Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

EPIFIZ (EPIPHYSIS) 

Epifiz  -  pineal  tana,  yumshoq  miya  pardasi  bilan  tomirlar  chigali  orasida  joylashgan,  endokrin 

funktciyaga ega bo’lgan ki-chik nerv tuzilma hisoblanadi. 

Taraqqiyoti.  Epifiz  kurtaklari  odam  embrionining  5-7-haf-larida  oraliq  miya  tomining  kichik 

bo’rtmasi  sifatida  paydo  bo’ladi.  Bo’rtmaning  oldingi  tomonida  epifizning  spongioblast-lar 

to’plamidan uning ikkinchi kurtagi paydo bo’ladi. Keyincha-lik ikkala kurtak birlashib, ular orasida 

torgina yoriq-pi-neal qorincha qoladi. Embrional taraqqiyot davrida epifiz ikki marta o’z tuzilishini 

o’zgartiradi. Bu o’zgarishlar tug’ilgan bolaning 8-9 oyligigacha davom etadi. Epifizning to’la shaklla-

nishi bola bir yoshga etganida tugallanadi. 

Tuzilishi.  Epifiz  tashqi  tomondan  biriktiruvchi  to’qimali  kapsula  bilan  o’ralgan.  Kapsuladan  bez 

parenximasiga  birikti-ruvchi  to’qimali  to’siqlar  -  septalar  davom  etib,  ular  tarkibi-da  qon  tomirlar 

yotadi. Bez parenximasi hujayralar tasmalari- 

dan va to’plamlaridan iborat. Epifizda ikki xil hujayralar-tafovut etiladi: 1) parenxima hujayrasi - 

pinealotcitlar va 2) glial hujayralar (173-rasm). 




 

281 


 

173-rasm. Epifiz. 

1  -  kapsula; 2  -  biriktiruvchi to’qimali to’siq-lar:  3  - epifiz  parenximasi;  4  - v-ag’iz  moddasi-nnng 

«qumlari»; 5 - glioiit hujayrasi; 6 - to’q pinealotcit; 7 - och pinealotcit (E. G. Eliseevdan). 

P i n e a l o tc i t l a p - epitelioid (bosh) hujay-ralar epifiz parenxima-sida asosiy hujayra hi-soblanadi. 

Bu hujayralar yumalotc yoki noto’g’ri shakl-ga ega bo’lib, nozik tar-moqlangan o’simtalar tuta-di. 

Hujayra o’simtalari-dan ayrimlari ko’pchib  qon tomirlar atrofiga  -  bi-riktiruvchi to’qimaga  yo’na-

ladi. Pinealotcitlarning ba’zilari elektron to’q tci-toplazmaga ega bo’lsa, ay-rimlarining tcitoplazma-

si  elektron  och  bo’ladi.  Bun-day  bo’lishi  shu  hujayra-larning  funktcional  hola-tiga  bog’lik  bo’lsa 

kerak.  Elektron  zich  tcitoplazmali  hujayralar  och  hujayra-larga  nisbatan  ko’p  bo’ladi. 

Pinealotcitlarning yadrosi yumaloq va yirik bo’lib, ko’p miqdordagi geteroxromatin yadro chekkasida 

joylashadi. TCitoplazmasi ko’pgina er-kin ribosomalar va poli-somalar, mitoxondriya, do-nador va 

agrapulyar endo-plazmatik to’rni tutadi. Gol’ji kompleksi  yaxshi rivojlang Hujayrada birlamchi va 

ikkilamchi  lizosomalar  mavjud.  Ba’zan  hujayrada  lipid  tomchilari  ham  ko’rinadi.  Pinealotcitlarda 

tcitoplazmatik filamentlar o’ta kam uchraydi (epifiz ney] •xujayralarida, aksincha bu tuzilma tez-tez 

uchrab  turadi),  mik-ronaychalar  esa  ko’p  bo’ladi.  Pinealotcitlar  o’simtalarida  ko’pgi-na 

mikronaychalar  va  noto’g’ri  shaklli  naysimon  elsmentla:  bo’-ladi.  Hujayra  o’simtalarining  oxiri 

o’

zla



R

ining


 atrofidagi simpatik nerv oxirlariga nisbatan ko’p va noto’g’ri shaklda bo’-lib, perivaskulyar 

zonada ayrim tutamlar hosil kiladi. Bu nerv oxirlari turli miqdorda har  xil  - elektron och markazli, 

ba’zan esa o’rtasi elektron zich bo’lgan mayda vezilulalar tutadi. Epifizning neyrogliya (tayanch, yoki 

interstitcip) h u- 

:j a y r a l a p i yulduzsimon astrotcitlardan iborat bo’lib, bu och hujayralar epifizda ko’plab uchraydi. 

