197
ko’rish nerviga o’tadi va markaziy chuqurchani o’rovchi bolish--simon aylanma balandlik hosil
qiladi. To’r pardani oziqlan-tiruvchi tomirlar ko’rish nervi bilan kelib «ko’r» dog’ chuqurcha-
sidan chiqadi. Bolishsimon balandlik ko’rish nervining so’rg’ichi deb ataladi. Hyp sezuvchi
hujayralarning bo’lmasligi tufayli to’r pardaning bu qismi yorug’likni sezish qobiliyatiga ega
emas, shu sababli bu joy «ko’r» dog’ nomini olgan.
YUqorida ko’rsatib o’tilganidek, to’r parda ko’ruv bo’limining uning ko’r bo’limiga o’tish
joyida arrasimon chiziq deb ataluvchi tuzilma hosil bo’ladi. Arrasimon chiziqqa yaqinlashgan
sari fo-toretceptor hujayralar miqdori kamayib boradi va nihoyat
ar-rasimon chiziqqa kelib,
fotoretceptor neyronlar butunlay yo’qo-ladi. Myuller yoki gliotcit hujayralarining miqdori esa
ko’payib,. bular ko’proq epitelial hujayralarga o’xshab boradi. SHun-
.day qilib, to’r pardaning «ko’r» bo’limida faqat ikki qavat, ya’ni pigment hujayralar ‘a epnteliy
qavati qoladi. To’r parda shu holatda kipriksimon tana va yoy iardani qoplaydi.
Ko’rish nervi tuzilishi bo’yicha boshqa periferik nervlardan farq qiladi, chunki u miyadan
taraqqiy etadi. U to’r pardadan chiqishi bilan uning tolalari mielin parda bilan o’raladi. Qo’-rish
nervi ham miya pardalariga o’xshash pardalar bilan o’ral-gan.
Ko’z gavhari (lens). Ko’z gavhari ikki tomonlama qavariq linzani eslaguvchi tiniq tanachadir.
Gavharning oldingi yuzasi yassiroq, orqa yuzasi esa qavariqroqdir. Gazharning xususiy mod-dasi
(substantia lentis) gavhar tolalaridan tuzilgan (fibra lentis) Bu tolalar olti qirrali prizmalar
shaklida bo’lib, ular-:ning uchi kolbasimon shishgan bo’ladi. Gavharda yumshoqroq po’stloq va
qattiqroq markaziy modda yoki gavhar «yadrosi» tafo-vut qilinadi. Po’stloq ham,
markaziy
modda ham tolalardan tu-zilgan. Gavhar markaziy tolalari yadro tutmaydi. Ular qirrala-ri notekis
va gavhar o’qi atrofida tartibli joylashgan bo’ladi. Oraliq tolalar bilan birgalikda ular gavharning
zich «yadrosi-ni» hosil qiladi. Gavharning ko’pchilik qismi asosiy perife-rik tolalardan tuzilgan.
Asosiy tolalar silliq bo’lib, yadro tutadi. Gavhar tolalarining tcitoplazmasi asosan kristallin deb
ataluvchi tiniq moddadan tuzilgan. Gavhar tolalari maxsus modda yordamida bir-biri bilan
birikadi. Gavhar tolalari ra-dial plastinka tarzida joylashib, ularning miqdori ikki ming-dan
ortadi. Gavhar sirtdan kapsula yoki xaltacha bilan o’ralgan.) Bu xaltachaning devori tiniq
moddadan iborat bo’lib, o’ta elastiklikka ega. Oldingi qismda
xaltacha devori qalinroq va
mustahkamroq, orqa qismida esa yupqaroqdir. Gavharning oldin-gi qismida xaltachaga bir qavat
kubsimon hujayralardan iborat epiteliy (epithelium lentis) yopishib, u xaltani gavhar tolala-ridan
ajratib turadi. Ekvatorga yaqinlashgan sari epiteliy hu-jayralari balandlashib boradi va ekvatorga
etgach uzun gavhar tolalariga aylanadi. Ushbu sohada hamma vaqt mitoz yo’li bilan
bo’llnayotgan hujayralar uchraydi. Demak, gavhar tolalari uzu-nasiga cho’zilgan epiteliy
hujayralaridir. Gavharni tutib turuvchi apparat gomogen, zich, cho’zilmaydigan tolalardan tuzil-
tan kiprikli tana belbog’i (zonula ciliaris) yoki TCinn bog’la-midan iboratdir. Bu belbog’
tolalarining tutamlari ekvator so-hasida gavhar xaltasining orqa yuzasiga yopishadi.
Gavhar ko’zning dioptrik va akkomodatcion sistemalariga ki-(rib, uning nur sindirish
ko’rsatkichi 1,42 ga tengdir. Gavhar qa-•variqligi tez o’zgarishi mumkinligidan uning
funktciyasi ko’zning ;aniq tasvir hosil qilishdagi akkomodatciyasidan iborat. YAqin-.dagi
jismlarga qaralganda gavhar yuzalarining egriligi ortib
u
qalinlashadi. Gavhar qalinlashishi bilan
uning qavariqligi ortadi va natijada
uning fokus masofasi qisqarib, ko’z yaqini-da joylashgan
jismlarning aniq tasvirlari?sh hosil qiladi. Uzoqdagi jismlarga qaralganda gavhar yana
yassilashib o’zining
dastlabki qavariqligini tiklaydi. Gavharning yassilanish mexa-nizmi yuqorida ko’rsatib
o’tilganidek, tciliar yoki akkomodatcion mushaklar tonusining o’zgarishi bilan amalga oshadi.
Ba’zi bir kasalliklarda gavharda modda almashinuv buzilishi tufayli u xiralashadi. Bu holat
katarakta deyilib, xiralashgan gavharni olib tashlab, o’rniga sun’iy gavhar qo’yish
usuli bilan
davola-
nadi.
SHishasimon tana (corpus vitreum). SHishasimon tana tiniq diril-doq moddadan (humor vitreus)
iborat bo’lib, ko’z olmasining gavhar va to’r parda orasidagi bo’shlig’ini to’ldirib turadi.
Fiksatciya qilingan preparatlarda unda turli yo’nalishdagi tolalar yotadi. Tana sirtida bu tolalar
198
zichroq yotib, yupqa pardani hosil qiladi. Bu parda to’r parda tciliar qismining shishasimon
pardasi bilan zich bog’langan. SHishasimon tanada to’r parda so’rg’ichidan («ko’r» dog’) ko’z
gavharining orqa yuzasigacha cho’zilgan kanal (canalis hyaloideus) yotadi. Bu ko’zning
embrional tomir sistemasining qoldig’idir. SHishasimon tanada max-sus vitrein oqsili va
gialuron kislotasi bo’ladi.
SHishasimon tana dioptrik sistemaga, ya’ni ko’zning nur sin-diruvchi muhiti qatoriga kiradi.
Uning nur sindirish ko’rsatki-chi 1,33 ga tengdi-r. Bundan tashqari, u to’r parda modda almashi-
nuvida ishtirok etadi. SHunday qilib, yorug’lik nurlari to’r pardaning fotoretceptor neyronlariga
etguncha muguz parda, gavhar, shishasimon tana va to’r pardalardan o’tishi kerakdir. YOrug’lik
kuchining o’zgarishi ko’zning barcha sistemalarida, xususan to’r pardada moslashuv jarayonlari
(adaptatciya) sodir bo’lishiga olib keladi. Ko’zga kuchli yorug’lik
tushganda melanin pigment
hujay-ralarining
o’simtalariga o’tib, tayoqchalarni qoplaydi. Bir payt-ning o’zida
tayoqchalarning cho’zilishi, kolbachalarning esa qisqa-rishi kuzatiladi. Natijada kolbachalarga
yorug’lik ko’proq tushib, ko’z yorug’likka moslashadi. Qorong’iga moslashuvda esa, aksincha,
melanin o’simtalardan pigmentotcitlar tanasiga suri-ladi. Bunda kolbachalar cho’ziladi,
tayoqchalar esa qisqarib, ko’z g’ira-shira ko’rishga moslashadi. Pigment hujayralarining fao-
liyati gipofizning melanotropin gormoni yordamida boshqtcrila-di. Moslashuv jarayonlarida
vitamin A (retinol )muhim ahami-yatga ega bo’lib, u maxsus
oqsil yordamida pigment
hujayralariga etkaziladi. Bu hujayralar o’z navbatida fotoretceptor neyron-larni retinol bilan
ta’minlaydi. Retinol ko’rish qimizi - rodopsin sintezida ishtirok etadi. Fotoretceptor
neyronlarning disklari va yarim disklari doimo yangilanib turadi. Urta hisob-da 1 kunda 80 disk
emirilib, o’rniga yangisi hosil bo’ladi. Emi-rilgan disklar pigment hujayralari tomonidan
fagotcitoz qi-
linadi.
Qo’zning qon bilan ta’minlanishi. Ko’zga keluvchi qon tomir-lar ko’z arteriyasidan boshlanadi.
Bu tomir ko’z nervining ko’zdan chiqish joyidagina bir biri bilan anastomoz hosil qiluvchi va
ungacha o’zaro bog’liq bo’lmagan 2 ta alohida to-mir guruhiga bo’linadi. Birinchi guruh tomirlar
markaziy vena va arteriyalar hamda ularning tarmoqlaridan iborat bo’lgan to’r
parda qon tomir sistemasini hosil qiladi. Bu tomirlar to’r par-dani va qisman ko’ruv nervini qon
bilan ta’min etadi. Ikkinchi guruh tomirlar esa tomirli qavat, kiprikli tana, yoy parda va sklerani
oziqlantiruvchi tciliar tomirlar sistemasidan iborat.
Limfa tomirlari, faqatgina ko’zning
kon’yunktiva yuzasida bo’-lib, boshqa qismlarda bu tomir topilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: