- rasm. Modellashtirish uslublari orasidagi bog’lanishlarga doir sxema
O’xshashlikka asoslangan modellar - fizik tabiatiga ko’ra modellashtirilayotgan inshootdan keskin farq qiladi. Yuqorida qayd etganimizdek, elektr va elektron sxemalari mustah’kamlik h’isoblarida qurilish konstruktsiyalarini almashtirishi mumkin.
To’rli integratorlar almashtiruvchi sxemalar vazifasini o’taydi, biroq ular plastina, plita va qobiqlar singari ikki o’lchamli obektlarda qo’llaniladi.
Elektrolit vannalar tekis va fazoviy obektlarda kuchlanishlar tarqalishini aniqlaydi. Yarim o’tkazgich materiallardan yasalgan qattiq modellar tekis obektlardagi kuchlanishlarni tarqalish qonuniyatini aniqlash imkoniyatini beradi.
O’xshashlik modellari h’ar bir aloh’ida h’olda masalani echish uchun h’ar safar differentsial yoki integral tenglamalarni tuzishni talab etmaydi. Bularning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ularning qo’llanish soh’asi ancha tor, inshootlarning ayrim turlarigagina qo’llasa bo’ladi.
Uzliksiz ishlaydigan mashinalarning qo’llanish soh’asi birmuncha keng. Elektr integratorlar va analizatorlardan foydalanish obekt h’olatini matematik ifodalash zarurati bilan bog’liq. . Modellashtirilayotgan obektning h’olatini matematik ifodalash uchun differentsial, integral va integro-differentsial tenglamalar tuziladi. Bu kabi masalalarni echish uchun h’ozirgi paytda tegishli vositalar mavjud.
Diskret h’isob mashinalari h’amda elektron raqamli h’isoblash mashinalari turli sistemalar ishini modellashtirish imkoniyatini beradi. Bunday modellashtirish tufayli material mustah’kamligining eh’timoliy tabiati, tasir etayotgan yuklarning o’zgaruvchanligi, inshootning real sxemasi bilan h’isobiy sxemasi orasidagi tafavudni h’isobga olish imkoniyati paydo bo’ladi. O’xshashlikka asoslangan modellash-tirishga bir sodda misol keltiramiz: egilishga ishlaydigan sterjenning elektr modelini tuzamiz. Egiluvchan sterjenning bikirligi EI , uzunligi I (12.2 -rasm). Sterjen uchlariga M1 va M2 moment tasir etadi, sterjenga ixtiyoriy kuch q (t) qo’yilgan. Ushbu kuchlar tasirida tayanchlar y1 va y2 masofaga ko’chadi. Buning natijasida tayanch kesimlari ф1 va ф2 burchakka og’adi. Har qanday tekis sterjenli sistema sterjenlar
majmuasi sifatida qabul qilinishi mumkin, bunda tugun-lardagi zo’riqishlar va ko’chishlarning bir xillik sharti etiborga olinsa kifoya.
- rasm, a da ko’rsatilgan kuch va ko’chishlarning yo’nalishini musbat deb qabul qilib, qurilish mexanikasi qoidalari asosida kuch va ko’chishlar orasidagi quyidagi bog’lanishlami yozamiz :
® Эпюра ji,
Ul |< vl J,
Do'stlaringiz bilan baham: |