Sotsiometriya metodi—ijtimoiy hodisalami о ‘rganishda matematika vositalaridan foydalanishdir. Undan ko‘pincha «kichik guruhlar»ni va ulardagi shaxslararo munosabatlami o‘rganishda foydalaniladi.
О‘yin metodlari-boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo'lla- niladi. Imitatsion o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar (ayniqsa, nostandart) vaziyatlami tahlil qilishda farqlanadi. 0‘yin metodlari orasida psixodrama va sotsiodrama alohida o‘rin tutadi. Ularda ishtirokchilar muayyan individual va gruppaviy vaziyatlami ko‘rib chiqadilar.
3.Hozirgi zamon metodlari: abduksiya kumatoid, keys stadis, evristika. «Kumatoid», «case studies», «abduksiya» tushunchalari an’anaviy metodologik tushunchalar mhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi mumkin. Ammo aynan ular metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalami kiritish bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur tushunchalaming aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog‘liq. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo'lgan bifurkatsiya, «fluktuatsiya», «dissipatsiya», «attraktor» tushunchalarini, shuningdek, «kumatoid» (yunoncha-to‘ lqin) degan innovatsion tushunchani kiritish mumkin.
Kumatoid - suzayotgan obyektni anglatadi va obyektlaming tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo ‘lishi, shuningdek, yo‘qolishi, parchalanishi mumkin. U o'zining barcha elementlarini birvarakay emas, balki о‘ziga xos «hissiy, o‘ta hissiy» tarzda namoyon etadi. Masalan, tizimli obyekt-o‘zbek xalqini ma’lum vaqt, makon bo‘lagida ifoda etish va mahalliylashtirish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, obyektni yaxlit ifoda etish uchun o‘zbek xalqining barcha vakillarini yig‘ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur obyekt soxta emas, realdir. Uni kuzatish, o‘rganish mumkin. U butun sivilizatsion-tarixiy jarayonning yo‘nalishini ko‘p jihitdan belgilab beradi. Yana bir misol: talabalar guruhi. U dam paydo bo‘ladigan, dam ko‘zdan yo‘qoladigan suzuvchi obyekt sifatida o‘zaro aloqalaming deyarli barcha tizimlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘quv mashg1 ulotlari tugaganidan keyin guruh yaxlit obyekt sifatida mavjud bo‘lmaydi, ammo institutsiyaviy belgilangan ma’lum vaziyatlar (guruh raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u obyekt sifatida namoyon bo'ladi va o‘z-o‘zini identifikatsiya qiladi. Bundan tashqari, mazkur kumatoid guruh a’zolari o‘rtasidagi do‘stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo'llab-quwatlanadi.
Kumatoidning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u vaqt va makonda mahalliylashishga befarq bo‘libgina qolmay, substrat-o‘zini tashkil etuvchi materialga ham qattiq bog‘lanmagan. U tizimli xususiyatlarga ega emas. Binobarin, mazkur xususiyatlar uning tarkibiy qismlariga mavjud yoki mavjud emasligiga, ayniqsa, ulaming rivojlanish yo‘nalishi yoxud xulq-atvor tarziga bog'liq. Kumatoidni moddiy tarzda mustahkamlangan ma’lum bir xususiyat yoki bunday xususiyatlar to‘plami bilan aniq identifikatsiya qilish mumkin emas. Butun ijtimoiy hayot suzuvchi obyektlar-kumatoidlar bilan to'lib-toshgan.
«Case studies», ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlami o‘tka- zishda fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual subyektlami, mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlami o‘rganish nazarda tutiladi. «Case studies» atamasi pretse- dentning, ya’ni kuzatish ostida bo'lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig ‘maydigan individuallashtirilgan obyektning mavjudligini aks ettiradi. Vaziyatli tadqiqot metodologiyasi neokan- tiantlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |