Bog'liq Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi.
Tizimli kuzatish paytida mezonlar oldindan belgilangan bo‘lishi va kuzatuv belgilangan, cheklangan vaqtga qaratilishi kerak.
Kuzatish – baholashning muhim usuli, chunki u ta’lim olish jarayoniga qaratilgan va quyidagilarni talab etadi:
nafaqat ishning natijasiga qarash, balki bolalar qanday ish olib borayotganiga ham e’tibor berish zarur;
bolalarning taklifini eshitish va ular bildirgan fikrlarni tushunishga harakat qilish;
bolalar fikr yuritishlarini namoyon etishi uchun muammolarni muhokama qilish.
Kuzatish bir qator yutuqlarga ega:
xohlagan vaqtda qo‘llanishi mumkin;
vaqtni olmaydi va guruhdagi ta’lim jarayoniga xalaqit bermaydi;
barcha xatti-harakat turlari haqida axborot beradi;
uni doim qo‘llash mumkin;
bolalar kuzatuv ostidaligini sezmaydi;
alohida bir uskuna va materiallarni talab qilmaydi.
Nimani kuzatish kerak? Individuallik parametrlari Bolaning individualligini hisobga olish – ta’lim samaradorligining poydevori. Muhimi har bir bolaning individualligiga munosabat bildirishdir. Uni baholash yoki qoralash yaramaydi. Bola individualligini tushunish quyidagi parametrlarni ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Madaniyat va oilaning o‘ziga xosligi. Har qanday oilaning eng ko‘zga tashlanib turadigan jihati uning madaniyati hisoblanadi. Madaniyat insonning nimani o‘ylashi, nimani qadrlashi va o‘zini qanday tutishini juda aniq belgilaydi. Bolalarning jamiyatga moslashuvi ham ko‘pincha oila madaniyati bilan belgilanadi.
Oilalarga tashrif buyurish katta ahamiyatga ega, chunki ular tarbiyachiga o‘sha xonadonning oilaviy muhiti haqida tasavvur beradi. Tarbiyachi oila madaniyatini bolaning ta’lim olish dasturini amalga oshirishda hisobga olishi maqsadga muvofiq bo‘lib, ota-onalar tomonidan ta’lim dasturi muhokama qilinishini rag‘batlantirib turishi kerak. Bunga ovqatlanish, urf-odatlari, marosimlari, til, vaqt kirishi mumkin.
Ba’zi oilalarda ota-onalar bolalarining hamma narsani ko‘rishlarini, biroq hamma narsani ham eshitmasligini istashadi, boshqa oilalarda esa bolalarni barcha ish va masalalarga jalb etishga harakat qilishadi. Ba’zi madaniyatlarda bolaning kattalar ko‘ziga tik qarashi odobsizlik sanaladi. Oilaga tashrif buyurishdan olingan taassurotlar tarbiyachiga kichkintoyning yurish-turishini anglashga yordam beradi va ularni bola madaniyatiga xos holat sifatida baholash uchun asos bo‘ladi.
Yosh Ma’lumki, uch yoshli bola to‘rt yoki besh yoshdagi boladan ko‘ra boshqacha fikrlaydi va harakat qiladi. Rivojlanish bosqichlarini bilish tarbiyachilar uchun muhim omil. Masalan, aksariyat besh yoshli bolalar uch va to‘rt yoshlilardan ko‘ra diqqatini bir joyga jamlashi, yaxshi muloqotga kirishishi, o‘yin vaqtida nisbatan murakkab harakatlarni amalga oshirishi va mavhum tushunchalarni yaxshiroq tushunishi mumkin. Yosh — faoliyat turlari, taqdimot shakllari va ularga ajratiladigan vaqtni tanlaganda hisobga olinishi lozim bo‘lgan muhim omildir.
Rivojlanish darajasi Uch yoshlilarning istalgan guruhidagi bolalar ichida qobiliyat va harakat borasida katta farqlar kuzatiladi. Ba’zi bolalar ikki yoshlilar darajasini namoyon etadi, ba’zilar to‘rt yoshli, aksariyati esa ikki yosh o‘rtasida bo‘lishadi. Ammo vaziyat har bir alohida olingan bolaning rivojlanishi baravar kechmasligi bilan yanada murakkablashib ketadi: bola rivojlangan nutq va muloqot qobiliyatiga ega, lekin jismoniy rivojlanishda orqada bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik tengdosh bolalar guruhlari doirasida rivojlanish darajasiga ko‘ra kamida ikki yillik farq kuzatiladi. Agarda guruhda o‘ta qobiliyatli va rivojlanishda orqada qolgan bolalar bo‘lsa, ushbu farq yana ham ko‘proq seziladi.
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan harakatlar Kun tartibiga nisbatan bolaning munosabati.
Tinch va faol harakat faoliyatiga o‘tish, guruh faoliyatidan mustaqil faoliyatga o‘tishi.
Ota-onasi bilan xayrlashganda, ovqatlanayotganda, kiyinishi, yuvinishi va boshqa holatlarda bola o‘zini qanday tutishi.
Jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanadimi? Ularning hammasidan foydalanadimi yoki faqat ba’zilaridanmi?
Qurish-yasash burchagida g‘ishtchalarni faqat qo‘yib qo‘yadimi yoki ijodkorlik bilan yangi usullar o‘ylab topadimi?
Bolaning boshqa bolalar bilan muloqoti. Atrofidagilar bilan birdek o‘ynaydimi yoki ayrim bolalar bilanmi? O‘yinchoqlarni o‘rtoqlari bilan o‘ynaydimi?