Ulug‘bek TO‘RAQULOV,
Nizomiy nomidagi tDPU
Kasbiy ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
O‘QITUVChILARNI KASBIY FAOLIYATGA
TAYYORLAShNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
h
ozirgi kunda ta'lim oldida turgan vazifa talabalarga nafaqat bilim berish, bal-
ki ularni bilishga qiziqtirish, bilishga moyillik, ijodiy tafakkur, mustaqil aqliy
mehnat qilishga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantiri-
lishini ta'minlashdan iborat bo‘lgan muhim vazifalar faol metodlarning paydo bo‘lishi va
takomillashuvini taqozo etdi. Bu kabi vazifalarning vujudga kelishiga axborotning shid-
dat bilan taraqqiy etishi sabab bo‘lmoqda. Agar oldin olgan bilimlari insonga bir umrlik
mehnat faoliyati davomida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, axborotning shiddat
bilan o‘sishi davrida bilimlarni muntazam ravishda yangilash zarurati yuzaga keldi.
Ma’lumki, “XXi asr axborotlashtirilgan jamiyat sari”, deb atalmoqda. Bu esa jami-
yat taraqqiyotining barcha jabhalarini axborotlashtirish va ular negizidagi intellektual-
lashtirilishni talab etadi. Bu, eng avvalo, zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlariga ham
tegishlidir. Ammo eski uslub va texnologiyalar yordamida bunday talablarni bajarib
19
bo‘lmaydi. Shu sababli ham hozirda ta’lim-tarbiya jarayonini olib borishni intellektual-
lashtirish zamonaviy pedagogikada dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Jamiyatni, xususan, ta’lim-tarbiya jarayonini intellektuallashtirish yoki hodisani o‘r-
ganishga nisbatan innovatsion yondashuv qilishni talab etadi. Bunday yondashuvlar
asosan manbalar to‘g‘risidagi ma’lumot, ularga mos axborotlar, bilimlar banki negizida-
gi ko‘nikma va malakalarni tashkil etadi. Ular negizida shakllantiriladigan bilim, ko‘nik-
ma va malakalarni shakllantirish o‘ziga xos pedagogik tadqiqot hisoblanib, u bo‘lajak
o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhum didaktik asos bo‘ladi. Shu sa-
babli bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini
intellektuallashtirilgan ko‘rinishini loyihalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
o‘qituvchining kasbiy bilimi asnosida pedagogik ong shakllanadi. Pedagogik ong
o‘qituvchining xatti-harakatlarini vujudga keltiruvchi qoida va tamoyillardir. Bu qoida va
tamoyillarni o‘qituvchi shaxsiy tajribasi asosida belgilaydi, lekin ularning qonuniyatla-
rini faqatgina ilmiy bilimlar asosidagina o‘rganish mumkin. Mohir pedagog darajasiga
yetishishning qiyinchiligi ham aynan o‘qituvchi bilimining bir vaqtning o‘zida barcha
bosqichlarda shakllanishi lozimligidadir. ya’ni o‘qituvchining kasbiy bilimi bir vaqtning
o‘zida:
– metodologik (ta’lim-tarbiyada umumfalsafiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish);
– nazariy (pedagogika, psixologiya fanlarining qonun-qoidalari tamoyillarini, faoli-
yat turlarini va h.k. bilish);
– metodik (o‘quv-tarbiyaviy jarayonni konstruksiyal ash darajasini bilish);
– texnologik (ta’lim-tarbiya ishlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etish) jihatdan shakllanib, takomillashib borishi lozim.
ta’lim-tarbiya jarayonida vujudga keladigan pedagogik vaziyat hamda ularni hal
etishga doir pedagogik vazifalarni belgilash bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki peda-
gogik faoliyatning o‘zi pedagogik vaziyatlar zanjiri asosida tashkil topadi. Pedagogik
vazifalar esa ushbu vaziyatlarda o‘qituvchining to‘g‘ri yo‘l tuta bilishi, muammolarni
oqilona hal etishidadir.
Ta’limning
moddiy
texnik
ta’minoti
olib
borilayot-
gan ta’lim
maqsadi va
strategiyasi
DTS dagi bilim,
ko‘nikma va
malakalar
intеllеktual-
lashtirilgan
ko‘nikmalar
NAtiJAlAR:
Metod, texnologiya,
fikr, g‘oya,
tushun cha, tamoyil,
mezon
intеllеktual-
lashtirilgan
malakalar
Ta’limning
ilmiy
metodik
ta’minoti
professor
o‘qituvchi-
larning
kasbiy
tayyor garligi
Ta’limni intellektuallashtirishga oid
ma’lumotlar, axborotlar va bilimlar
professor o‘qituvchilarning intellektual
faoliyati
Tadqiqot maqsadi
va strategiyasi
professor
o‘qituvchilarning
kasbiy kompetentligi
kreativ axborotlar
muhiti
Intellektuallash-
tirilgan metod va
texnologiyalar
20
Do'stlaringiz bilan baham: |