Ulug‘bek INOYATOV,
o‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri,
pedagogika fanlari doktori, professor
ZAMONAVIY DARSLIKLAR, O‘QUV-METODIK MAJMUALAR,
ELEKTRON DIDAKTIK VOSITALARNI IShLAB ChIQIShGA
INNOVATSION YONDAShUV DOLZARB
IJTIMOIY-PЕDAGOGIK MUAMMO
8
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
M
amlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohot-
lar ta’lim-tarbiya sifatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga qara-
tilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omil-
lardan biri – ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining zamonaviy bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallaganligi hamda ta’limning innovatsion elektron didaktik
vositalari hamda darsliklarni ilmiy tadqiq qilish hisoblanadi.
tobora globallashayotgan bugungi shiddatkor asr ilm-fanning barcha yutuqla-
rini o‘zida mujassam etsagina, samarali va natijador bo‘ladi. Shu bois, eng avvalo,
har bir davlatning ta’lim tizimini shakllantirishda o‘sha davlatning milliy xususiyatlari,
urf-odat, an’ana va qadriyatlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik talab etiladi.
Bu, o‘z navbatida, ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Chunki
mukammal ta’lim tizimi respublikamizning kelajakdagi intellektual imkoniyatlarini va
rivojlanishini belgilab beruvchi o‘quvchi-yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil
faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan
ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy
faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga
chiqarish masalalarida tadqiqotlar olib borilmoqda. ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarish-
lari, yuqori samaradorlik ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi hamda peda-
goglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan kompetensiyalari qay darajada
amaliyotga tatbiq qilinayotganiga bog‘liq. Shuningdek, ta’lim-tarbiyadagi sifat o‘zga-
rishlari va yuqori samaradorlik mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta’lim-
da pedagogik innovatsion jarayonni vujudga keltiradi.
Pedagogik innovatsiya – bo‘lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlash-
ga tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u oldingi egallangan bilimlar asosida ta’limda sifat
jihatidan o‘zgarishlar qilib, yuqori samaradorlikka erishishga yangicha yondashuv
qilishdan iboratdir.
Bunday tizimning maqsadi deganda – ta’limning mazmun-mohiyati, belgila-
ri, imkoniyatlari, vazifalari, taraqqiyot bosqichlari hamda tamoyillarining rivojlanish
mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga kiritish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
shuningdek, bu borada pedagoglarda shakllanishi zarur bo‘lgan kompetensiyalar
ta’lim-tarbiya sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish, sohada yuqori samaradorlikka
erishishga olib kelishi tushuniladi.
Bugungi kunda ta’lim tizimidagi islohotlarning muammolari pedagog kadrlar sa-
lohiyati bilan bog‘liq. o‘rganish va tahlillar zamonaviy pedagogning kasbiy kompe-
tentligi tezkor rivojlanayotgan ta’lim jarayonlarining talablaridan orqada qolayotganini
ko‘rsatmoqda. Bu holat pedagogik ta’limni rivojlantirish va uzluksiz ta’lim jarayonida
pedagoglarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yaxshi-
lash bilan bog‘liq muammolarning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Ushbu muammolarning jiddiyligi, shubhasiz, muntazam o‘tkazilayotgan moni-
toring jarayonlarida ta’lim tizimining tezkor yangilanishi natijasida yuz berayotgan
o‘zgarishlarga javob berish va ularga yetarlicha tayyor bo‘lmagan pedagog kadrlar
mavjudligi, ta’limga, shaxsga, xususan, o‘qituvchi-murabbiylar faoliyatiga bo‘lgan za-
monaviy ijtimoiy talablar hamda bu talablarga yetarli darajada javob bermaydigan
9
pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining holati
aks etmoqda.
Belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish uzluksiz pedagogik ta’limga bo‘lgan
konseptual qarashlar tizimini rivojlantirishni, pedagog kadrlar kasbiy-shaxsiy rivojla-
nishining psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashni talab qiladi. Fanlararo
tadqiqotlarning natijalarini jamlaydigan pedagogik konsepsiyaning mazmuni uzluksiz
pedagogik ta’limning mohiyatini – ta’limning maqsadi, mazmuni, o‘qitishning metod-
lari va shakllari hamda ular tarkibiga kirgan aniq ta’lim texnologiyalari, pedagogning
uzluksiz ta’lim jarayonining samaradorligi mezonlari, boshqaruv mexanizmlari kabi
kategoriyalar orqali ochishda ko‘rinadi.
ta’limning innovatsion zamonaviy darsliklari, o‘quv-metodik majmualari, elek-
tron didaktik vositalari – ta’lim oluvchining qobiliyatlari va qiziqishlarini hisobga
olgan holda ta’lim-tarbiya mazmunini, ta’lim maqsadiga mos ravishda loyihalash
hamda pedagogik, axborot-kommunikatsion uslublar, shakllar va o‘qitish usullarini
tatbiq etishga yo‘naltirilgan psixologik, umumpedagogik, didaktik va shaxsiy uslubiy
tartiblar asosida amalga oshiriluvchi ta’lim beruvchi hamda ta’lim oluvchi o‘rtasidagi
o‘zaro ta’sir tizimidir.
Darslik shunday nashr turiki, unda o‘quv predmetining mazmuni mantiqiy ket-
ma-ketlikda tizimli tarzda ifodalanishi zarur.
Bugungi kunda darsliklarning zamonaviy avlodini ishlab chiqish, ya’ni ta’lim
sohasining barcha ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondiruvchi bo‘lishini ta’minlash,
ta’lim sifatini oshirish zamonaviy va samarador ta’lim muhitini yaratishning eng aso-
siy shartidir.
Darsliklarning maqsadi – davlat ta’lim standartlari va tasdiqlangan o‘quv reja
dasturlari asosida, tizimlashtirilgan didaktik-metodik jihatdan mukammal ishlab chiqil-
gan o‘quv materiallarini taqdim etish orqali ta’lim mazmunini ochib berishdan iborat.
tan olmaslikning iloji yo‘q, amaldagi darsliklar, o‘quv-metodik majmualar hanuz-
gacha ta’limning predmet-bilimli paradigmasiga asoslangan va reproduktiv xarak-
terga ega. Matnlarning uzunligi, qiyinligi, haddan ziyod nazariylashtirilganligi, ilmiy
atamalarning izohlari keltirilmaganligi, tushunchalarning aniq emasligi, raqamlarning
hamda faktlarning serobligi ta’lim oluvchilarning ta’lim mazmunini o‘zlashtirishlariga
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shuningdek, darsliklardagi metadologik apparatning mu-
kammal emasligi, ta’lim oluvchilarni motivlashtirish elementlarining sayozligi, o‘quv
materillarini taqdim etish bir xilligi ta’lim oluvchilar faoliyatining samarasizligiga olib
keladi.
Bugungi kunda darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning zamonaviy avlodini
ishlab chiqish, ya’ni ta’lim sohasining barcha ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondi-
ruvchi bo‘lishini ta’minlash ta’lim sifatini oshirishning, zamonaviy va samarador ta’lim
muhitini yaratish xalq ta’limi tizimi rahbariyatining eng asosiy, dolzarb vazifalaridan
ekanligini barchamiz bilamiz. Bu vazifalarni amalga oshirish jadal davom etmoqda.
Darsliklar va o‘quv-metodik majmualar nafaqat informativ funksiyani, balki eng
asosan, ta’lim jarayonini tashkil etishga, ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlashlarini
ta’minlashga, ta’lim-tarbiya jarayonida faol, interfaol va h.k. zamonaviy ta’lim shakl-
10
Do'stlaringiz bilan baham: |