dunyoqarashning dastlabki shartidir. Voqyelikni bilishning, dunyoga qarashning
o'ziga xos usuli bo'lgan mifning xususiyati shuki, hamma narsa va hodisalar unda
bir-biriga ishtirok sifatida idrok etiladi. Buning natijasida bir xil buyumlarning
sifatini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko'chirish mumkin bo'ladi. Mifologik
dunyoqarash tabiat kuchlarini hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida jonlantirib
tasvirlab ko'rsatishga asoslangan. Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari
ikkinchi xil narsalarga osonlik bilan kuchirilganligi sababli u hayolga keng
maydon ochib beradi va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har
qanday o'zgarishlar qilishi va jasoratlar ko'rsatishi mumkin bo'ladi. Har qanday
mifologiya tabiat kuchlarini tasavvurida va tasavvur yordamida yengadi, o'ziga
buysundiradi va shakllantiradi. Mifologiya, binobarin, tabiatning ana shu kuchlari
ustidan haqiqatda hukmronlik boshlanishi bilan yo'qolib ketadi. G'ayritabiiy kuch
haqidagi tasavvurlar mavjud bo'lganligi sababli mifologiyada din elementlari
mavjud, shuningdek, unda axloqiy qarashlar xam, insonning voqyelikka estetik
Dunyoqarashning tarixiy shakllaridan yana biri diniy dunyoqarash bo'lib,
uning asosiy va hal qiluvchi belgisi g'ayritabiiy kuchlarga ishonish, butun olam,
barcha mavjudot insoniyat dunyosining xudo tomonidan yaratilganligini va
boshqarilishini e'tirof etish, xudoga, ruhlarga sig'inishdan iboratdir. Diniy
dunyoqarashning o'ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar
mohiyatini ularning o'zida emas, balki g'ayritabiiy sabablar xudoning qudrati bilan
tushuniladi. U hamma narsada va har qayerda ilohiy kuchlarning ta'siri, mo'jizaviy
kuch bor deb pisanda qiladi.
Din va diniy dunyoqarashning ijtimoiy gnoseologik ildizlari mavjud.
Dinning ijtimoiy ildizi sinfiy jamiyat, binobarin, xususiy mulkchilik, tengsizlik,
ekspulatasiyaning paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, bular sinfiy jamiyat kishisini
ijtimoiy kuchlarga va o'zi yaratgan stixiyali munosabatlarga tobe kilib qo'ygan.
Diniy gnoseologik ildizi esa, tashqi olamning kishilar ongida noto'g'ri, buzib,
mavhumlashtirib aks ettirilishidadir. Buning boisi shundaki, bilish jarayoni g'oyat
murakkab, ziddiyatli, ko'p qirralidir.Bunda asossiz, soxta, diniy tasavvurlarning
paydo bo'lishi ehtimoli tabiiydir. Inson bilish jarayonida dunyoni in'ikos etishda
buyum va xodisalarning ayrim jixatlarini burttirib, mutlaqlashtirib yuboradi, bu
hol esa, voqyelikni buzib aks ettirishga olib keladi.
Din va dunyoqarash xususida so'z borganda, shuni aytish kerakki,
mamlakatimizda turg'unlik yillarida ateistik targ'ibotni kuchaytirish niqobi ostida
xalq an'analarini zurlik bilan barbod etildi, asrlar mobaynida amal qilib kelgan
marosim va urf odatlar ta'qiqlandi, qanchadan-qancha masjid va madrasalar buzib
tashlandi. Necha-necha minglab jildlarni tashkil etgan nodir kitoblar shaxsga
sig'inish va katag'on avj olgan yillarda kuydirilib tashlandi.
Hozirgi paytda o'tmishda ro'y bergan ko'plab xatoliklarni tuzatish borasidagi
ishlar
amalga
oshirilmoqda,
ijtimoiy
adolat
tiklanmoqda.Falsafiy
Do'stlaringiz bilan baham: