgan qayta aloqa, birinchidan, baholash mezonlarini aniqlab beradi, ya’ni bolaga uning faoliyati va bajarish natijasini yoritib berish orqali nimani to‘g‘ri, nimani noto‘g‘ri bajarganligini anglashiga ko‘makla­shamiz, ikkinchidan, bunday qayta aloqa kich­kintoyda salbiy hissiyotlarni keltirib chiqarmaydi. Kattalar bir tomondan bola faoliyatining eksperti bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning hamkori sifatida namoyon bo‘ladi. U­chin­chidan, to‘g‘ri tashkil etilgan qayta aloqa kichkintoyni o‘z o‘zini nazorat qilishga va yo‘­nal­tirish­ga, mustaqil bo‘lishga undaydi.
Bola xulqini baholashdagi fidbek — qayta aloqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • kichkintoyning faoliyatiga qaratilgan qayta aloqa uning xulqiga nisbatan qayta aloqada qo‘l kelmaydi. Bolaning faoliyat natijasi o‘ziga tegishli bo‘lsa, xulqining oqibati yoki natijasi atrofdagilariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bola xul­qini baholashda “men ma’lumot” shakli qo‘llaniladi. U to‘rt komponentdan iborat:

  1. Kattalar bolaning xulqiga ta’sir etadigan hissiyotni ta’riflaydi va ko‘p hollarda ushbu munosabat “agar” so‘zidan boshlanadi. Masalan: “Agar gilamda o‘yin­choqlarni tartibsiz qoldirishsa…”

  2. Bolaning xulqi yoki ma’lum bir holatiga kattalar o‘zining munosabatini bildirishadi. Masalan: “Men xafa bo‘laman”, “Mening jahlim chiqadi”, “Menga yoqmaydi”.

  3. Kattalarda negativ munosabatning yuzaga kelish sabablarini ta’riflaydi va bu jarayon ko‘pincha “chunki” so‘zidan boshlanadi. Masalan: Chunki o‘yinchoqlarni bosib sindirib qo‘­yishi mumkin.

  4. Bola xulqini o‘zgartirmagan holda qanday oqibatlarga olib kelishini ta’riflaydi. Masalan: “O‘yinchoqlar joy-joyiga qo‘yilmasa, men ularni berkitishga majbur bo‘laman”.

Biz bola xulqini hamma vaqt ham to‘g‘ri baholaymizmi? Afsuski, bu holatda ham ba’zi bir xatolarga yo‘l qo‘yiladi.
Kattalar ko‘p hollarda “Men – ma’lumot”ni bola xulqi yomonligida, biror bir me’yor yoki qoidani buzganda, nojo‘ya ish qilganda qo‘llash mumkin deb o‘ylashadi. Aynan mana shu tu­shunchalar kattalarda salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
Bolaning ijobiy xulqida “Men – ma’lumot”ni qo‘llash katta samara beradi. Kichkintoylar shundoq ham o‘zlarining yomon xulqlari kattalarga qanday ta’sir ko‘rsatishini yaxshi anglashadi. Lekin ular ijobiy xulqlari kattalarga qanday ta’sir ko‘rsatishini umuman bilishmaydi. Kattalar ham kichkintoyning ijobiy xulqiga ko‘p ham e’tibor beraverishmaydi. Bolaning ijobiy xulqini odatiy hol sifatida qarab, uning salbiy xulqiga e’tibor qaratish esa juda katta xatodir. Kichkintoyni yaxshi tomonga rag‘batlantirish va yo‘naltirish uchun uning ijobiy xulqiga diqqatni yo‘naltirish lozim. Masalan, “Men bugun bog‘chaga vaqtida kelganingdan xursandman”; “Menga idishlarni yuvishda ko‘maklash­ganing juda yoqdi”; “Men sen bilan faxrlanaman”.
Sir emaski, ijobiy baho bolaning o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini, ayniqsa, o‘ziga bo‘lgan i­shonchini oshiradi.


Bolaning rivojlanishini kuzatish va qayd etish

Bolaning rivojlanishini to‘g‘ri baholash u­chun uni doimo kuzatish va kuzatishni albatta, qayd etib borish muhimdir. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda samarali metodlardan biri – ularni o‘rab turgan tabiiy sharoit, uy, guruh xonasi, o‘yin maydonchasi, kuzatilgan holatni qayd etib borish va olingan natijalarni tahlil etish hisoblanadi. Bu usulni qo‘llagan tarbiyachilar ota-ona va hamkasblar bilan muhokama qilish mumkin bo‘lgan aniq axborotga ega bo‘ladi.


Kuzatish – bolani o‘ynayotgan yoki ishlayotgan vaqtda, uning faoliyatiga aralashmasdan turib sinchkovlik bilan kuzatish jarayoni.
Qayd etish – kuzatilayotgan faollikni hujjatlashtirish jarayoni. Garchand ko‘pgina tarbiyachilar buni tabiiy ravishda qo‘llashsa-da, bolalarni kuzatishga tizimli yondashuv olinayotgan ma’lumotlarning to‘laqonliligini ta’­min­lamaydi.
Tarbiyachining kuzatishlari nozik va sinchkov bo‘lishi kerak. Kichik yoshli bolalar ko‘p hollarda o‘z harakatlarini so‘zda ifodalab bera olishmaydi. Agar bola qog‘ozni qaychi bilan qirqa olmasa, u qog‘ozni otib yuborish bilan munosabatini ifodalaydi.
“Bolalar biz bilan ko‘z ifodasi, ovozining past-balandligi, qo‘l harakati, qiliqlari, jilmayishi, sakrashi va loqaydligi bilan ham muloqot qilishi mumkin. Ular ichki kechinmalarini, munosabatlarini faoliyatlari orqali bizga yetkazishadi. Biz kichkintoylarning harakatlarini ular uchun anglatgan ma’no nuqtayi nazaridan baholasak to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lamiz. Ularning muloqot usullarini qayd etish bolani bizga qanday bo‘lsa shunday ko‘rishimizga yordam beradi”.
Harakatlar yoki ularning natijalarini qayd eta turib, tarbiyachilar bolalar nima qilayotganligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘ladi hamda kichkintoyni baholab, uning oldiga to‘g‘ri maqsadlar qo‘ya oladi.
Bolani kuzatish orqali uning fe’l-atvori, nimalarni bilishga qiziqishi, ko‘nikma darajasi va rivojlanishidagi ildamlashni aniqlash mumkin.


Kuzatish ochiq, fokuslashtirilgan va tizimli bo‘lishi mumkin.

Ochiq kuzatish paytida bola yoki guruh a’zolari kuzatuv ostidaligini, baholash mezonlari, tanqiddan xolisligini biladi.


Fokuslashtirilgan kuzatish bir bola yoki ma’lum bir guruh bolalariga yo‘naltirilgan. Kich­kintoylar ma’lum bir vazifani bajarayotgan vaqtda tarbiyachi qaysi tilda suhbat olib borayotgani, vazifani bajarish uchun qanday resurslarni tanlashi va ulardan foydalanayotganligini kuzatadi. Shunday qilib, tarbiyachi ma’­lum bir xatti-harakatlarda o‘xshashlikni kuzatishi, ushbu kuzatuv bolalarning kuzatuvlari bilan to‘ldirilishi mumkin, bu esa ushbu jarayonning turli tomonlarini ko‘rish imkoniyatini beradi.

Download 156,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish