Ilmiy tadqiqot metadologiyasi


Modellashtirish tamoyili va



Download 2,96 Mb.
bet74/147
Sana31.12.2021
Hajmi2,96 Mb.
#223322
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147
Bog'liq
2 5308033983865424541

Modellashtirish tamoyili va о ‘xshatish metodi - obyektlaming ba ’zi bir xossalarini ularga о ‘xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga asoslangan, mantiqiy-matematik) konstruksiyalami tadqiq qilish orqali bilish mumkinligiga asoslanadi. Mohiyat-e ’tibori bilan bu qiyosiy bilish yo'lidir. «Qiyoslash», «o‘xshatish», «model» tushun­chalari metodologik nuqtai nazardan ko‘p jihatdan o‘xshashdir. Shu munosabat bilan modellashtirish (qiyosiy bilish) tamoyilini tushunishni yengillashtirish uchun I.Kantning quyidagi so'zlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi: «...Qiyosiy bilish ...ikki narsaning nomukammal o'xshashligini emas, balki ikki mutlaqo o‘xshash bo‘lmagan narsalar o‘rtasidagi ikki munosabatning mutlaq o‘xshashligini anglatadi»84.

Mantiqdan ma’lumki, qiyosiy dalillar eng kuchsiz dalillardan biridir. Shuningdek, muvofiq modelni yoki tadqiq qilinayotgan obyektga muvofiq keladigan o‘xshash obyektni tanlash muammolari ham mavjud. Bunday muammolarni, jumladan, yangi ilmiy bilimning shakllanish tarixidagi quyidagi epizodlar bilan tushuntirish mumkin: «Kimyoviy birikmalaming tarkibi yuzasidan Prust bilan Bertolle o‘rtasidagi bahs fan tarixida noto‘g‘ri qiyosiy xulosalar chiqarish zaminida tug‘ilgan munozaralarga yorqin misol bo‘ladi. Prust karrali og‘irlik nisbatlarining aniq namoyon bo‘lishi holatlarini umumlashtirib, kimyoviy birikmalar tarkibining ma’lumligi to‘g‘risida xulosa chiqardi. Bunda u tarkibining ma’lumligi deyarli sezilmaydigan nisbatan murakkab kimyoviy birikmalarga tayandi. Bertolle esa tarkibning noma’lumligi g‘oyasini himoya qildi. Ulaming har biri o‘z sohasida o‘zicha haq edi. Ammo bahs ikki olim bir-birining sohasiga aralashishi natijasida tug‘ildi. Prust o‘sha davrda (XIX asming dastlabki o‘n yilliklarida) kuchayib borayotgan nisbatan umumiy atomistik ta’limotga tayanganligi uchun mazkur bahsda yutib chiqdi. XX asming boshida, issiqlik nurlanishi nazariyasidagi to‘lqinli va korpuskulyar manzaralaming qarama- qarshiligi esa mutlaqo teskari xotima topdi. Bunga ham nisbatan umumiy konsepsiya-materiyaning korpuskulyar-to‘lqinli dualizmi konsepsiyasi mavjudligi sabab bo'ldi»85.

Paradigmalami yengish qoidasi - ilmiy hamjamiyatda yuzaga kelgan paradigmalar (namunalar, andozalar, stereotip, sxema, dogma, talqin va fikrlash uslublari)ni yengish qoidasi-ilmiy bilish faoliyatini mutlaqo yangini kashf etish yo‘liga solishning hamda shakllangan konsepsiyalar negizida yaratilgan yangi g‘oyani qabul qilishning muhim omili.

Tafakkuming turg‘unligi hamda ilmiy hamjamiyatda yuzaga kelgan «paradigmalar» munosabati bilan barcha yangi g‘oyalami inkor etish muammolari T. Kunning «Ilmiy inqiloblar tuzilishi» asarida mufassal ко‘rib chiqilgan.

Tarixiylik tamoyili - obyektni kelib chiqishi va rivojlanishiga bog ‘lab, mi mufassal о ‘rganish mumkin.

Mavhumlashtirish, ideallashtirish va formallashtirish metodlariilmiy tadqiqot jarayonida real obyektlarni eng muhim xossalari cheklangan obyektlar shaklida (mavhumlashtirish) ifoda etish, shuningdek, ularning aniq belgilangan xossalari («ideal gaz», «moddiy nuqta», «mutlaqo qora jism»)ga tayanib, xayoliy obrazlarini yaratish qulaydir. Mazkur obyektlarning xossalarini va ulami о ‘z ramz, belgilari shaklida ifodalash, ya’ni formallashtirish juda oson. Bu ulaming xayoliy obrazlari va matematik timsollarini boshqarish (matematik forma- lizmdan foydalanish)ni ancha yengillashtiradi.


Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish