Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
ning muhim jihati shundaki, u pedagog-tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning o‘za-
ro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlaydi. Bunda pedagogik ong pedagog- 
tarbiyachida  o‘z  bilimi  va  malakasini  muttasil  oshirib  borish  ehtiyojining  mavjudligi 
bilan bog‘liq juda ko‘p masalalarni yechish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur 
tushuncha  o‘quv  dasturlarida  nazarda  tutilgan  bilimlarni  tezkor  o‘zlashtirish,  peda-
gogik g‘oyalar va metodlarni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llash bilan bog‘liq algoritmlarni 
o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi. Pedagog-tarbiyachilarning kasbiy mahorat sirlarini 
o‘rganishi ijodiy, novatorlik xususiyatiga ega bo‘lgan mustaqil kasbiy yondashuvning 
shakllanishi uchun asosdir.
Pedagog-tarbiyachilarning o‘z faoliyatlarini takomillashtirishlarida  kasbiy tayyor-
garlik  pedagogik  tafakkur  va  ongning  o‘sishiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  muhim  omil  bo‘la 
oladi. Bola shaxsiga nisbatan ijodiy moyillikning mavjudligi pedagog-tarbiyachi tomoni-
dan anglangach, kasbiy takomillashuviga zamin bo‘ladi. Bo‘lajak pedagog-tarbiyachi-
larning kasbiy rivojlanishida psixologiya va pedagogika fani yutuqlari, ilg‘or amaliyotni 
o‘zlashtirishga mustaqil intilish, pedagogik mehnatning ijobiy mayllari, mavjud tajriba-
larni ijodiy o‘zlashtirish kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Har bir bola o‘ziga xos xulq-atvor va xarakterga ega. Bo‘lajak pedagog-tarbiya-
chilar ta’lim-tarbiya berishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish ko‘nikmalariga 
ega bo‘lishlari lozim. Pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan talabalar, pedagog-tarbi-
yachi kasbiga xos bo‘lgan barcha sifatlarni yaxshi egallagan bo‘lishlari kerak. Buning 
uchun, pedagogika oliy o‘quv yurtlarida talabalarni tanlab olishda, ularning pedagogik 
layoqatga egaligini aniqlash lozim. Pedagog-tarbiyachi kasbining o‘ziga xos xususiyat-
lari uning professiogrammasida ifodalanadi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– pedagog-tarbiyachining kasbiy sifatlari; 
– ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar; 
– ma’naviy-axloqiy sifatlari; 
– maxsus tayyorgarlik mazmuni va ko‘lami; 
– ixtisoslikka oid metodik tayyorgarlik mazmuni kabilar.
Bo‘lajak  maktabgacha  ta’lim  mutaxassislarini  innovatsion  kasbiy  faoliyatga  tay-
yorlashda ularda quyidagi kasbiy sifatlarga ega bo‘lishlari nazarda tutiladi: 
a) g‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e’tiqodga egaligi; ijtimoiy ehtiyoj va ax-
loqiy  zaruriyatlarni  chuqur  tushunishi;  ijtimoiy-siyosiy  faolligi;  fuqarolik  pozitsiyasiga 
egaligidir;
b) kasbiy sohasida: kasbiy-pedagogik tafakkurga ega bo‘lishi; bolalarni sevishi va 
ular bilan ishlashga qiziqishi; ruhiy-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik; muloqotga 
kirisha  olishi;  tasavvurga  egaligi;  tashkilotchilik  layoqatining  mavjudligi;  haqgo‘yligi,  
talabchanligi, bolajonligi;  qat’iyatliligi va maqsadga intilishi, hozirjavobligi; mulohaza-
korligi hamda vazminligi; innovatsion faoliyat ko‘rsatishga layoqatligini; maktabgacha 
ta’limning me’yoriy-huquqiy bazasini yaxshi bilishi; boshqaruvchilik layoqatiga egaligi; 
ilmiy dunyoqarash, ma’naviy rivojlanish ehtiyoji va kasbiy qiziqishlarga egaligi; intel-
lektual rivojlanish, yangiliklarni his qila olish; pedagogik bilimlarini boyitishga intilishi, 
mustaqil bilim olish layoqatiga egaligi kabilar.
Bo‘lajak  pedagog-tarbiyachilar  o‘z  faoliyatlarida  innovatsion  texnologiyalardan 
foydalangan holda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish tajribasini egallashlari kerak. 
Buning  uchun  ular  “Pedagogik  texnologiyalar”  fanidan  o‘tkaziladigan  mashg‘ulotlar-
da bolalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan innovatsion usullarni qo‘llash mahoratini 
egallaydilar. Bunga interfaol usullarni qo‘llash orqali erishiladi. Bo‘lajak maktabgacha 


101
ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda interfaol usullar alo-
hida pedagogik imkoniyatlarga ega. Jumladan:
– bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta 
o‘zlashtirilishini ta’minlash;
– har bir bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy faollikka undash;
– mustaqil fikrlash layoqatini rivojlantirish;
– shaxsiy-kasbiy qarashlarini bayon etishlariga sharoit yaratish;
– o‘z fikrini himoya qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– guruhdoshlarining fikrlarini tinglay  olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– o‘zlari va guruhdoshlari ilgari surgan fikrlarni umumlashtirish layoqatini hosil qi-
lish;
 – topshiriqlarni bajarish uchun sarflanadigan vaqtni tejash kabilar.
Bo‘lajak  maktabgacha  ta’lim  mutaxassislarini  innovatsion  kasbiy  faoliyatga  tay-
yorlashda maktabgacha ta’lim jarayonida bir qator interfaol metodlardan foydalanish 
mumkinligi haqida kasbiy tasavvur hosil qilinadi. Bular: 
1. ijodiy topshiriqlarni bajartirish.
2. kichik guruhlar bilan ishlash.
3. Ta’limiy o‘yinlar, rolli o‘yinlar, imitatsiyalar, ishchan o‘yinlar tashkil etish.
4. Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish,  jumladan, sayohatlar tashkil etish.
5. Mashg‘ulotni  loyihalash va boshqa ish turlarini qo‘llash.
6. Tarbiyalanuvchilar bilan charchoq yozdi mashqlarini o‘tkazish.
7. yangi topshiriqlar ustida ishlash va hosil qilingan ko‘nikmalarni mustahkamlash 
daqiqalarini tashkil etish.
8. Tarbiyalanuvchilarni kichik-kichik bahslarga chorlash.
9. Tarbiyalanuvchilar  bilan muammoli  vaziyatlar tashkil etish.
Ushbu interfaol metodlarning barchasi, birinchi navbatda, pedagog-tarbiyachilar 
bilan tarbiyalanuvchilar orasida o‘zaro ishonchga asoslangan jonli muloqotni vujudga 
keltiradi.  Bu  esa,  bolalarning  bilish  faoliyatlarini  rivojlantirib,  ularni  maktab  ta’limiga 
samarali tayyorlash imkonini beradi. 
ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va 
qonuniyatlar ochish o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini ta’minlaydi. Shuningdek, bo‘lajak pe-
dagog-tarbiyachilarning bilish faoliyatini boshqarish yangi ko‘rinishdagi o‘quv jarayoni-
ni modellashtirish muammolarini yechishga imkon beradi.
Fan, texnika va texnologiyalarning bugungi taraqqiyoti professor-pedagog-tarbi-
yachilarlardan ijodkor bo‘lish, fan yutuqlarini pedagogik va axborot texnologiyalari vo-
sitasida bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarga yetkaza olishni talab qiladi. Professor-peda-
gog-tarbiyachilar talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish davomida ular bilan 
birgalikda zarur dalillar to‘plashi, tahlil qilishi, aniqlangan natijalar asosida muayyan 
xulosalar chiqarishi lozim. Talabalar ushbu xulosalardan o‘zilarining innovatsion ama-
liy faoliyatlarida foydalanish jarayonida bo‘lajak pedagog-tarbiyachi uchun zarur bo‘l-
gan ko‘nikmalar va texnologiyalarni egallashadi.  
Bo‘lajak  maktabgacha  ta’lim  mutaxassislarini  innovatsion  kasbiy  faoliyatga  tay-
yorlash jarayoni quyidagilarga muvofiq tarzda tashkil etiladi: 
– bolalardagi bilish, rivojlanish, ijtimoiylashish kabi ehtiyojlarning vujudga kelishi; 
– bilishga bo‘lgan rag‘batning o‘yg‘onishi; 
– tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar mazmunini belgilash; 
– pedagogik jarayonni boshqarish omillarining mavjudligi.


102

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish