Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Sariq dog’ 
- (macula lutea) ko’z tur pardasining qolgan qism-laridan o’zining sariq rangi g’a 
tuzilishi bilan farq qiladi. Uning rangi to’r pardaning ko’ruv hujayralaridan tashqari barcha 
qatlamla-riga singgan sarg’ish pigmentga bog’liq. 
Ganglioz hujayralar qavati bu erda yaxshiroq rivojlanganidan sa-riq dog’ning chekkasi to’r 
pardaning qo’shni bo’limlariga nisbatan qa-linroq bo’ladi. Ana shu qalinlashgan chekkkadan 
dog’ning o’rtasiga! qarab to’r parda yupqalashib boradi va natijada markaziy chuqurcha (fove-
ola centralis) hosil bo’ladi. Sariq dog’ diametri 2 mm bo’lsa, markaziyg chuqurcha to’r 
pardaning eng yupqalashgan joyi hisoblanib, 0,1 mm qa-linlikka ega bo’ladi. 
Sariq dog’ning chekka qismlarida v-a markaziy chuqurcha soha-sida to’r pardaning fotoretceptor 
neyronlar qatlamidan boshqa barcha qavatlari chetga surilib, yassi voronkasimon chuqurcha ho-
sil qiladi. Demak, yorug’lik to’g’ridan-to’g’ri fotoretceptorlarga tushadi. Oraliq neyronlar, ya’ni 
bipolyar va ganglioz hujayra-lar bu erda chetga surilganligidan fotoretceptor hujayralari-ning 
aksonlari ancha uzun bo’lib, atrofga radial holda tarqaladi va ko’z to’r pardasining tashqi 
donador qavati ostida tolali Gen-li qatlamini hosil qiladi. Sariq dog’da fotoretceptorlar miq--
dorining ko’p bo’lishi va ularga nurlarning bevosita tusha olishi tufayli u eng yaxshi ko’radigan 
joy bo’lib xizmat qiladi. 
«Ko’r» dog’ - ko’rish nervining chiqish joyidir. Bu erdy qalin nerv tolalari qatlamidan boshqa 
to’r pardaning barcha qavatlari: yo’qoladi. Bu tolalar to’r pardaning tolali qavatidan qayrilib,. 


197 
ko’rish nerviga o’tadi va markaziy chuqurchani o’rovchi bolish--simon aylanma balandlik hosil 
qiladi. To’r pardani oziqlan-tiruvchi tomirlar ko’rish nervi bilan kelib «ko’r» dog’ chuqurcha-
sidan chiqadi. Bolishsimon balandlik ko’rish nervining so’rg’ichi deb ataladi. Hyp sezuvchi 
hujayralarning bo’lmasligi tufayli to’r pardaning bu qismi yorug’likni sezish qobiliyatiga ega 
emas, shu sababli bu joy «ko’r» dog’ nomini olgan. 
YUqorida ko’rsatib o’tilganidek, to’r parda ko’ruv bo’limining uning ko’r bo’limiga o’tish 
joyida arrasimon chiziq deb ataluvchi tuzilma hosil bo’ladi. Arrasimon chiziqqa yaqinlashgan 
sari fo-toretceptor hujayralar miqdori kamayib boradi va nihoyat ar-rasimon chiziqqa kelib
fotoretceptor neyronlar butunlay yo’qo-ladi. Myuller yoki gliotcit hujayralarining miqdori esa 
ko’payib,. bular ko’proq epitelial hujayralarga o’xshab boradi. SHun- 
.day qilib, to’r pardaning «ko’r» bo’limida faqat ikki qavat, ya’ni pigment hujayralar ‘a epnteliy 
qavati qoladi. To’r parda shu holatda kipriksimon tana va yoy iardani qoplaydi. 
Ko’rish nervi tuzilishi bo’yicha boshqa periferik nervlardan farq qiladi, chunki u miyadan 
taraqqiy etadi. U to’r pardadan chiqishi bilan uning tolalari mielin parda bilan o’raladi. Qo’-rish 
nervi ham miya pardalariga o’xshash pardalar bilan o’ral-gan. 
Ko’z gavhari (lens). Ko’z gavhari ikki tomonlama qavariq linzani eslaguvchi tiniq tanachadir. 
Gavharning oldingi yuzasi yassiroq, orqa yuzasi esa qavariqroqdir. Gazharning xususiy mod-dasi 
(substantia lentis) gavhar tolalaridan tuzilgan (fibra lentis) Bu tolalar olti qirrali prizmalar 
shaklida bo’lib, ular-:ning uchi kolbasimon shishgan bo’ladi. Gavharda yumshoqroq po’stloq va 
qattiqroq markaziy modda yoki gavhar «yadrosi» tafo-vut qilinadi. Po’stloq ham, markaziy 
modda ham tolalardan tu-zilgan. Gavhar markaziy tolalari yadro tutmaydi. Ular qirrala-ri notekis 
va gavhar o’qi atrofida tartibli joylashgan bo’ladi. Oraliq tolalar bilan birgalikda ular gavharning 
zich «yadrosi-ni» hosil qiladi. Gavharning ko’pchilik qismi asosiy perife-rik tolalardan tuzilgan. 
Asosiy tolalar silliq bo’lib, yadro tutadi. Gavhar tolalarining tcitoplazmasi asosan kristallin deb 
ataluvchi tiniq moddadan tuzilgan. Gavhar tolalari maxsus modda yordamida bir-biri bilan 
birikadi. Gavhar tolalari ra-dial plastinka tarzida joylashib, ularning miqdori ikki ming-dan 
ortadi. Gavhar sirtdan kapsula yoki xaltacha bilan o’ralgan.) Bu xaltachaning devori tiniq 
moddadan iborat bo’lib, o’ta elastiklikka ega. Oldingi qismda xaltacha devori qalinroq va 
mustahkamroq, orqa qismida esa yupqaroqdir. Gavharning oldin-gi qismida xaltachaga bir qavat 
kubsimon hujayralardan iborat epiteliy (epithelium lentis) yopishib, u xaltani gavhar tolala-ridan 
ajratib turadi. Ekvatorga yaqinlashgan sari epiteliy hu-jayralari balandlashib boradi va ekvatorga 
etgach uzun gavhar tolalariga aylanadi. Ushbu sohada hamma vaqt mitoz yo’li bilan 
bo’llnayotgan hujayralar uchraydi. Demak, gavhar tolalari uzu-nasiga cho’zilgan epiteliy 
hujayralaridir. Gavharni tutib turuvchi apparat gomogen, zich, cho’zilmaydigan tolalardan tuzil-
tan kiprikli tana belbog’i (zonula ciliaris) yoki TCinn bog’la-midan iboratdir. Bu belbog’ 
tolalarining tutamlari ekvator so-hasida gavhar xaltasining orqa yuzasiga yopishadi. 
Gavhar ko’zning dioptrik va akkomodatcion sistemalariga ki-(rib, uning nur sindirish 
ko’rsatkichi 1,42 ga tengdir. Gavhar qa-•variqligi tez o’zgarishi mumkinligidan uning 
funktciyasi ko’zning ;aniq tasvir hosil qilishdagi akkomodatciyasidan iborat. YAqin-.dagi 
jismlarga qaralganda gavhar yuzalarining egriligi ortib 

qalinlashadi. Gavhar qalinlashishi bilan 
uning qavariqligi ortadi va natijada uning fokus masofasi qisqarib, ko’z yaqini-da joylashgan 
jismlarning aniq tasvirlari?sh hosil qiladi. Uzoqdagi jismlarga qaralganda gavhar yana 
yassilashib o’zining 
dastlabki qavariqligini tiklaydi. Gavharning yassilanish mexa-nizmi yuqorida ko’rsatib 
o’tilganidek, tciliar yoki akkomodatcion mushaklar tonusining o’zgarishi bilan amalga oshadi. 
Ba’zi bir kasalliklarda gavharda modda almashinuv buzilishi tufayli u xiralashadi. Bu holat 
katarakta deyilib, xiralashgan gavharni olib tashlab, o’rniga sun’iy gavhar qo’yish usuli bilan 
davola- 
nadi. 
SHishasimon tana (corpus vitreum). SHishasimon tana tiniq diril-doq moddadan (humor vitreus) 
iborat bo’lib, ko’z olmasining gavhar va to’r parda orasidagi bo’shlig’ini to’ldirib turadi. 
Fiksatciya qilingan preparatlarda unda turli yo’nalishdagi tolalar yotadi. Tana sirtida bu tolalar 


198 
zichroq yotib, yupqa pardani hosil qiladi. Bu parda to’r parda tciliar qismining shishasimon 
pardasi bilan zich bog’langan. SHishasimon tanada to’r parda so’rg’ichidan («ko’r» dog’) ko’z 
gavharining orqa yuzasigacha cho’zilgan kanal (canalis hyaloideus) yotadi. Bu ko’zning 
embrional tomir sistemasining qoldig’idir. SHishasimon tanada max-sus vitrein oqsili va 
gialuron kislotasi bo’ladi. 
SHishasimon tana dioptrik sistemaga, ya’ni ko’zning nur sin-diruvchi muhiti qatoriga kiradi. 
Uning nur sindirish ko’rsatki-chi 1,33 ga tengdi-r. Bundan tashqari, u to’r parda modda almashi-
nuvida ishtirok etadi. SHunday qilib, yorug’lik nurlari to’r pardaning fotoretceptor neyronlariga 
etguncha muguz parda, gavhar, shishasimon tana va to’r pardalardan o’tishi kerakdir. YOrug’lik 
kuchining o’zgarishi ko’zning barcha sistemalarida, xususan to’r pardada moslashuv jarayonlari 
(adaptatciya) sodir bo’lishiga olib keladi. Ko’zga kuchli yorug’lik tushganda melanin pigment 
hujay-ralarining 
o’simtalariga o’tib, tayoqchalarni qoplaydi. Bir payt-ning o’zida 
tayoqchalarning cho’zilishi, kolbachalarning esa qisqa-rishi kuzatiladi. Natijada kolbachalarga 
yorug’lik ko’proq tushib, ko’z yorug’likka moslashadi. Qorong’iga moslashuvda esa, aksincha, 
melanin o’simtalardan pigmentotcitlar tanasiga suri-ladi. Bunda kolbachalar cho’ziladi, 
tayoqchalar esa qisqarib, ko’z g’ira-shira ko’rishga moslashadi. Pigment hujayralarining fao-
liyati gipofizning melanotropin gormoni yordamida boshqtcrila-di. Moslashuv jarayonlarida 
vitamin A (retinol )muhim ahami-yatga ega bo’lib, u maxsus oqsil yordamida pigment 
hujayralariga etkaziladi. Bu hujayralar o’z navbatida fotoretceptor neyron-larni retinol bilan 
ta’minlaydi. Retinol ko’rish qimizi - rodopsin sintezida ishtirok etadi. Fotoretceptor 
neyronlarning disklari va yarim disklari doimo yangilanib turadi. Urta hisob-da 1 kunda 80 disk 
emirilib, o’rniga yangisi hosil bo’ladi. Emi-rilgan disklar pigment hujayralari tomonidan 
fagotcitoz qi- 
linadi. 
Qo’zning qon bilan ta’minlanishi. Ko’zga keluvchi qon tomir-lar ko’z arteriyasidan boshlanadi. 
Bu tomir ko’z nervining ko’zdan chiqish joyidagina bir biri bilan anastomoz hosil qiluvchi va 
ungacha o’zaro bog’liq bo’lmagan 2 ta alohida to-mir guruhiga bo’linadi. Birinchi guruh tomirlar 
markaziy vena va arteriyalar hamda ularning tarmoqlaridan iborat bo’lgan to’r 
parda qon tomir sistemasini hosil qiladi. Bu tomirlar to’r par-dani va qisman ko’ruv nervini qon 
bilan ta’min etadi. Ikkinchi guruh tomirlar esa tomirli qavat, kiprikli tana, yoy parda va sklerani 
oziqlantiruvchi tciliar tomirlar sistemasidan iborat. Limfa tomirlari, faqatgina ko’zning 
kon’yunktiva yuzasida bo’-lib, boshqa qismlarda bu tomir topilmagan. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish