Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

 

 

 


 

218 


YURAK  TUZILISHI 

 

Yurak (cor) ichi bosh mushakli a’zo. U qon tomirlar sistemasining qonni harakatga keltiruvchi 

asosiy a’zosidir. 

 

Yurak devori uch pardadan: ichki – endokard, o’rta – miokard, tashqi – epikarddan iborat. 



 

Endokard (endocardum). Endokard yurakning ichki, nisbatan yupqa qavatidir. U yurak barcha 

kameralarining  ichki  yuzasini,  shuningdek  so’rg’ichsimon  mushaklar,  pay  ipchalar,  klapanlarni 

qoplaydi (134-rasm). 

 

Endokardning o’zi bir necha qavatlardan iborat. Eng ichki, bevosita qonga yondoshgan qatlami 



endoteliy qavatidir. Endoteliy qavati tomirlardagi singari bazal membranada yotuvchi bir qavat yassi

poligonal  endoteliy  hujayralaridan  iborat.  Uning  tagida  kam  differensiallangan  hujayralarga  boy 

biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan  endoteliy  osti  qavati  joylashgan.  Undan  chuqurroqda  esa,  elastik 

tolalar va  silliq  mushak hujayralari  o’zaro  bir-biri bilan chalkashib ketgan mushak  – elastik qavat 

yotadi.  Shuni  aytib  o’tish  kerakki,  bu  qatlamda  elastik  tolalar  va  mushak  hujayralarining  nisbati 

yurakning  turli  bo’limlarida  bir  xil  emas.  Masalan,  yurak  bo’lmachalarida  elastik  tolalar 

qorinchalardagiga nisbatan ko’proq uchraydi va u yerda tolalarning zich to’rini hosil qiladi. 

 

 



134-rasm. Yurak (endokard va miokardning bir qismi). Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan.     

 

 



Ob.20, ok.10. 

1 – endokard; a – endoteliy hujayralarining yadrolari; b – endoteliy osti qatlami; 2 – miokard; d – tipik 

mushak hujayralari; e – atipik mushak hujayralari (Purkine tolalari). 

 

Ba’zan esa hatto darchali elastik membranalar vujudga kelishi mumkin. Silliq mushak hujayralari esa, 



aorta va o’pka arteriyalarining chiqish joyida ko’proq uchraydi. 

 

Mushak  –  elastik  qavatdan  so’ng,  endokard  va  miokard  chegarasida  joylashgan  tashqi  –  



biriktiruvchi to’qimali qavat yotadi. Bu qatlam yo’g’on elastik tolalar hamda uzun egri-bugri bo’lib 

joylashgan  kollagen  va  retikulyar  tolalardan  iborat.  Tashqi  biriktiruvchi  to’qimali  qavatda  qon 

tomirlar ko’plab uchraydi. 

 

Endokard  yurak  klapanlari  shakllanishida  ishtirok  etadi.  Klapanlar  bo’lmachalar  bilan 



qorinchalar  o’rtasida,  qorinchalar  bilan  aorta  hamda  o’pka  arteriyasi  o’rtasida  joylashgan.  Yurak 

klapanlari  zich  tolali  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan  yupqa  plastinkalardan  iborat  bo’lib,  ikkala 

yuzasi endoteliy hujayralari bilan qoplangan. 

 

Miokard (myocardum). Miokard yurakning eng kuchli taraqqiy etgan va eng muhim qavatidir. 




 

219 


Miokard ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasidan tuzilgan bo’lib, unda tipik va atipik mushak tolalari 

farq  qilinadi.  Tipik  mushak  tolalari  qisqarish  vazifasini,  atipik  tolalar  esa  qo’zg’alishni  o’tkazish 

vazifasini bajaradi. 

 

Tipik  mushak  tolalari  ayrim  qisqaruvchi  mushak  hujayralari  –  kardiomiotsitlardan  tuzilgan. 

Kardiomiotsitlar  (cardiomyocyti)  bir  qator  struktur  va  sitoximik  xususiyatlari  bilan  atipik  mushak 

hujayralari va skeletning ko’ndalang-targ’il mushak tolalaridan farq qiladi. Bu hujayralar ketma-ket 

joylashib mushak tolasini hosil qiladi (135-rasm). 

 

Yurakning tipik mushak tolalari yon tarmoqlar yordamida ham o’zaro chambarchas bog’langan 



bo’ladi. Shunday qilib yurak mushagi tolalarning bir butun to’ridan iborat bo’lib, undagi tolalar oraliq 

plastinkalar vositasida ayrim segmentlarga – hujayralarga bo’linadi. Yurakning qisqaruvchi mushak 

hujayralari shaklini silindrga o’xshatish mumkin. Uning uzunligi 50–100 mkm, diametri 17–20 mkm 

ga  yetadi.  Kardiomiotsitlarning  markaziy  qismida  oval  shaklida  yadro  joylashadi.  Yurak  mushagi 

sarkolemma  bilan  qoplangan.  Elektron  mikroskopda  sarkolemma  ichki  –  plazmolemma  va  tashqi 

bazal membranadan iboratligi aniqlangan. Sarkolemma oraliq plastinkalarning shakllanishida ishtirok 

etadi.  Oraliq  plastinkalar  (disci  intercalaci)  mushak  tolasiga  nisbatan  ko’ndalangiga  yo’nalib, 

odatdagi  preparatlarda  to’q  bo’yaluvchi  chiziqlar  tarzida  ko’rinadi.  Ular  yurak  mushagining  eng 

xarakterli tuzilmalaridir.  

 

                                        



 

 

 



135 - rasm. Miokardning polyarizatsion mikroskopda ko’rinishi. Ob 40. ok. 20. 

 

1  –  yurak  mushak  tolalari;  2  –  oraliq  disklar;  3  –  miofibrilla  tolalarining  ko’ndalang 



 

chiziqlari.           

 

Ko’p yillar davomida oraliq plastinkalar gistologlar munozarasining mavzui bo’lib kelgan. Ularning 



tuzilishi va faoliyati haqida xilma-xil fikrlar yuzaga kelgan. Oraliq plastinkalarni tad-qiqotchilarning 

ba’zilari  yo`g`onlashgan  disk, ba’zilari qisqarish  yo’llari, ba’zilari esa artefakt, boshqalari  mushak 

tolalarining  oziqlanishida  qatnashuvchi  maxsus  tuzilmalar  deb  hisoblashgan.  Faqat  elektron 

mikroskop qo’llanilgandan keyingina oraliq plastinkalarning haqiqiy morfologik mohiyati aniqlandi. 

Ular murakkab tuzilishga ega. Oraliq plastinka aslida ketma-ket  yotgan ikki hujayraning plazmatik 

membranalaridan tuzilgan miotsitlararo chegara bo’lib (136-rasm), bu membranalar tor hujayralararo 

bo’shliq  vositasida  bir-biridan  ajralib  turadi.  Qo’shni  hujayralar  qobig’ining  bo’rtmalari  bir-biriga 

botib  turishi  tufayli  mushak  tolalarining  bo’ylama  kesmalarida  oraliq  plastinka  ko’pincha  mushak 

tolasini to’g’ri chiziq bo`ylab kesib o’tmay, balki «zinapoya» singari yo’nalishga ega bo’ladi. Oraliq 

plastinka  boshdan  oxirigacha  bir  xil  tuzilishga  ega  emas.  Jumladan,  uning  muayyan  qismlarida 




 

220 


plazmatik membranalar orasidagi bo’shliq ancha keng bo’ladi. Oraliq plastinkalarning ba’zi qismlari 

nexus hosil qiladi. Ularning plazmatik membranalari yuqori elektron zichlikka ega bo’lib, bir-biriga 

juda yaqin yotadi. Oraliq plastinkaning eng ko’p qismida elektron zichligi yuqori bo’lgan tuzilmalar 

–  desmosomalar  mavjud.  Oraliq  plastinkalarning  hujayra  tuzilmalari,  jumladan,  sarkoplazmatik 

reticulum bilan tutashishi aniqlangan. Oraliq plastinkalarda ATF-aza  fermentining yuqori aktivligi, 

ishqoriy fosfataza borligi aniqlangan. Bu oraliq plastinkalarning faqat hujayra chegarasi bo’libgina 

qolmay,  balki  ularda  intensiv  modda  almashinuvi  ketishidan  dalolat  beradi.  Tipik  mushaklarga 

qo’zg’alishni tarqashda oraliq plastinkalarning roli kattadir. 

 

Kardiomiotsitlarning  sarkoplazmasida  hujayraning  umumiy  va  maxsus  organellelari 



joylashgan. Maxsus organella – miofibrillalar mushak hujayralarining eng muhim strukturalari bo’lib 

qisqarish  vazifasini  bajaradi.  Kardiomiotsitlarning  miofibrillalari  tuzilishi  bo’yicha  skelet 

ko’ndalang-targ’il mushagi miofibrillalaridan umuman farq qilmaydi. Mushak tolalarining bo’ylama 

kesmasida  esa  miofibrillalarning  ko’ndalang-targ’illik  manzarasi  ko’rinadi.  Elektron  mikroskopda 

miofibrillalar  juda  ingichka  miofilamentlar  (protofibrillalar)  dan  iboratligini  ko’rsatadi  («Umumiy 

gistologiya» bo’limining  «Mushak to’qimasi» bobiga q.). 

 

Kardiomiotsitlarning yana bir muhim organellasi donasiz endoplazmatik to’r (sarkoplazmatik 



to’r)  bo’lib,  u  uzunasiga  va  ko’ndalangiga  yo’nalgan  naychalar  sistemasidan  iborat.  Yurak  tipik 

mushagi  mitoxondriyalarga  boy.  Ular  cho’ziq,  oval  shaklida  bo’lib,  miofibrillalar  orasida  tizilib 

yotadi.  Ba’zan  yadro  yonida  mitoxondriyalarning  to’plamlarini  ko’rish  mumkin.  Shuningdek, 

mitoxondriyalar  sarkolemma  ostida,  kapillyarlar  yaqinida  miofibrillalarga  zich  yopishib  yotadi. 

Mitoxondriyalar ko’p miqdorda zich yotgan kristallarga ega. 

 

 



136-rasm. Miokardning oraliq plastinkasining electron mikrofotogrammasi. X 25000. 

1 – oraliq plastinka (disk); 2 – qo’shni miotsitlar sitolemmasi; 3 – miofibrillalar. 

 

Yurak mushak hujayralarida oksidlanish-qaytarilish fermentlarini saqlovchi    mitoxondriyaning juda 




 

221 


ko’p miqdorda bo’lishi, to’xtovsiz ishlayotgan yurakni zarur energiya bilan ta’minlaydi (137-rasm). 

Goldji kompleksi va donador endoplazmatik to’r yurak mushagida sust taraqqiy etgan. 

 

Gistoximiyaviy  tadqiqotlar  mushak  tolasida  oqsil,  lipid  kiritmalarini,  oksidlanish-qaytarilish 



fermentlarining yuqori aktivligini kuzatishga imkon berdi. Kardiomotsitlarda oksidlanish-qaytarilish 

fermentlaridan  suksinatdegidrogenazaning  aktivligi  olma,  sut,  glutamin  va  boshqa  kislotalar 

degidrogenazalari aktivligidan yuqori bo’ladi. 

 

Yuqorida  biz  yurak  qorinchalarining  kardiomiotsitlari  bilan  tanishib  chiqdik.  Bo’lmachalar 



miotsitlari  ulardan  bir  oz  farq  qilib,  ko’pincha  o’simtali  shaklga  ega.  Ularning  sitoplazmasida 

mitoxondriyalar,  miofibrillalar  va  sarkoplazmatik  to’r  kamroq.  Bo’lmachalar  kardiomiotsitlarida 

suksinatdegidrogenazaning  aktivligi  ancha  past  bo’lsada,  glikogen  metabolizmiga  oid  fermentlar 

(fosforilaza, glikogensintetaza va boshqalar) ning aktivligi juda yuqori bo’ladi. Bu kardiomiotsitlar 

tuzilishining yana bir o’ziga xosligi shundaki, ularda donador endoplazmatik to’r va Golji kompleksi 

nisbatan  yaxshi  rivojlangan.  Ular  ishtirokida  bo’lmachalar  kardiomiotsitlari  sitoplazmasida 

uchraydigan  maxsus  donachalar  sintezlanadi.  Maxsus  donachalar  glikoproteinlarga  boy.  Ba’zi 

tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, bu donachalarning glikoproteinlari qonga tushib lipoproteinlar 

bilan birikadi va bu bilan tromb hosil bo’lishiga qarshi ta’sir qilar ekan, bundan tashqari, bo’lmachalar 

kardiomiotsitlari, buyrak tanachalari yaqinidagi maxsus hujayralar kabi, qon bosimini boshqarishda 

ishtirok etuvchi mod-dalar (natriy uretik faktorlar) ajratadi. Ko’pgina sut emizuvchilar bo’lmachalar 

kardiomiotsitlarining yana bir xususiyati, ularda T-kanalchalar sistemasining sust taraqqiy etganidir. 

 

 

 



137-rasm. Kardiomiotsit mitoxondriyasidagi suksinatdegidrogenaza fermentining 

 

aktivligi.  X 20000. 



 

1 – ferment aktivligi aniq ifodalangan mitoxondriya; 2 – ferment aktivligi ifodalanmagan 

 

mitoxondriya. 



 

 

Miokardning stromasida retikulyar, kollagen va elastik tolalar yotadi. Retikulyar tolalar muskul 



tolalari uchun uzluksiz sinch hosil qiladi. Ikki xil retikulyar tolalar farq qilinadi. Ingichka retikulyar 

tolalar  mushak  tolasiga  nisbatan  ko’ndalang  yo’nalib,  o’zaro  tutashgan  tolalar  chigalidan  iborat. 

Yo’g’on tolalar uzunasiga yo’nalgan va oz miqdorda bo’lib, mushak tola-larining dastalari orasida 

joylashgan.  Elastik  tolalar  ham  miokardda  oz  bo’ladi.  Yurak  bo’lmachalari  miokardida  ular 

qorinchalardagiga  qaraganda  ko’proq  uchraydi.  Miokardning  mushak  tolalari  yurakning  tayanch 

skeletiga yopishgan bo’ladi. Bu skelet bo’lmachalar va qorinchalar o’rtasidagi fibroz halqalar hamda 

o’pka  arteriyasi  va  aortaning  yurakdan  chiqish 

joyidagi  zich  tolali  biriktiruvchi  to’qimadan 




 

222 


tashkil topgan. 

 

Miokard qon tomirlarga boydir. Tomirlar mushaklararo biriktiruvchi to’qima tarkibida yotadi. 



Mushak tolalari bilan , kapillyarlar o’ziga xos munosabatda joylashgan bo’ladi. Bunda har bir mushak 

hujayrasi  bevosita  2–4  kapillyar  bilan  tutashadi,  har  bir  kapillyar  esa  o’z  navbatida  3  va  hatto  4 

mushak hujayrasi o’rtasida joylashadi. Bu esa mushak hujayrasining qon bilan yaxshi ta’minlanishini 

belgilab beradi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish