383
QOVUQ
Qovuqning shilliq pardasi o’zgaruvchan epiteliy va siyrak-tolali shakllanmagan biriktiruvchi
to’qimali xususiy qatlam-dan iborat (240-rasm). Biriktiruvchi to’qimali qatlam qon va
239- rasm. 32-29 Siydik nayining ko’ndalang kesimi. x26.
1 - nay bo’shlig’i; 2 - o’zgaruvchan
epiteliy; 3 - biriktiruvchi to’qima; 4
- sslliq mushak hu-
jayralari; 5 - qon tomir va sg’to’qima tutgan snyrak biriktiruvchi to’qima.
32-30. 32-29 dagi kvadratiing kattalashtirilgan ko’rinishi. Siydik nayining
elektron mikrofotogrammasi. x1860.
I - bo’shliq; 2 - o’zgaruvchan epiteliy hujayralarining yadrosi; 3 - biriktiruvchi to’qima:
4 - kapillyar bo’shlig’i; 5 - kollagen tolalar tutami. 6-fibroblastlar; 7 - si-gliq
mushak
hujayralarining yadrolari; 3 -mushak parda kapillyarining bo’shlig’i; 9 -mielinsiz nervlar;
10 - arteriolalar; 11 - venulalar; 12 - semiz hujayra (Rodindash.
limfa tomirlariga boy. Mayda qon tomirlar epiteliyga juda yaqin yotadi. Qovuq shilliq pardasi
siydik yo’q vaqtda burmalar hosil qilib, bu burmalar qovuq siydikka to’lganda tekislanadi.
Qovuqning uchburchak sohasining shilliq pardasida burmalar bo’lmaydi. Bu sohada shilliq osti
pardasi yo’q bo’lib shilliq pardaning xususiy qavati mushak parda bilan birlashib ketadi. Bu
sohada siydik nayining pastki qismidagi bezlarga o’xshash bezlar joylashgan. Qovuqning boshqa
qismlarida shilliq parda
384
240-rasm. Qovuqning yuqori qismch. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan.
06. 3, 5, ok, 10.
1 - shilliq parda; 2 - o’zgaruvchan epiteliy; 3 - xususiy qatlam; 4 - shilliq osti pardasi; 5-
mushakparda; a - ichki buylama qasat; b - o’rta ko’ndalang va tashqi bo’ylama mushaklar.
ostida siyrak biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq osti parda joylashadi.
Qovuq mushak pardasi ichki, tashqi qatlami bo’ylama va o’r-ta-aylanma yo’nalgan mushak
hujayralaridan iborat. Qovuqning tashqi siydik chiqaruv yo’liga davom etish qismida (qovuqning
bo’yin qismi) aylana joylashgan mushak tutamlari sfinkter hosil qiladi. Mushak tutamlarini o’rab
turuvchi biriktiruvchi to’qima qatlamlari qovuqning tashqi adventitciya pardasiga, qo-vuqning
tub qismida esa seroz qavatga o’tib ketadi. Qovuqning tub qismi seroz parda bilan o’ralgan.
Qovuq simpatik, parasimpatik va spinal (sezuvchi) nervlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari,
qovuqda ko’p miqdorda
nerv tugunchalari va nerv sistemasinnng neyronlari topilgan. Bu neyronlar, ayniqsa, siydik
naylarining qovuqqa quyilish erida ko’p bo’ladi. Bundan tashqari, qovuqning seroz, mushak va
shilliq pardalarida ko’p miqdorda retceptor nerv oxirlari ham uchraydi.-
Do'stlaringiz bilan baham: