Ajniyoz nomidagi NDPI Pedagogika fakulteti
Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 2 E-kurs talabasi
Kalandarova Ruxsoraning
Ijtimoiy pedagogika asoslari fanidan yozgan
KURS ISHI
Mavzu: Chet elda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi.
Ilmiy rahbar: ________________
Bajardi: ________________
KIRISH
1-bob. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida.
Ijtimoiy pedagogika fanining mohiyati.
Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.
2-bob. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi.
2.1. O’zbekiston ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari.
2.2. Chet elda ijtmoiy pedagogikaning nazariya va amaliyot sifatida vujudga kelishi va shakllanishi.
3-BOB.XULOSA 4-BOB. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
KIRISH.
Ijtimoiy pedagogika garchi u avvaldan yurtimizda “ijtimoiy tarbiya”, “ijtimoiy muhofaza”, “ijtimoiy yordam” ko’rinishida mavjud bo’lgan bo’lsa-da, pedagogika bilim sohasi va mustaqil fan sifatida O’zbekistonda 20-asrning 90-yillaridan boshlab oliy ta’lim muassasalarida o’qitila boshladi. Hozirda, respublikamizning barcha sohalarida bo’lgani kabi, ta’lim borasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillar o’zgarib borayotgan bir paytda ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalar ajralib ketishi, g’ayri ijtimoiy hodisalar-alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, foxishabozlik kabi ijtimoiy muammolarni yechish ham alohida vazifani kasb etadi. Bunday holatda ijtimoiy yordam va muhofaza birinchi navbatda bolalar, lekin shu bilan birga kattalar ham muhtojdir.
Bunday sharoitda jamiyatning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsning ijtimoiy muammolari bilan bog’liq bo’lgan pedagogik masalalarni hal qilishga yordam beruvchi mutaxassisga ijtimoiy pedagogga ehtiyoj paydo bo’ladi.Ijtimoiy- pedagogik faoliyatni amalga oshirish jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini muhofaza qilishni ta’minlashga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi.
Bu masalaning ahamiyati davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan bo’lib, buni quyidagilar bilan izohlash mumkin.
1. Kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishi sifatida e’lon qilinishi.
2. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi.
3. Sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangilanishi va yangilarning ta’sis etilishi.
4. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning har tamonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik choralar majmuasi sifatida joriy qilinishi.
O’zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim o’rin tutgan. Ularda insoniylik va mehribonlik o’zbek xalqining ajralmas xussusiyati ekanligi ta’kidlanadi hamda ijtimoiy xarakterdagi ko’pgina muammolar: sog’liqni saqlash, maktab va shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, sport majmualarini qurish, ko’pbolalali oilalarga yordam berish va boshqa bir qator masalalar muhokama qilinib kelgan. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda ta’lim mazmuniga shaxsni ijtimoilashuvi masalasi asosiy g’oya sifatida kiritilayotgani ijtimoiy pedagogikani fan sifatida o’qitishni takozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |