Qalqonsimon bez oldi bezi mayda bo’lakchalardan iborat bo’-lib, ularning soni 2 tadan 8 tagacha,
Taraqqiyoti. Qalqonsimon bez oldi bezi embrional hayotning 5-6-haftalarida buqoq bezi kurtagidan
1- qalqonsimon bez fellikullari; 2 - qalqonsiion bez olli bezining parenximasn; 3 - biriktiruvchi
cho’ntaklarining entodermal epiteliysidan o’sib chiqqan hujayra-larning kompakt massasi shaklida
vujudga keladi. Intensiv o’sish natijasida bu o’simtalar «kurtaklarga» aylanadi, 7-8 haftaga borib
o’zlari o’sib chiqqan erdan ajraladi va hosil bo’layotgak qalqonsimon bez bo’laklarining orqa
yuzasiga birikadi. Qalqon-simon bez oldi bezlarining embrnonal davrdai boshlab funktcio-nal
286
177- rasm. Qalqonsimon bez oldi bezi to’q bo’yaluvchi bosh hujay-rasshshpg elektron
mikrsfotsgrafiyasi. xYU.OOE.
1 - tcitoplazka; 2 - plastinkasimon kompleks; 3 - yadre; 4 - interdi-gntatciya; 5 - gemokapillyar; 6 -
endoteliy.
287
178- rasm. Qalqonsnmon bez oldi bezi och bo’yaluvchi bosh hujay-rasining elektron
mikrofetografiyasi. xYU.OOO.
1 - tcitoplazma; 2 - mitoxondriyalar; 3 - Gol’ji kompleksi.
Tuzilishi. Bezchalar qalqosimon bezning umumiy biriktiruvchi to’qimali kapsulasi bilan o’ralgan
bo’lib, har bir bezcha, yana o’z navbatida biriktiruvchi to’qima orqali epiteliy tasmalariga ajralib
turadi (176-rasm). Tasmalar 2-4 qator hujayralardan iborat bo’lib, ular orasida sinusoid kapillyarlar
joylashadi. Bezda zich joylashgan ikki xil epiteliy hujayrasi: bosh va ok-sifil hujayralar tafovut etiladi.
Aniqlanishicha, yosh organizm-larda qalqonsimon bez oldi bezlari faqat bosh hujayralardan iborat
bo’lib, 4-7 yoshda ularda oksifil hujayralar paydo bo’la boshlaydi.
YOSH
ulg’ayishi bilan oksifil
hujayralarning soni ko’payib, qari organizmda ular bezning asosiy massasini tash-kil etadi. Bosh
hujayralar unchalik yirik bo’lmay, poligonal shaklga ega va ular tcitoplazmasiga qarab to’q va och
rangli bo’li-shi mumkin (177, 178-rasm). Bosh hujayralar tcitoplazmasida
barcha umumiy organellalardan tashqari glikogen kiritmalari, lipid tomchilari va sekretor granulalari
uchraydi. Oksifil hujayralar tcitoplazmasi kislotali bo’yoqlarga bo’yalishi va yuMa-loq shakli bilan
bosh hujayralardan yaqqol ajralib. turadi. Ularning tcitoplazmasida kristalarga boy bo’lgan
mitoxondriya-lar va yaxshi rivojlanmagan Gol’ji kompleksi joylashgan.
Funktciyasi. Qalqonsimon bez oldi bezi organizm uchun nihoyat-da muhim bez hisoblanadi. Agarda
qalqonsimon bez oldi bezi olib tashlansa, qonda kal’tciy miqdori keskin kamaiib ketadi va natijada
skelet mushaklarida tetanik tirishish ro’y beradi va bu holat tezda o’limga olib kelishi mumkin.
Qalqonsimo» bez oldi bezida paratgormon ishlab chiqariladi va bu gormon qonda kal’tciy va fosfar
almashinuvini tartybga solib turadi.
Qonda kal’tciy miqdori kamayganda paratgormon ta’sirida suyak to’qimasidan kal’tciy qonga yuvib
chiqariladi. Bundan tdsh-qari, qondagi kal’tciy miqdorini bir xilda syqlab turish uchun, paratgormon
buyrak kanalchalariga ta’sir etib, u erda kal’iiy va fosforni qayta so’rilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: