Kurs ishining maqsadi: ijtimoiy pedagogika fanining asoslari va fan sifatita chet elda va O’zbekistonda rivojlanish tarixi, bosqichlarni, zarur shart-sharoitlarini talaba yoshlarga tushuntirish.
Kurs ishining vazifalari:
Talabalarni ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish,
Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi bilan tanishtirish
Ijtimoiy pedagogika faning mohiyatini tushuntirish
Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.
O’zbekiston ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari.
Chet elda ijtmoiy pedagogikaning nazariya va amaliyot sifatida vujudga kelishi va shakllanishi.
Rossiyada ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish uchun shart-sharoitlar.
Kurs ishining predmeti: Ijtimoiy pedagogika fanining mazmuni va rivojlanish bosqichi, tarixini o’rganish
Kurs ishining tadqiqot ob’ekti: talaba yoshlar
1-Bob. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida.
Ijtimoiy pedagogika fanining mohiyati.
Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana shu jamiyatning o`zini to`laroq anglayotgani alomatidir. Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini tushunishning aniq va favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar ekanmiz, dunyoga o`zimiz berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash uchun yuqoriroq o`qtilardi.Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi.Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) shug`ullanadi. Sotsiologiya- insonning ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir. Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy to`qnashuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni qamrab oladi. Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida, shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to’ldirib kelishadi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatishadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin.O’zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo’lgani uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining SHarq mutafakkirlari va diniy arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o’zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib qo’shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha bo’lgan davrda pedagogikadan voz kechish, so’ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan bo’lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini o’rganadi, keyinchalik unga burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro’y berdi. Uning qayta “tug’ulishi” ijtimoiy pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. SHu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas. Masalan, YU.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va o’qitish nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi. A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika-“barcha yosh guruhlar va ijtimoiy toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogikasi”dir. V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan yutuqlarini birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya amaliyotida amalga oshiradi, deb hisoblaydi. I.Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “ ijtimoiy pedagogika-ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rnatuvchi fan”. YU.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo’lgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o’zi inson faoliyatining ob’ektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini o’rganish “ ijtimoiy pedagogika” atamasining o’ziga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, ularni bitta sohaga birlashtirib turadi. Bu birlashuv tasodifiy emas va fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni so’nggi paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus pedagogikasi, kasb-xunar pedagogikasi, tarix pedagogikasi mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo’lishdi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini o’rganadii. Biroq ularni muayyan o’ziga xos yo’nalishlarda o’rganadi. Bu fanning o’ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida mujassamlashtiilgan.
“ Ijtimoiy” (lotinchada sotsialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida odamlarning shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) ijtimoiylashuv deyiladi. Shunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo’lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o’rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay natijada ularning o’ziga xos vazifalari tufayli uzoqlashishi ro’y berdi. Umumiy pedagogikaning spetsifik vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogning asosiy kasbi hisoblanadi. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o’rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini ,nimaga bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o’rganadi. SHu bilan birga o’z rivojlanishida umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g’amxo’rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagoglar faoliyatning turli sohalari: ekologiya, badiiy ijod, sog’lomlashtirish sohalarida ixtisoslashishadi.
Shunday qilib ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning intizomiy sohasi hisoblanadi. Uning asosi pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va vositalar hisoblanadi. SHu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari ijtimoiyogiya tomonidan o’rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi ijtimoiyogik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi. Shu bilan birga ijtimoiy pedagogika o’zining nazariya, uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqadi. Yuqorida bayon etilgan isbot dalillar asosida YU.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha: ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pedagogika sohasi. SHuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersak ham bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan va juda murakkab jarayon. Bir tomondan har qanday jamiyat o`z rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash, uning to`laqonli a'zosi bo`lish imkoniga ega bo`ladi. Uning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq tarzda ta'sir ko`rsatadi, uni ta'lim va tarbiya doirasida amalgi oshiradi. Ikkinchi tomondan, uning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir kqrsatadi. Uning uchun bunday yo`nalishlar, stixiyali ta'sirlar yig`indisi har doim ham milliy mustaqillik manfaatlariga javob bermaydi. Jamiyat o`z tuzilishiga yega turli xil o`zaro bir-biriga bog`liq va bir-biriga ta'sir etadigan davlvt jamoat institutlariga ega bo`lib, ular ijtimoiy hayotni tashkil etish va boshqarish shakllarini anglatadi. Odamlar bu ijtimoiy normalar ijtimoiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o`rganadilar. Ammo turli xil ijtimoiy institutlarning g`oyaviy tarbiyadagi roli bir xil emas. Ulardan biri bolaning rivojlanishi va ijtimoiy tiklanishi uchun ularga tabiiy ta'sir ko`rsatsa, boshqasi shaxsning shakllanishi uchun maqsadga muvofiq vazifani bajaradi. Bular ijtimoiylashtirish institutlari nomini olib, ularning arkibiga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi. Oila ijtimoiy pedagogikaning asosiy instituti , oila vositasida odam asosiy ijtimoiy bilimlarni o`rganadi, axloqiy maxorat va malakaga ega bo`ladi, xayoti uchun zarur bo`lgan ma'lum qadriyat va makurani egallaydi. Bolalarning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashtirish uchun muhim ahamiyatga yega bo`lgan yana bir institut-ta'lim muassasasidir. Odam uzluksiz ta'lim orqali jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar, boyliklar bilan munosabatda bo`ladi. Odam bilim olish jarayonida faqat aqliy jihatdan rivojlanib qolmay, jamiyat hayotiga moslashadi. Ijtimoiy pedagogika- bu pedagogik fanlarning muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib, uning tadqiqot ob'ekti shaxs bo`lib, u aniq manzilga ega. Ya'ni ijtimoiy pedagogikaning ob'ekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy qayotda adashgan, odob-axloq me'yorlaridan oqishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, shuningdek jamiyat a'zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa-bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika-bu shaxslarning ijtimoiylashuvi qamda ularga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fani tarmoqidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa - bu ma'lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me'yorlar, hatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |