251
kamroqligi qayd etilgan. Yana T- limfotsitlar sitoplazmasida ba’zi bir fermentlarning (masalan,
alfa-naftilatsetatesterazaning) aktivligi yuqori ekanligi ma’lum. T- limfotsitlarning B-
limfotsitlardan farq qiluvchi belgisi bo`lib, bularning qobig`ida joylashgan retseptorlari
hisoblanadi. T-limfotsitlar yuzasida maxsus Thy-retseptorlar joylashib, ular bu limfotsitlarning
barcha turlari uchun xosdir. Ularda antigenlarni «tanib olish» imkoniyatiga ega bo`lgan 1a-
retseptorlarning borligi ham tan olinadi.
B- limfotsitlar gumoral immunitet jarayonida qatnashuvchi asosiy hujayralardir. Ularning
asosiy vazifasi antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmotsitlarni hosil qilish va shu tufayli
organizmda gumoral immunitetni ta’minlashdir. B- limfotsitlarda T- limfotsitlarga nisbatan
donador endoplazmatik to`rning yaxshiroq rivojlanganligi kuzatiladi. B- limfotsitlarning T-
limfotsitlardan asosiy farqi ularning qobig`ida joylashgan retseptorlaridir. B-limfotsitlar yuzasida
immunoglobulinlarga xos tuzilishga ega bo`lgan retseptorlar bo`lib, ular yuza
immuno-
globulinlar
deb ataladi (yuIG). B-limfotsitlar barcha limfotsitlarning 20–25 foizni tashkil qilsa,
ulardan 14–17foizni IgM, 6–8 foizni IgG hamda 1–4 foizni IgA, IgE va IgD immunoglobulinlar
sinfidan iborat retseptorlar saqlovchi hujayralar hosil qiladi. Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, T-
limfotsitlar yuzasida ham immunoglobulin retseptorlar topilgan. Biroq bu retseptorlar miqdori
jihatidan B-limfotsitlarga nisbatan deyarli 100–1000 marta kam bo`ladi. Immunoglobulin tabiatli
retseptorlardan tashqari B- limfotsitlarda ular uchun maxsus bo`lgan HBLA, 1a, Fc-retseptorlar
va komplementning C
3
qismiga nisbatan retseptorlar ham bo`ladi. Hozirgi paytda B -
limfotsitlarning bir necha turlari farq qilinadi. Ulardan B-xelperlarni, B- supressorlarni va «eslab
qoluvchi» B-limfotsitlarni ko`rsatib o`tish mumkin. B- limfotsitlarning yashash muddati ancha
qisqa bo`lib, bir necha haftadan oylargacha bo`ladi. Ko`rsatib o`tilgan T-, B- limfotsitlar va
ularning subpopulyatsiyalaridan tashqari immunitet jarayoni o`zida na T-, na B- hujayralarga xos
belgilarni tutmaydigan «nul» hujayralarning ahamiyati katta. Bu hujayralar barcha
limfotsitlarning 5–15 foizni tashkil etadi. Ular asosan sitotoksik ta’sir ko`rsatish qobiliyatiga ega
bo`lib, killerlar turkumiga kiradi. Bu hujayralar orasida L (lysis – eritish), K (killer – qotil) va
TK (patiga1 killer – tabiiy killer) limfotsitlar ajratiladi. Sitotoksik ta’sir ko`rsatuvchi limfotsitlar
(T- killerlar, L, K va TK-limfotsitlar) yot hujayralarni o`ldirish va yemirishda asosiy o`rin
tutadigan maxsus moddalarni yoki l i m f o k i n l a r n i ishlab chiqaradi. Limfokinlar yot
hujayralarning plazmolemmasiga yemiruvchi ta’sir ko`rsatadi. Natijada, yot hujayralar halok
bo`ladi. Ammo limfokinlarning ta’siri faqat shu bilangina chegaralanmaydi. Limfokinlarning
boshqa xillari ham mavjud bo`lib, ular limfotsitlarning ko`payishi, shakllanishi va antigenlar
to`g`risida ma’lumot olish jarayonlarini boshqarib turadi. Limfotsitlarning ko`payishi,
shakllanishi va faoliyati immunitet jarayonlarida ishtirok etuvchi yordamchi hujayralar bilan
chambarchas bog`liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: