Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Yordamchi hujayralar.
Bu hujayralar T- va B-limfotsitlar uchun qulay mikromuhit 
yaratishda, ularning ko`payishi va shakllanishini boshqarishda hamda ularga antigen 
to`g`risidagi ma’lumotni yetkazishda faol qatnashadi. Yordamchi (accessor – ishtirokchi) 
hujayralarning asosiy vakillaridan biri 
makrofag
lardir. Ular organizmda kechadigan umumiy 
ixtisoslashgan immun-himoya reaksiyalarining aktiv ishtirokchilari. Makrofaglar kuchli 
fagotsitoz qilish hamda bir qator biologik aktiv moddalar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega 
(«Makrofaglar» bo`limiga q.). Ular antigenni fagotsitoz qilib tayyor holda limfotsitlarga 
yetkazadi. Makrofaglar tomonidan qayta ishlangan antigenning unga qarshi antitelolar ishlab 
chiqarish qobiliyati bir necha o`n baravar ortadi. Bu hujayralarning o`ziga xos xususiyatlaridan 
bo`lib, ularning sitoplazmasida birlamchi va ikkilamchi lizosomalar miqdori ko`pligidir (145-
rasm). Makrofaglar bilan bir qatorda immunitet jarayonida aktiv ishtirok etuvchi tuzilmalar 
bo`lib 
interdigitlovchi hujayralar 
hisoblanadi. Bu hujayralar ham makrofaglar singari 
monotsitlardan hosil bo`ladi. Ular asosan timusda hamda periferik immun-himoya a’zolarining 
timusga tobe (T) zonalarida joylashadi. Fiziologik sharoitlarda bu hujayralarning fagotsitoz 
qilish qobiliyati juda past bo`ladi. Ammo organizmga kuchli ta’sir o`tkazilganda bu hujayralar 
makrofaglar singari aktiv fagotsitlarga aylanadi. Interdigitlovchi hujayralar uzun barmoqsimon 
o`siqlarga ega bo`lib, ular orqali limfotsitlar bilan kontaktda bo`ladi (146-rasm). Hujayralar 


252 
sitoplazmasida tarqoq holda joylashgan donador endoplazmatik to`r kanalchalari va 
mitoxondriyalar uchraydi. 
Deyarli barcha interdigitirlovchi hujayralar o`z qobig`ida 1a- 
retseptorlarni saqlaydi. Ammo makrofaglardan farqli ravishda ularda Fc-retseptorlar bo`lmaydi. 
Timusdan hamda periferik immun-himoya a’zolarining T-zonalaridan tashqari, interdigitlovchi 
hujayralar terida ham uchraydi. Bu yerda ular Langergans hujayralari nomi bilan yuritiladi. 
145-rasm. Makrofag (sxema). 
I – yadro; 2 – o`siqlar; 3 – antigenlar; 4 – lizosomalar; 5 – limfotsit (K. R. To`xtayev
rasmi). 
146- rasm. Interdigitlovchi hujayra (sxema). 
1 – yadro; 2 – donachalar; 3 – o`siqlar; 4 – limfotsitlar (Q. R. To`xtayev rasmi). 
Interdigitirlovchi hujayralarning faoliyati to`la aniqlanmagan. Ularda Ia va boshqa 
retseptorlarning borligi bu hujayralarning limfotsitlarga antigen to`g`risidagi ma’lumotni 
yetkazib berishda ishtirok etishidan dalolat beradi. Bundan tashqari, ular T- limfotsitlarning 
ko`payishi va differensiallanishini boshqaruvchi moddalar ham ishlab chiqaradi. 
Periferik immun-himoya a’zolarining B-zonalarida yordamchi hujayralarning yana bir 


253 
turi - dendritli hujayralar uchraydi. Ular ko`proq limfatik follikullarda joylashganligi tufayli 
follikulyar dendritli hujayralar 
deb ham ataladi (FDH). O’zlarining ko`p sonli o`siqlari 
yordamida bu hujayralar limfotsitlar va plazmotsitlar bilan kontaktda bo`ladi (147-rasm). 
Dendritli hujayralarning sitoplazmasida ko`p sonli erkin ribosomalar, oz miqdorda 
mitoxondriyalar, donador endoplazmatik to`r kanalchalari ko`rinadi. Golji kompleksi atrofida va 
sitoplazmaning boshqa qismlarida mayda, lizosomalarga o`xshash donachalar uchraydi. Hujayra 
yadrosi noto`g`ri shaklga ega bo`lib, o`zida yadrocha saqlaydi. Dendritli hujayralarda Fc, C
3

retseptorlar hamda 1a-retseptorlar borligi aniqlangan. Bu hujayralarning asosiy vazifasi 
limfotsitlarga antigenni yetkazib berish hamda limfotsitlarning ko`payishi, shakllanishini 
boshqarib turishdir. Dendritli hujayralarning fagotsitoz qilish qobiliyati deyarli yo`qdir. 
147- rasm. Dendritli hujayra (sxema). 
1 – yadro; 2 – o`siqlar; 3 – donachalar; 4 – limfotsitlar: 5 – plazmatik hujayralar; 6 –
plazmotsitdan ajralib chiqayotgan sitoplazma bo`lagi (plazmotsitoz) (Q.R.To’xtayev 
rasmi). 
Ularning kelib chiqishi to`g`risida ikki xil fikr mavjud. Birinchi fikrga binoan bu 
hujayralar makrofaglar singari monotsitlardan hosil bo`ladi deb hisoblanadi. Ikkinchi fikr esa 
ularning retikulyar hujayralardan kelib chiqishini oldinga suradi. 
Immunitet jarayonida eozinofil va bazofil leykotsitlar hamda to`qima bazofillari (semiz 
hujayralar) ham ishtirok etadi. Bazofil leykotsitlar va to`qima bazofillari ishlab chiqargan 
gistamin, geparin moddalari T- va B- limfotsitlarning ko`payishi va shakllanishini kuchaytirish 
xususiyatiga ega. Eozinofil leykotsitlar organizmga ko`p miqdorda antigenlar tushganada 
ko`payadi va makrofaglarning faoliyatini kuchaytiradi. Shuningdek, immun-himoya 
jarayonlarining kechishida neytrofil leykotsitlarning ahamiyati ham katta. Ular limfotsitlarning 
ko`payishi va shakllanishini kuchaytiruvchi moddalar ishlab chiqaradi va antigenlarni aktiv 
fagotsitoz qiladi. 
Shunday qilib, organizmda sodir bo`ladigan immun-himoya jarayonlari to`qimalar va 
a’zolarda joylashgan turli xil hujayralarning o`zaro birlikda (kooperativ) faoliyat ko`rsatishi tu-
fayli amalga oshadi. 
Immunitet jarayonlariga tegishli (ya’ni immunokompetent) hujayralarning immun-
himoya reaksiyalari davomida o`zaro uzviy bog`lanishi hali to`la o`rganilmagan. Bu to`g`rida bir 
qancha nazariyalar mavjud bo`lib, ularning orasida P. B. Petrov oldinga surgan nazariya alohida 
o`rin tutadi. Bu nazariyaga asosan immunitet jarayoni asosiy uch xil hujayralarning o`zaro 
birlikda faoliyat ko`rsatishi yoki kooperatsiyasi tufayli amalga oshadi (148-rasm). 


254 
Immunokompetent hujayralar bo`lib T-, B-limfotsitlar va ularning subpopulyatsiyalari hamda 
yordamchi hujayralar (makrofaglar, interdigitirlovchi va dendritik hujayralar) hisoblanadi. 
Sxemada ko`rsatilganidek, organizmga tushgan antigen dastavval antigenni «tanib olish» 
qobiliyatiga ega bo`lgan T- va B-limfotsitlarning retseptorlari bilan bog`lanadi. Shu bilan birga 
antigen bu limfotsitlarning bir-biri bilan aloqa qilishini ham ta’minlaydi. Antigen T-
limfotsitlarning yuzasida bo`lgan retseptorlar bilan bog`liq holda makrofaglarga uzatiladi. 
Makrofaglar bilan T- limfotsitlarning o`zaro ta’siri natijasida antigenga qarshi sitotoksik T-
limfotsitlar hosil bo`ladi. Keyingi bosqichda T- limfotsitlarning retseptorlari bilan bog`langan va 
makrofaglar tomonidan qayta ishlangan antigen B-limfotsitlarga yetkaziladi. Ammo bu 
ma’lumotning o`zigina B-limfotsitlarning antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga 
aylanishi uchun kifoya qilmaydi. B-limfotsitlarning ko`payishi va plazmotsitlarga shakllanishi 
uchun shu antigenga xos bo`lgan yana bir signal bo`lishi talab etiladi. 
148-rasm. Immunokompetent hujayralarning o`zaro ta’siri (sxema) (R. V. Petrovdan). 
Bu signal T- limfotsitlar tomonidan berilib, «immunopoez induktori» (I I) deb ataladi. Ikki 
tomondan antigen to`g`risida ma’lumot olgan B-limfotsitlar o`z navbatida blast hujayralarga 
aylanib, mitoz yo`li bilan ko`payadi. Natijada, ma’lum bir antigenga nisbatan B-limfotsitlarning 
kloni hosil bo`ladi. Ular o`z navbatida plazmoblastlarga, proplazmotsitlarga va yetuk plazmatik 
hujayralarga aylanib, shu antigenga nisbatan antitelolar ishlab chiqaradi. 
Shunday qilib, immunitet jarayonlarida turli xil hujayralar ishtirok etadi. Bu 
jarayonlarning faol hujayralari bo`lmish T-va B- limfotsitlar qon va limfa orqali ko`chib yurish 
(migratsiya) qobiliyatiga egadir. Immun sistemaning markaziy a’zolarida, ya’ni timusda va qizil 
suyak ko`migida ushbu limfotsitlarning ko`payishi va takomili ro`y beradi. Qizil suyak 
ko`migidan kelgan o`zak hujayralar timusda maxsus mikromuhit ta’sirida yetuk T-limfotsitlarga 
aylanadi. Bu jarayonda timusda bo`lgan retikuloepitelial hujayralar va makrofaglarning roli 
kattadir. Umuman, bu jarayonda neyrogumoral va endokrin faktorlarning ta’siri asosiy o`rin 
tutadi. 


255 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish