Buyrak usti bezlari juft organ bo’lib, u muhim funktciyag’a ega. Har bir buyrak usti bezi anatomik
jihatdan bitta orgai bo’lsa ham, aslida u ikkita bezning byrlashuvidan vujudga ke-ladi. Bu bezning
ikki tarkibiy qismi - miya va po’st moddalari tuzilishi va rivojlanishi jihatidan mustaqil organlar hisob-
Taraqqiyoti. Bu jarayon embrional hayotning 4-5 haftalarida ichak tutqichi asosining ikki yonidagi
tcelomik epiteliyda ko’plab qalinlashgan qismlarning paydo bo’lishidan boshlanadi. 6-hafta-ga kelib,
qalinlashgan epiteliy atcidofil tcitoplazmali hujay-ralardan iborat bo’ladi. Bu hujayralar 7-haftada
mezoteliydan ajraladi va interrenal tanaga aylanadi. Interrenal tana aor-taning lateral tomonida
joylashgan hujayralar massasi hisob-lanadi. Qeyinchalik bu massaga qon tomirlar o’sib kiradi va po’st
moddaning turli zonalari takomillashadi. Demak, bezning po’stloq qismi jinsiy bezlar bilan birga bir
manbadan tako-millashar ekan. SHuning uchun ham jinsiy va buyrak usti bezla-rining faoliyati uzviy
bog’langan. Embrional hayotning to’rtinchi oylariga borib, po’stloq moddada tashqi koptokchasimon
zonani, o’rta - tutamli zonani va ichki - to’rsimon zonani tafovut qilish mumkin. To’rsimon zona
mag’iz moddaga yondoshib turadi. Po’stloq modda hujayralarining sekretor faoliyati embrional
hayotning 12-13 haftalaridan boshlanadi. Buyrak usti bezining mag’iz moddasi qorin aortasi
sohasidagi simpatik nerv tugunlaridan rivojlanadi. Embrionning 6-7 haftalik davrida simpatik nerv
tugunlaridan simpatoblast hujayralari ajrala boshlaydi. 7-8-haftalarga kelib bo’lg’usi bez miya
288
179-rasm. Buyrak usti bezn. Ge-matoksilii-eezin bilan
bo’yalgan. 06. 10. ok. 10.! - kapsula; 2 - po’st moddasi; a -
koptokchali zona; b - tutamli zona
8
- t$rsimon zena, 3 - mag’iz
meddag.i;
4
-
qon
tomirlar.ri
-
xromofinnoblast-lar
takomillashib, in-terrenal tana ichiga bo-tib kiradi va bezning
miya moddasini hosil qi-ladi. Ana shu vaqtga kelib buyrak usti
bez-larining kapsulasi ham vujudga keladi. Lekin nerv
hujayralari to’p-lamlarining buyrak usti bezi ichiga kirish jarayo-
ni chaqaloqning 4 oylik davrigacha davom etadi. Arteriyalar
fibroz kap-suladan o’tib, buyrak us-ti bezi parenximasida
nihoyatda ko’p sinusoid kapillyarlar to’rini ho-sil qiladi.
Tuzilishi. Har bir buyrak usti bezi qalin yog’ kletchatkasi bilan
o’ralgan. Buyrak usti be-zn o’rtasidan kesilgani-da uning ikki
qismi: po’st va miya moddalari-ni yaqqol ko’rish mumkin (179-
rasm). Bez tashqa-ridan biriktiruvchi to’-qimali kapsula bilan
o’ralgai. Qapsula tarki-bida 5-6 qavat fibro-blastlar bo’lib, har
bir kavat kollagen tolalar bilan ajralib turadi. Kapsula ostida
po’stloq modda joylashgan. Po’st-loq modda hujayralari juda
ko’p miqdorda li-pid kiritmalari tutgani uchun bu zona och
sarg’ish tusga ega.
Buyrak usti bezining kapsulasi ostida betartib joylashgan kam
takomillashgan (kambial) hujayralar yotadi. Bu kambial
hujayralar takomillashish natijasida, asta-sekin buyrak usti
bezining koptokchali zonasiga o’tib, shu erga xos bo’lgan hujay-
ralarni hosil qiladi. Qambial zona ostida noto’g’ri shaklga ega
bo’lgan yirik hujayralar joylashib, ular sinusoid kapillyar
atrofida doira yoki yarim doira shaklida yotadi. Bu hujayra to’p-
lamlari koptokchalarga o’xshash bo’lganligi uchun bu zona
Do'stlaringiz bilan baham: