XULOSA:
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, ijtimoiy pedagogika mustaqil fan tarmog‘i sifatida o‘zining nazariy va amaliy mohiyatiga ega. U bugungi kunda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
Mustaqilligimizning dastlabki kunidan e’tiboran mamlakatimizda ijtimoiy pedagogik fikrlarni rivojlantirish asosida mazkur fanni yanada mukammallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buni hozirda mazkur fan bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganligi, matbuot sahifalarida esa bu boradagi tadqiqot natijalarining, ilg‘or pedagogik tajribalarning yoritilib borilayotganligi bilan izoxlash mumkin.
Ushbu fanning o‘qitilish samaradorligi esa:
- DTS, fan dasturi talablariga javob beradigan darslik va qo‘llanmalarning bir necha variantlarda yaratilishi;
- mashg‘ulotlar jarayonida ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini qo‘llashga doir ishlanma, tavsiyalarning ishlab chiqilishi;
- o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning qonuniyat va tamoyilidagi uzviyligiga amal qilinishi;
- o‘qitishda ta’limning zamonaviy va innovatsion usullari (tanqidiy fikrlash, aqliy xujum, kichik guruhlar bilan ishlash, muammoli topshiriqli, “debat”, “klaster” kabi) ning qo‘llanishi;
- mashg‘ulotlar jarayonida multimediyali va masofali o‘qitishning amalga oshirilishi;
- o‘qitishda fanlararo uyg‘unlikning amalga oshirilishi;
- talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish shakllarining boyitilishi;
- ilg‘or pedagogik tajribalarning ommalashtirilishi;
- omma orasidagi ijtimoiy holat, kayfiyatni o‘rganishga doir sotsiologik tadqiqotlarga talabalarni keng jalb etilishi;
- ijtimoiy pedagogika bo’yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni pedagogik amaliyotga tadbiq etish;
kabilar bog‘liqdir. 47
Foydalanilgan adabiyotlar:
Karimov I.A. O‘zbekistonni siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston 1995
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T. Ma’naviyat 2008.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 2001
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston 2003
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi”gi qonuni. T.: “Sharq” 1997
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T.: “Sharq” 1997
Begmatov A., Quraev M. Ijtimoiy pedagogikaning dolzarb masalalari. T.: OPI to‘plami. 1998
Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003
Bogarova V.G. Sotsialnaya pedagogika. Moskva. 1994
Harchev A.G. Sotsialnoe vospitanie. Moskva, 1990
Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy tarbiya muammolari. Halq ta’limi, 2003, 6-son
Isaqova M. Shaxs ijtimoiylashuvida mahalla. – Halq ta’limi 2003, 3-son
Sotsialnaya pedagogika M.A.Galaguzova taxririyatida. Moskva «Vlados”, 2000
Istoriya sotsialnoy pedagogiki M.A.Galaguzova taxrir ostida. Moskva. «Vlados” 2001
Mudrie. A.V. Sotsialnaya pedagogika. Moskva, 2003
Podlasiy I.P. Pedagogika: 100 vaprosov-100 otvetov. Moskva, 20
Do'stlaringiz bilan baham: |