Ul’trastrukturasi bo’-yicha ham bu hujayralarning tcitoplazmatik filamentlarga ega bo’lgan astrogliya 

hujayralarga  oidligi  ko’rinib  turadi.  Bu  hujayralar  fibrillyar  elementlarning  mavjudligi,  ularning 

pinealotcitlarga  emas,  glial  hujayralarga  mansubligini  ko’r-satish  imkonini  beradi.  Neyrogliotcitlar 

uzun  tcitoplazmatik  o’simtalarga  ega  bo’lib,  bu  o’simtalar  pinealotcitlar  tanasini  va  o’simtalarini 

hamda  simpatik  nerv  va  nerv  oxirlarini  o’rab  yota-di.  Ko’pgina  glial  o’simtalar  epifiz  parenxima 

bo’lagining  yuza-sida  -  bazal  membranada  yakunlanadi.  SHu  o’simtalar  membranasi  biroz 

yo’g’onlashgan bo’lib, tcitoplazmasida ingichka filamentlar-ning zich turi joylashadi. 

Gliotcitlarning  donador  tcitoplazma  to’ri  pinealotcitlarga  nisbatan  anchagina  rivojlangan.  Erkin 

ribosomalar kam. Gol’ji kompleksi hujayraning bir qancha joyida yotadi. Mitoxondriylar kam bo’ladi. 




 

282 


Birlamchi  va  ikkilamchi  ribosomalar  ko’p.  Glikogen  donalari  ham  mo’l  bo’lib,  butun  tcitoplazma 

bo’ylab joylashadi. Mikronaychalar gliotcitlarda ko’p bo’lmay, qalinligi 5-6 nm dir. Ular tutamlar - 

fibrillalar  hosil  qiladi.  Bu  tuzilmalar  hujayra  yadrosining  atrofida  hamda  o’simtalarida  joylashgan 

bo’ladi. 

Epifizda  qon  tomirlar  va  kapillyarlar  biriktiruvchi  to’qima-li  to’siqlarida  uchraydi.  Org’an 

parenximasi kapillyarlarga boy. Kapillyarlar endoteliysi yupqa bo’lib, ko’plab fenestrlarga ega. 

Epifizning sshga qarab bo’ladigan involyutciyasi etti yoshdan boshlanadi: uning hajmi kichrayadi va 

unda ohak tuzlari to’plana boshlaydi. Pinealotcitlar hajmi va soni kamayadi, yadrolari may-dalashadi. 

Qarilikda  epifizning  faoliyati  keskin  susayishiga  karamay,  maxsus  tuzilishi  saqlanib  qoladi. 

Epifizning kapeu-lasi va to’siqlari biroz zich biriktiruvchi to’qimadan iborat. Bu biriktiruvchi to’qima 

qari odamlarda yoshlarga nisbatan rivoj-langandir. 

Epifizning funktciyasi. Epifizda serotonin hosil bo’lib, u epifizning o’zida melatoninga aylanadi. Bu 

gormonlar gipotala-musda hosil bo’luvchi gonadoliberinning va gipofizning oldingn bo’lagidan hosil 

bo’luvchi gonadotrop  gormonlarni sekreiiyasini susaytiradi  yoki hatto to’xtatib qo’ysa  kerak. SHu 

bilan  bnrga  pinealotcit  hujayralar  bir  talay  oqsil  gormonlarni  (gipofiz-ning  oldinp!  bo’lagida  hosil 

bo’luvchi lyutropin gormoni sekre-tciyasini susaytiruvchi antigonadotropin, qonda kaliy  miqdorini 

oshiruvchi gormon va boshqalar) hosil  qiladi. Hozirgi vaqtda  mazkur hujayralarda hosil bo’luvchi 

moddalarning soni 40 ga yaqin. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish