Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

MUKAMMALLIK, YUTUQLAR QAMROVI –
DARSLIKLAR VA O‘QUV QO‘LLANMALARNING 
ASOSIY ShARTIDIR


5
bosh qa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladi-
gan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, 
qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan 
kitob shaklidagi o‘quv nashri sanaladi.
tan  olmaslikning  iloji  yo‘q,  amaldagi  darsliklar  va  o‘quv  qo‘llanmalar  hanuzga-
cha  ta’limning  predmet-bilimli  paradigmasiga  asoslangan  va  reproduktiv  xarakterga 
ega. Matnlarning uzunligi, qiyinligi, haddan ziyod nazariylashtirilganligi, ilmiy atama-
larning izohlari keltirilmaganligi, tushunchalarning aniq emasligi, raqamlarning hamda 
faktlarning serobligi ta’lim oluvchilarning ta’lim mazmunini o‘zlashtirishlariga qiyinchilik 
tug‘dirmoqda. Shuningdek, darsliklardagi metodologik apparatning mukammal emas-
ligi, ta’lim oluvchilarni motivlashtirish elementlarining sayozligi, o‘quv materiallarini taq-
dim etish (yetkazish) bir xilligi ta’lim oluvchilarning faoliyatini samarasiz qilmoqda.
Shuning uchun bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun darsliklar va o‘quv qo‘l-
lanmalarni ishlab chiqishning maqsadi sifatida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 
zamonaviy  fan  va  texnika  rivojini  hisobga  olgan  holda  kompetensiyaviy  yondashuv 
talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu 
sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali tatbiq etish e’tirof etiladi. 
Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilar-
dan iborat:
– darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari ham-
da ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli mu-
nosabatni tarkib toptirish;
– davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma 
va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
– o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish;
– yangi avlod dasrliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
–  o‘quvchilarda  ilmiy  dunyoqarash  va  global  tafakkur  yuritish  kompetentligini 
shakllantirish;
–  umumta’lim  fanlarini  o‘qitishning  prinsipial  yangi  metodologiyasi  asosida 
ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.
Albatta, hozirgi kunda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishga alohida 
talablar qo‘yilgan. Ular quyidagilar: 
Didaktik talablar: 
– o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;
–  matnlar  axborot  berishga  emas,  balki  o‘quv  fanining  mazmun-mohiyatini 
 tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;
– qiziqarli, lo‘nda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi;
– ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talab-
lariga javob berishi;
– ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, olin-
gan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fan-
lari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi;


6

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish