Tikansimon hujayralar qavati.
Bu hujayralar yon o’simta-lari bilan bir-biriga tutashib,
desmosomalar orqali bog’langan-dir. Bu qavat hujayralari ham bazal qavat kabi bo’linish xusu-
siyatiga ega bo’lib, o’zidan keyingi qavat epiteliy hujayralarni tiklab turadi.
305
3.
YUza qavat
2-4 qatlam yassi hujayralardan iborat. Eng yuza hujayralarida yadrolar bo’lmasligi
mumkin.
Lab. Labda 3 qism - teri (pars cutanea), oraliq (pars intefmedia) va shilliq (pars mucosa) qismlar
tafovut etiladi. Lab o’zida ko’nda-lang-targ’il mushak tutadi.
Labning teri qismi. Xuddi teri kabi tuzilishga ega bo’lib, ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi
epiteliy bilan qoplangan (182-rasm,
a).
Bu qismda ter va yog’ bezlari, sochlar bo’ladi.
Labning oraliq (pushti) qismi o’z navbatida ikki: tash-qi silliq va ichki so’rg’ichli zonadan iborat
(182-rasm,
a).
Tashqi zona epiteliysida muguz qavat bo’lsa-da, u tiniq va o’ta yupqadir. Epiteliy
osti so’rg’ichlari unchalik bo’ychan bo’lmaydi. Labning idki so’rg’ichli zonasi, ayniqsa, yangi
tug’ilgan bolalarda o’ta ri-vojlangan so’rg’ichlarga ega. Bola ulg’ayishi bilan bu so’rg’ichlar
yassilanib ketadi. Bu zona epiteliysi anchagina qalin bo’lib, mu-guz qavat va yog’ bezlaridan
holidir. Xususiy qatlam epiteliyga botib kirib, o’ta bo’ychan so’rg’ichlar hosil qiladi, Lab oraliq
qismining xususiy qatlami ko’pgina kapillyarlarga ega bo’lgani-dan shu qism pushti ko’rinishga
ega bo’lib qoladi. Xususiy qatla-mining nerv oxirlariga mo’lligi esa lab pushti xoshiyasining o’ta
sezuvchanligini ta’min etadi.
.
Lab shilliq qismining epiteliysi oraliq qismidagi-dan qalinroq bo’ladi (182-rasm,
b).
Xususiy
plastinka so’rg’ichlari
182- rasm. A. B. Bslaning pastki labi (sxema).
1-labning epidermis qismi; 2 - lab mushaklari; 3 - labning oraliq
(pushti) qis’i; 4 - lab bezlari; 5 - lab shilliq iardasining zpiteliy.i;
6 - yog’ bezlari; 7 - qon tomirlar; S - soch ildizi.
teri qismiga nisbatan kaltaroq. Xususiy qavat bevosita shilliq osti pardasiga o’tib ketadi va
qo’ndalang-targ’il mushakla.rga tutashadi. SHilliq osti pardasida so’lak bezchalarining oxirgi
qismlarijoylashadi. Bezlar ancha yirikva murakkab naysimon- al’veolyar tipga kirib oqsil va
shilliq sekret ishlab chiqaradi. Epiteliy yuzasiga ochiluvchi chiqaruv naylari ko’p qavatli yassi
epiteliy bilan qoplangan. SHilliq osti pardasida yirik arte-rial tomirlar va venoz chigallar bo’lib,
ular labning pushti qismiga ham tarqaladi.
Milk.' Al’veolyar o’simtalarni qoplab turgan shilliq parda ko’p qavatli yassi epiteliy bilan
qoplangan bo’lib, uking birik-tiruvchi to’qimaly xususiy qatlami nerv tolalari va tomirlarga boy
bo’ladi.
Milkda bog’langan va erkin qismlar ajratiladi. Milkning bog’langan qismi barcha suyak
al’veolyar o’simtalari yuzasini qoplagan.
Uning xususiy qavati suyak usti pardasiga to’g’ridan-to’g’ri tu-tashib ketgan. Milkning tish
306
yuzasi bilan bog’langan tomoni milk-
183- rasm. Lupj shilliq qavati (sxema).
1 - epiteliy; 2 - xususiy qatlam; 3 __yog’
to’tcimasi; 4 - mushak tolasi (IO. I. Afa-nas’evdan).
ning erkin qismini hosil qiladi. Bu tuzilmaning chu-qurligi 1,5 mm cha bo’lib, tish-milk
kasalligida (ay-niqsa, parodontoz) hamda ularni davolash jarayonla-rida bu xaltacha muhim
ahamiyat kasb etadi. Milk nervlar bilan yaxshi ta’-minlangan. Milk epiteliy-sida erkin nerv
oxirlari bo’lsa, xususiy biriktiruv-chi to’qimada kapsulali va kapsulasiz nerv oxirlari mo’l
bo’ladi. Milkda mushak qatlami bo’lmaydi.
Lunj. Lunj- mushakli a’zo bo’lib, shilliq pardabi-lan qoplangan, ichki yuzasi 3 zonaga - yuqori
zona maxil-laris pastki qism-zona mandibularis va oraliq qi-sm - zona intermedia ra bo’-linadi.
YUqori qismning tu-zilishi labning shilliq par-dasiga o’xshash bo’lib, ko’p qa-vatli
muguzlanmaydigan epi-teliy bilan qoplangan (183-rasm). Xususiy qavatining so’rgichlari uncha
katta bo’l-maydi va juda ko’p lunj bez-lari tutadi. Og’izdan uzoqlash-gan sari bezlar chukurroq,
ya’-ni mushaklar orasida hamda ularning tashqarasida joyla-shadi. Bir qancha reduktciyaga
uchragan yog’ bezlari bo’ladi. Xususiy bi-riktiruvchi qism so’rg’ichlari kattagina. Bu erda so’lak
bezlari bo’lmaydi. SHilliq osti parda siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. Kollagen
tolalari to’r hosil qilib yogadi. Qon tomir va nervlar ko’p bo’ladi. Oraliq kismning muskul ^avagi
lunj mugkullaridan hosil bo’lib, u erda lunj so’lak bzzlari yogadi. Ularning oxirgi sekretor
bo’limi aralash sekret ishlab chiqaradn. Bundan tashqari, alohida shilliq ishlab chiqaruvchi oxirgi
bo’limlari ham bo’ladi.
Lunjning mandibula qismi maksilla qismi kabi ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy
bilan qoplangan. Xususiy plas-tinka so’rg’ichlari baland bo’lmay, uning shillik osti pardasi
yaxshi rivojlangan. Bu qavatda ko’plab lupj so’lak bezlari (gl. buc caiez) joylashadi.
Katta jag’ tishi sohasiga joylashgan yirik so’lak bezlaridan biri gl. malaris chuqur, hatto lunj
mushaklari orasigacha etib borgan holda joylashadi.
Qattiq tanglay. Qattiq tanglay tanglay suyagi va uni qopla-
gan pardadan iborat bo’lib, shilliq parda ko’p qavatli yassi mu-guzlanmaydigan epiteliy bilan
qoplangan. Qattiq tanglayda shilliq osti parda bo’lmaydi. Siyrak tolali shakllanmagan bi-
riktiruvchi to’qimadan iborat xususiy qatlamda kollagen tola-lari o’ta rivojlangan bo’lib, suyak
ustki pardasi bilan birikkan. Qattiq tanglayning o’rta qismlarida, suyak usti pardasi va shil-liq
307
parda orasida so’lak bezlarining gruppasi joylashgan.
YUmshoq tanglay va tilcha. Bular o’z asosida ko’ndalang-targ’il mushak va zich tolali
biriktiruvchi to’qima tutadi. YUmshoq tang-layning og’iz yuzasi va tilcha ko’p qavatli yassi
muguzlanmaydigan epiteliy bilan qoplangan va uning tagida ko’plab so’rg’ichlar hosil qiluvchi
xususiy qavat joylashadi. SHilliq parda yaxshi-gina rivojlangan shilliq osti pardasi bo’ylab
yotadi. YUmshoq tanglay burun yuzasining shilliq pardasi ko’p qatorli hilpil-lovchi qadahsimon
hujayrali epiteliy bilan qoplangan. Bu er-da shilliq osti pardasi bo’lmaydi. YUmshoq tanglayning
ovqat-larni yutish jarayonida roli bor. YUtish vaqtida yumshoq tanglay burun-halqum yo’lini
berkitadi va ovqat luqmasini burun to-monga yo’naltirmaydi.
til
Til dastavval uzunligi 65 mm keladigan pushtda paydo bo’la boshlab, birinchi jabra yoyi o’rta
qismida toq do’mboq holida vu-judga keladi. So’ngra juft yon o’simtalar hosil bo’lib, ular o’za-
ro qo’shilib, toq do’mboqlarni o’rab oladi. Bu tuzilmalar ento-dermaning hosilasi hisoblanadi va
til uchini hamda til tanasini paydo qiladi. Tilning orqa bo’limi 2-3 jabra yoylaridan, de-mak,
entodermadan paydo bo’lib, tilning tanasi bilan qo’shiladi va til ildizini hosil qiladi. Til ildizi va
tanasining tutash-gan qsmida oxirgi egat hosil bo’ladi.
Til mushaklari esa miotomlarning bilateral o’simtalaridan paydo bo’ladi. Pusht rivojlanishining
5-haftasida til sathining ko’pgina qismi bir qavatli epiteliy bilan qoplangan. Bu paytda til ichida
keyinchalik tilning yirik qon tomirlariga aylanuvchi bir qancha tomirlar joylashgan bo’ladi. 6
haftalik pusht tili-ning epiteliysi jadal ko’payishi natijasida til yuzasining ko’p-gina qismi ko’p
qavatli hujayralar bilan qoplanadi. Tilda qon tomirlar hosil bo’lishi bilan nerv tolalarining tilga
kirib kelishi kuchayadi. 8 haftalik pusht tili o’z shakliga ega bo’ladi.
Hosil bo’la boshlagan til bezlari pusht taraqqiyotining oxir-gi oylarida oqsil bezlari, aralash va
shilliq bezlar gruppasiga ajraladi.
Til so’rg’ichlari homila hayotining bir xil davrida paydo bo’l-maydi. Dastavval uzunligi 20-30
mm embrion tilida epiteliy
«bo’rtmasi sifatida tarnovsimon so’rg’ich hosil bo’lsa, bargsimon so’rg’ichlar homila hayotining
8-oylaridagina shakllanadi. Til taraqqiyoti, shakllanishi, uni innervatciya qiluvchi omillar bilan
uzviy bog’langan.
T i l - mushakli a’zo bo’lib, uning asosini o’zaro perpendi-kulyar yo’nalgan 3 gruppa
ko’ndalang-targ’il mushak tashkil etadi. Tilning pastki shilliq parda yuzasi yupqagina ko’p
qavatli yas-si muguzlanmaydigan epiteliy bilan qoplangan, xususiy plastin-.kasi epiteliyga botib
kirib, uncha baland bo’lmagan so’rg’ichlar hosil qiladi. Xususiy plastinka ostida bevosita til
mushakla-riga tegib yotuvchi shilliq osti pardasi joylashgan. Tilning ustki va yon yuzalari esa
ko’p qavatli yassi epiteliy va xususiy plastinkadan iborat shilliq parda bilan qoplangan bo’lib,
shil-.liq osti pardasi bo’lmaydi. Xususiy qavat mushaklararo birik-tiruvchi to’qima bilan
qo’shilib ketadi. Tilning sathida 4 xil so’rg’ich - xususiy qavatning epiteliyga botib kirishidan
hosil bo’lgan tuzilmalar tafovut etiladi:
;3. Ipsimon so’rg’ichlar -papillae filiformes.
'2. Zamburug’simon so’rg’ichlar - papilae fungiformes.
3. Tarnovsimon so’rg’ichlar - papillae vallata.
4. Bargsimon so’rg’ichlar - papillae foliata.
Tilning
Do'stlaringiz bilan baham: |