inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma'lumot beradi.
Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning, materiyaning
taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa, murakkab, ziddiyatli
xususiyatlari va qonuniyatlarining xarakteri va xarakatlantiruvchi kuchlarini to'g'ri,
ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash ta'lim berib aytadiki, butun
mavjudot - organik va noorganik dunyo ham, insoniyat dunyosi xam, o'simliklar va
hayvonot dunyosi ham doimo xarakatda, o'sish, o'zgarish va rivojlanishdadir.
jarayonlar o'zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim va asosiy
Falsafiy dunyoqarashning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan
Falsafiy dunyoqarash kotib kolgan emas, balki doimiy ravishda o'zgarib,
rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda
bo'ladigan o'zgarishlar tufayli birinchi navbatda tabiiy, texnik to'xtovsiz ravishda
ro'y berib turadigan muhim o'zgarishlar natijasida kishilarning obyektiv olam
haqidagi ilmiy bilim va tasavvurlari, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga
nisbatan ancha rivojlanadi.
Falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatidangina emas, balki amaliy
jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Dunyoqarash amaliyot uchun
qo'llanmadir.Falsafiy dunyoqarash tabiat va ijtimoiy xayot hodisalarini tushunish
uchun yordam beradi. Kishining amaliy faoliyatida tutadigan yo'li shu kishi
dunyoqarashining qanday ekanligiga bog'liq.
Falsafa yangi g'oyalarning tug'ilishiga imkon beradi.Hayot, ijtimoiy tajriba
bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi.U tarixiy davr bilan mustahkam aloqadorlikda
taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr, uning oldiga yangi masala va muammolarni
qo'yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug'iladi. Aynan ular orqali
falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o'ziga xos xususiyatlari aks etadi.
Masalan, hozirgi davrda istiqlol mafkurasi falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu
bilan belgilanadi.
Falsafiy ta'limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga
xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o'z
aksini topadi. Shuning uchun ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va
oqimlar o'z maqsad-muddaolari va g'oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan
foydalanadi. Falsafadagi ustuvor qarash va qoidalar davr mahsuli bo'lgani uchun,
zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammolari unda o'z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: