Ilmiy bilimlarni shakllantirishda falsafaning



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#98831
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
ilmiy bilimlarni shakllantirishda falsafaning dunyoqarashlik funksiyasi

 

Dialektika  –  yunon  tilida  bahs  va  suhbatlashish  san'ati  degan  ma'noni 

anglatadi.  Antik  dunyo  faylasuflari  uni  haqiqatga  erishish  yo'li  va  usuli  sifatida 

talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo 

o'zgarishda,  o'zaro  aloqadorlik  va  bog'liqlikda,  taraqqiyot  va  rivojlanishda  deb 

tushunishdir.  Unga  ko'ra,  olamda  o'z  o'rniga  va  joyiga,  yashash  vaqti  va  harakat 

yo'nalishiga  ega  bo'lgan  barcha  narsalar  va  voqyealar  bir-birlari  bilan  bog'liq  va 

aloqador  tarzda,  bir-birlarini  taqozo  etadigan,  doimiy  va  takrorlanib  turadigan 

bog'lanishlar orqali namoyon bo'ladi. 

 

Masalan,  insoniyat  tarixiga  bu  usulga  asosan  yondoshilganida,  u  uzluksiz 



tarzda  ro'y  beradigan  avlodlar  o'rin  almashuvi,  birining  o'rniga  ikkinchisi  kelishi, 

muayyan  qadriyatlarni  meros  qoldirishi  va  yangilikning  eskilikni  inkor  qilishidan 

iborat doimiy va takrorlanib turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida 

esa,  shu  zamonning  ijtimoiy  manzarasini  belgilaydigan  turli  urug'  yoki  qabilalar, 

davlat,  millat  va  xalqlar,  oqim  va  yo'nalishlar,  g'oya  va  mafkuralarning  xilma-xil 



shakllarini  ko'rish,  ularning  bir-biri  bilan  uzviy  aloqadorlikda  namoyon  bo'lishini 

kuzatish mumkin. 

 

Taraqqiyot  jarayonida  avlodlar,  davrlar,  siyosiy  tuzumlar,  umuman  ijtimoiy 



voqyea  va  hodisalar  o'z-o'zidan  avtomatik  tarzda  sodir  bo'lib,  nom-nishonsiz 

yo'qolib  ketmaydi.  Balki  ularning  barchasi  insonlar  o'rtasidagi  o'zaro  aloqa  va 

munosabatlarning  hosili,  ijtimoiy  jarayonlarning  natijasi,  biror  sababning  oqibati 

sifatida  namoyon  bo'ladi.  Bir  davr  ikkinchisining  o'rniga,  bir  avlod  oldingisidan 

keyin, bir voqyea boshqasining ortidan sodir bo'lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy 

uzluksizlik,  doimiy  aloqadorlik,  vaqtning  orqaga  qaytmasligi  va  voqyealarning 

ketma-ketligi  tarzidagi  bog'lanishlar,  rivojlanish  va  taraqqiyot,  olamning  rang-

barangligi va uyg'unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi. 

 

Falsafada  mazkur  tamoyillarga  asoslangan  tafakkurni  –  dialektik  tafakkur, 



ana  shunday  dunyoqarashni  –  dialektik  dunyoqarash,  yondashuvni  –  dialektik 

yondashuv,  metodni  –  dialektik  metod  deb  atash  an'anaga  aylangan.  Shu  bilan 

birga u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy 

ta'limotlari ham bor. Masalan, Demokrit va Geraklit dialektikasi, Kant yoki Gegel 

dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi. 


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish