Bizning bilimimiz eng awalo taxminiy xususiyat kasb etadi va taxminiy xulosalarimiz lozim darajada apodiktik emas, degan tezisning ilgari surilishi tasodifiy bir hoi emas. Uning ildizlari pragmatistlaming falsafiy ta’limotiga borib taqaladi, pragmatistlar esa, o‘z navbatida, induktiv mantiq va taxminiy xulosalar bilan uzviy bog‘langan nominal izm va empirizm an’anasiga tayanadi.
U.Tomasning fikrlariga deduksiya va induksiyani abduksiya bilan almashtirishni taklif qilgan Pirs va Jeyms ta’limoti hech shubhasiz, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Pragmatizm ko‘pincha amerikacha yo‘nalish sifatida tavsiflanadi. Uning asoschisi Charlz Pirs inson harakatini «atrofida barcha falsafiy tushunchalar va konsepsiyalar aylanadigan va shakllanadigan o‘q»qa aylantirgan. Ayni shu sababli bilish faoliyatining tashqi borliqqa bo‘lgan munosabati haqidagi klassik masalalami o‘rganishdan voz kechilgan.
Pirs bilim haqida emas, balki ishonch haqida gapirishni taklif qiladi. Bunda u ishonch deganda muayyan tarzda harakat qilish odatini tushunadi. U bilim va bilmaslikni, haqiqat va ishtibohni emas, balki ishonch va shubhani bilish jarayonini tavsiflovchi asosiy kategoriyalar deb hisoblaydi. Haqiqat umum ahamiyatiga molik bo'lgan, ya’ni tadqiqotchilaming cheksiz hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan ishonchdir. Tushuncha o'tmish nuqtai nazaridan emas, balki yuz berishi mumkin bo'lgan oqibatlari, ya’ni kelajak nuqtai nazaridan qaralishi lozim.
Yangi davrda mexanik sababiyat foydasiga voz kechgan maqsad tushunchasi unga yana inson faoliyati tushunchasi sifatida qayta boshladi. Fallibilizm (xatolilik) tamoyili: inson bilimlari voqelik bilan mutlaqo muvofiqlik holatiga, ya’ni mutlaq haqiqatga hech qachon erishmaydi. Mutlaq haqiqat bilish jarayoniga yo ‘I ко ‘rsatuvchi va unga tuzatishlar kirituvchi etakchi g‘oyadir.
Kundalik amaliyotning takroriyligi va davomiyligi. Agar tarix siklli xususiyatga ega bo ‘Isa, kelajak о ‘tmishning takrorlanishi bo ‘lishi mumkin. Jamiyatning rivojlanish jarayoni chiziqli xususiyat kasb etgan taqdirda, kelajak o'tmishning davomi bo‘lishi ham mumkin. Biz o'tmish, hozirgi zamon va kelajakni o‘z mulohazamizda, ya’ni diskursda birlashtiramiz. M.Fuko diskurslami geterogen, ya’ni blrlashtirib bo'lmaydigan narsalar va hodisalami birlashtirish usullari sifatida
о ‘rganadi. Diskursni tahlil qilishning tartibga solish tamoyillari orasida Fuko quyidagilarni ajratadi: voqea tnshunchasi, seriya tushunchasi, muntazamlik tushunchasi va imkoniyat sharoitlari tushunchasi. Voqea ijodga qarama-qarshi qo'yiladi, seriya yagonalikka qarama-qarshi qo'yiladi, originallik o'rniga muntazamlik, ifoda o'rniga - imkoniyat sharoiti paydo bo ‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |