Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


XVIII BOB  HAZM SISTEMASI



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

XVIII BOB 
HAZM SISTEMASI 

(SYSTEMA GIGESTORIUM) 
 
Hazm sistemasiga kiruvchi a’zolar oziqa moddalarni mexa-nik va ximiyaviy yo’l bilan 
parchalash va parchalangan moddalar-ni qon va limfa tomirlariga o’tkazib bvrish kabi muhim 
vazi-falarni bajaradi. Bulardan tashqari, hazm yo’llari bo’ylab joylashgan ko’pgina hujayralar 
hisobiga endokrin vazifalarni ham bajaradi. 
Hazm sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanib, hazm yo’llari va bezlardan tashkil topgan. Bezlar 
hazm yo’llariga o’z suyuqlikla-rini chiqarib, oziq moddalarni ximiyaviy jihatdan parchalashda 
ishtirok etadi. Hazm yo’llari uzunligi 8-10 m bo’lib, umumiy tuzilishga ega bo’lsa-da, ayrim 
bo’limlari o’ziga xos tuzilgan. Morfologik jihatdan esa hazm yo’llari turli bo’limlarga: ol-dingi, 
o’rta va orqa bo’limlarga bo’linadi. Oldingi bo’limda og’iz bo’shlig’i, yutqin va qizilo’ngach 
kiradi. Oldingi bo’limda oziq modda asosan mexanik maydalanadi. Urta bo’limga me’da, ingich-
ka va yo’g’on ichak, jigar va me’da osti bezi kiradi. Xazm siste-masining bu bo’limida oziq 
moddalarning ximiyaviy parchalanishi yuz beradi. Bundan tashqari, parchalangan oziq 
moddalarning qon tomir va limfatik sistemasiga so’rilishi ham shu erda o’tadi. Hazm 
sistemasining orqa bo’limiga to’g’ri ichakning kaudal qismi kiradi va u asosan najasni 
evakuatciya qilish vazifasini o’taydi. 
Hazm sistemasining taraqqiyoti. Hazm sistemasi taraqqiyotida bir qancha bosqichlarni kuzatish 
mumkin: dastlab ichak nayi shakl-lanadi, so’ng og’iz bo’shlig’i va orqa chiqaruv teshigi 
takomillasha-di. Hazm sistemasining takomili entodermaning vujudga keli-shidan boshlanadi. 
Dastlab entoderma plastinkasi cho’ziladi va burma hosil qiladi. Bu burma 
ichak tarnovi 
deyiladi. 
Tarnov-ning ichki yuzasidan ichak entodermasi shakllanadi. Tarnovning 
ikki tomoni, ya’ni oldingi va orqa qismlari asta-sekin tutashib-nay hosil qiladi. Ichak nayining 
oldi va orqa qismi teri ekto-dermasiga tegib turadi. Ektodermaning ichak nayiga tutashgan 
oldingi qismidan yutqin va orqa qismidan esa kloakal membra-nalar hosil bo’ladi. 
Entoderma mezodermaning vistceral varag’i bilan uzviy bog’-langan bo’lib, uni 
splanxnoplevra 
deb ataladi. Bu varaqlar ora-siga mezenxima o’sib kiradi. Entodermadan ichak epiteliysi va 
uning bezlari rivojlanadi, mezenximadan biriktiruvchi to’qima, qon tomirlar va mushak 
qavatlari, mezodermaning ichki varag’i-dan esa ichak yo’lining seroz pardasi rivojlanadi. 
Uchinchi haf-taning ohiriga kelib og’izning yutqin membranasi ochiladi va shu bilan oldingi 
ichak tashqi muhit bilan aloqada bo’ladi. Key-inchalik orqa ichakdagi kloakal membrana ham 
ochilib, ichak klo-akal bo’shlig’i bilan bog’lanadi. SHu davrdan boshlab ichak nayi 3 qismga 
bo’linadi: 
1. Bosh ichak - undan yutqin va qizilo’ngachning yuqori qis-mi rivojlanadi. 
2. Tana ichagi (o’rta ichak) 3 ga bo’linadi: a) oldingi bo’-lak -undan qizilo’ngachning qolgan 
qismi takomillashadi; b) o’rta bo’lak - bundan me’da, ingichka ichak va uning hosilasi bo’lmish 
jigar, me’da osti bezi rivojlanadi; v) orqa bo’lak - undan yo’g’on ichak hosil bo’ladi. 
3. D u m ichak - bundan yo’g’on ichakning oxirgi qismi tako-millashadi. 
HAZM YULLARI DEVORI TUZILISHI 
Hazm yo’llarining devori 4 qavatdan iborat: 
1. SHillik parda - tunica mucosa. 
2. SHilliq osti pardasi - tunica submucasa. 
3. Mushak parda - tunica muscularis. 
4. Tashqi adventitcial yoki seroz parda - tunica adventitia yoki tu nica serosa. 
SHilliq parda 
o’z navbatida 3 ta: epiteliy, biriktiruvchi to’qimadan iborat xususiy qatlam va 
shilliq qavatning muskul qavatlaridan iborat. SHilliq parda hazm yo’llarining har er- har erida 
o’ziga xos tuzilgan bo’ladi. Hazm yo’llarining oldingi va orqa qismidagi epiteliy ko’p qavatli 
yassi, o’rta qismida bir qavatli: me’dada bir qavatli tcilindrsimon, ichaklarda bir qavatli 
tcilindrosimon jiyakli epiteliydan iborat. SHilliq pardaning xususiy katlami siyrak tolali 
shakllanmagan birik-tiruvchi to’qimadan tuzilgan. Bu erda qon va limfatik tomirlar, limfoid 
to’qima, nerv chigallari va bezlar joylashadi. Mushak plastinkasi xususiy qatlam va shilliq osti 


304 
qavati orasida yota-di. Mushak plastinkasi 2-3 qavatdan iborat silliq mushak hu-jayralaridan 
tuzilgan. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish