Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


XV BOB TERI VA UNING HOSILALARI



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

XV BOB TERI VA UNING HOSILALARI 
 
Teri tananing tashqi yuzasini qoplab odamda uning umumiy sathi 1,5-2 m
2
ga etadi. Terining 
rangi odamlarning irqiga qa-rab har xil bo’ladi. Bu teridagi rang beruvchi modda - melanin 
pigmentining miqdoriga bog’liq. Teri hosilalariga sochlar, ter„ yog’ va sut bezlari hamda 
tirnoqlar kiradi. 
TERI (CUTIS) 
Teri organizmni tashqi muhit bilan uzviy ravishda bog’lab turadi va qator muhim vazifalarni 
bajaradi. Teri o’zining os-tida joylashgan a’zo va to’qimalarni tashqi muhitniig fizik va ximik 
omillari ta’siridan saqlaydi. Jarohatlanmagan te-ri o’zidan turli mikroblarni, ko’pchilik zaharli va 
zararli mod-dalarni o’tkazmaydi. Terining epidermis qismi, ayniqsa uning muguz qavati, 
issiqlikni yomon o’tkazadi, va shu sababli, terini qurib qolishdan asraydi. Teridagi melanin 
pigmenti quyosh nur-lariniig organizmga salbiy ta’sirini kamaytiradi. 
Teri tuz-suv va issiqlik almashinuvida ishtirok etadi. Kuni-ga teri orqali 500 ml gacha suv 
ajraladi. Suv bilan birga har xil tuzlar, ko’proq xloridlar hamda sut kislotasi va boshqalar 
chiqariladi. Ma’lumki, tanadan 82% issiqlik teri orqali aj-ratiladi. Tana o’z issiqligining ma’lum 
qismini ter ajratish orqali ham yo’qotadi. 
Terining sekretor faoliyati undagi ter va yog’ bezlari orqa-li amalga oshadi. SHu bilan birga, bu 
bezlar ekskretor vazifani ham bajaradi. Ba’zi dorilar (yod, brom, salitcil kislota va boshqalar) va 
zaharli moddalar yog’ va ter bezlari mahsuloti bi-lan chiqarib yuboriladi. Terning tarkibi 
ko’pincha organizm holati bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Buyrak kasalliklarida terda siydik 
kislotalari.mochevina miqdori ortsa, qandli dia-betda uning tarkibida qand paydo bo’ladi. Teri 
o’zidan ayrim moddalar (yog’da eruvchi moddalar, efir, salitcil, etil spirt va boshqalar) ni yaxshi 
o’tkazadi. SHuning uchun ham tabobatda teri-dan singiy oladigan moddalardan tayyorlangan 
moysimon dornlar ishlatiladi. 
Ul’trabinafsha nurlar ta’sirida terida vitamin D sintez-lanadi. Uning etishmasligi raxit kasalligiga 
olib keladd. 
Terida kon tomirlarning ko’pligi sababli u ma’lum daraja-da qon deposi bo’lib hisoblanadi. Katta 
odamlar terisida 1 litrgacha kon to’planib turishi mumkin. 
Teri taktil, harorat va og’riqni sezuvchi nerv oxirlariga boy bo’lib, keng retceptor maydon 
hisoblanadi. Ba’zi joylar (bosh va panja) terisining 1 sm
2
yuzasida 300 tagacha sezuvchi nuqtalar 
borligi aniqlangan. 
Taraqqiyoti. Teri pushtning 2 ta embrional varag’i - ekto-derma va mezodermasidan taraqqiy 
etadi. Ektoderma terining epitelial qoplamasi - epidermisini hosil qilsa, me-zodermanipg hosilasi 
bo’lmish dermatomlar xususiy tsri - der-ma hamda teri osti yog’ qatlami - gipodermani vujudga 
keltira-dn. Pusht taraqqiyotining birinchi haftalarida epidermis bir tcavat yassi hujayralardan 
iborat, keyinchalik bu hujayralar «balandlashadi». Embrion hayotining 1-oyi oxirlarida u ikki 
qavatli bo’ladi. Uchinchi oylarga kelib, epiteliy hujayralary-ning ko’payishi tufayli, epidermis 
ko’p qavatliga aylanadi. Homilaning 4 oylik davridan boshlab, eng sirtqi 2-3 qavat hu-jayralar 
yassilashib, tcitoplazmasi oksifil xususiyatga ega bo’-ladi va shu boisdan kislotali bo’yoqlar 
bilan yaxshi bo’yaladi. 5 oylik homilada epidermisning donador va muguz qavatlari fa-tcat qo’l 
va oyoq kaftlarida paydo bo’ladi. 7-oydagina terining hamma yuzasi bo’ylab epidermis bazal, 
tikanaksimon hujayralar qavati va muguz qavatlarga ajraladi. YAltiroq qavat esa ancha kech 
papdo bo’ladi. 
Teri epiteliysining rivojlanishi bilan terining birikti-ruvchi to’qimali asosi ham taraqqiy eta 
boradi. Derma va gipo-dermaning rivojlanishi, yuqorida ta’kidlanganidek, dermatom-lardan 
boshlanadi. Pusht taraqqiyotining 2-oyigacha derma mezen-xima hujayralaridan, mayda qon 
tomirlardan va ko’p miqdorda amorf moddadan tashkil topgan bo’ladi. 2-oyning oxiriga ke-lib 
mezenxima hujayralari fibroblastlarga aylana boshlaydi. Lekin ular uzoq vaqtgacha kam 
differentciallashgan bo’lib qo-ladi va 3 turga bo’lnnadi: yulduzsimon o’simtali hu-jayralar, kalta 
o’simtali hujayralar va yuma-loq hujayralar. Bu hujayralarning orasida kislotali bo’yoqlar bilan 
yaxshi bo’yaluvchi argirofil tolalarning to’ri vu-judga keladi. Dermaning epidermisga yaqin 


256 
qismida tolalar zichroq joylashgan bo’ladi. Homila taraqqiyotining 4-oyida tolalarning 
ko’pchilik qismi argirofillik xususiyatini yo’qotib, 5-oyida argirofil tolalar faqat epidermis 
ostidagi teri ho-silalari va qon tomirlari atrofida saqlanib qoladi. 3-4-oylarda kollagen tolalar 
gorizontal joylashgan holda paydo bo’la boshlaydi. Dastavval epidermis va derma o’rtasidagi 
chega-ra mutlaqo tekis bo’ladi. Homila hayotining o’rtalarida birikti-ruvchtc to’qimaning 
epiteliyga botib kirishi natijasida derma-«ing so’rg’ichlari vujudga keladi va bu chegara notekis 
bo’lib qoladi. Elastik tolalar esa homila x.ayotining oxirgi oylarida paydo bo’lib, taraqqiyoti 25 
yoshlargacha davom etadi. Embrion 
rivojlanishi bilan terida differentciallangan hujayra ele-mentlari ortib borsa-da, homila 
hayotining so’nggi davrida ham so’rg’ichli qavat, qon tomirlar va teri hosilalari atrofida ko’p-lab 
kam differentciallashgan, kambial hujayralar saqlanib qoladi. Homilaning uch oylik davridan 
boshlab terida soch, tir-ioq va ter bezlarining kurtagi paydo bo’la boshlaydi. 
TERI TUZILISHI 
Teri 2 qismidan - epidermis va biriktiruvchi to’-qimadan iborat dermadan tashkil topgan. 
Terining quyi qatlamlarida derma teri osti yog’ kletchatkasidan iborat gipodermaga o’tadi. 
Epidermis va dermaning chegarasi notekis bo’lib, biriktiruv-chi to’qimali so’rg’ichlar 
epidermisga botib kirgan bo’ladi. YUqo-rida qayd etilganidek, derma so’rg’ichlari teri sathida 
egatchalar bilan ajralgan do’ngliklar paydo qiladi. Epidermis dermadan glikozaminglikanlar va 
nozik argirofil tolalarga boy bo’lgan bazal membrana bilan ajralib turadi. 
Epidermis. Terining tashqi qavati bo’lib, ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliydan iborat 
(54-rasmga q.). Epidermis-ning qalinligi teri qoplamasining har xil joylarida turli qalinlikda (0,5-
4 mm) bo’lsa-da, u umumiy tuzilishga egadir. 
Epidermisda 6 qavatni . ajratish mumkin: 1. Bazal qavat (stratum basale) 2. Tikansimon 
hujayralar qavati (stratum spinosum) ZDonador hujayralar qavati (stratum granul-osum). 4. 
YAltiroq tcavat (stratum Iucidurn). 5. Muguz qavat (stratum corneum) 6. Tushib ketuvchi qavat 
(stratum desqua mourn). 
Epidermisning hujayralari bazal qavatdan boshlanib, to-eng yuza muguz qavatga tomon surilib, 
yangilanib turadi. SHu qa-vatlarda epidermis hujayralarining differentciallanish va muguzlanish 
jarayonlarining turli davrlarini kuzatish mumkin. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish