Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


KO’RISH A’ZOSI (ORGANUM VISUS)



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

KO’RISH A’ZOSI (ORGANUM VISUS) 
Ko’zlar (oculi) juft organ bo’lib, ko’rish analizatorining periferik qismini tashkil qiladi. 


186 
Ko’rish organi ko’z olmasi ( buebus oculi ) va yordamchi appa< ratlar - ko’z mushaklari, qovoq 
va yosh bezlaridan tashkil top-gan. 
Ko’z olmasining qobig’i uch qavatdan iborat (114-rasm): 
1. Tashqi yoki fibroz g arda - tunica fibrosa bulbi. 
2. O’rta yoki tomirli parda -tunica vasculosa bulbi. 
3. Ichki yoki to’r parda - tunica inierna bulbi seu retina. 
Tashqi parda 
ko’z olmasining zich himoya qobig’ini hosil qiladi-U orqa, tinyaq bo’lmagan 
qism-oqsil parda (sclera) va oldingi ti-niq qism - muguz parda (cornea) dan iborag. Tashqi 
pardadan so’ng qontomirlarga boy 
o’rgpa parda 
joylashgan. Bu pardada: xususie tomirli parda 
(tunica chorioidea). kiprikli tana (corpu ciliare) va yoy parda (iris) farq qilinadi. 
Kiprikli tanaba, 
o’z navbatida, quyidagilar farq qilinadi: kiprikli tana mushagidan iborat tashqi 
bo’lim va ko’z gav- 
114- rasm. Ko’z burchagi. 
1 - muguz parda; 2 - ko’z olmasining oldingi kamerasi: 3 - rangdor qavat; 4 - k?z of
1

8
"
1
" «ing 
orqa kamerasn; 5 - kuz gavqari; 6 - kiprikli belbor (TCinn boylami);; 7 - shiiasimon tana; 9 - 
tojsimon boylach; 10 - kipriksimon tana; a - kiprikli tananing o’simtasi, o ii»>. rikli tana 
mushagi; U - oqsil parda (sklera): 12 - qon tomirli qavat; 13 - to’r parda 
(V.G. Elnseevdan). 
harini o’rab turuvchi kiprikli o’simtalardan tuzilgan ichki b o’ l i m. 
Qiprikli tanadan oldinga qarab yoy parda chiqadi. YOy pardaning markazidagi «teshik»ni ko’z 
qorachig’i (pipilla) deyiladi. 
Tomirli pardaga ichki tomondan 
pgo’r parda 
birikib turadi. Bu parda ko’zning orqa qismida 
ayniqsa kuchli taraqqiy etib, nur sezish qobiliyatiga ega. To’r pardaning bu qismi ko’ruvch i yoki 
optik 
qis^(rage optica retinae) deb ataladi. To’r parda ancha qalin (05, mm atrofida). To’r pardaning 
oldingi qismi kipriksimon tana yaqinida juda yupqalashadi (0,15 mm gacha) va ikki qavatli 


187 
kubsimon epite-liydan tuzilgan yupqa pardaga aylanadi. Bu qism to’r pardaning «k o’ r» q i s m i 
(pars caecae retinae) deb nomlanadi. «Ko’r» qism o’z navbatida kipriksimon tanani va yoy 
pardaning orqa yuzasini qoplov-chi bo’limga ajratiladi. To’r parda optik qismining «ko’r» 
qismiga o’tish chegarasi arrasimon, notekis bo’ladi. 
Ko’z olmasining ichi bo’shliqdan iborat. Bo’shliqning orqa qismi tiniq yopishqoq massa - 
shishasimon tana (corpus vitreumj bilan to’lgan. SHishasimon tananing oldingi botiq yuzasidan 
ikki yoqlama qavariq tana - ko’z gavhari (lens) yotadi. 
Ko’z gavhari bilan muguz parda orasidagi ko’z olmasi bo’shli-g’ining oldingi qismi suyuq 
modda ( humor aquaes ) -kamera su-yuqlig’i bilan to’lgan bo’ladi. Ko’z olmasining bo’shlig’i 
yoy parda yordamida oldingi bo’lim - ko’zning oldingi kamerasi-ga va orqa bo’lim - ko’zning 
orqa kamerasiga bo’li-nadi. Ko’z olmasidan, aniqrog’i, to’r pardasidan ko’ruv nervi (n. opticus) 
chiqadi. 
Ko’z olmasida faoliyati jihatidan farq qiluBchi 4 sistema mavjud: 
X.Dioptrik yoki nur sindiruzchi sistema 
- ko’zga tushadigan nurlarni sezuvchi sistemaga etkazib 
beradi. Bu jarayonda muguz. parda, ko’z olmasining suyuqligi, ko’z gavhari va shishasimon tana 
ishtirok etadi. 
2. 
Akkomodatcion yoki moslovchi sistema 
- ko’zga tushadigan tasvirlarni juda yaqqol ravishda 
sezuvchi sistemaga etkazadi. Bu sistema ko’zning uzoq yoki yaqin masofalardagi tasvirlarni yaq-
qol qabul qilishida eng asosiy rolni o’ynaydi. Akkomodatciya ja-rayonida kiprikli tana, yoy 
parda, uning hosilasi bo’lgan ko’z qo-rachig’i va ko’z gavhari ishtirok etadi. 
3. 
Sezuvchi yoki retceptor sistema 
- to’r pardada joylashgan fotoretceptor va pigment 
hujayralardan tashkil topgan. 
4. 
Tayanch, trofik, himoya va harakat sistemasi 
- tashqi fib-roz tomirli qavatlar, ko’z mushaklari 
va bezlardan iborat. 
Ko’z taraqqiyoti. Ko’z uch manbadan: oraliq miya devorining bo’rtmasi, ektodermaning teriga 
oid varag’i va mezenximadan ho-sil bo’ladi. Ko’z kurtaklari embrion taraqqiyotining 3-haftasida 
oldingi miya pufagi yon devorining pastki qismidan ikkita bo’rt-ma shaklida paydo bo’ladi. Bu 
bo’rtmalar ko’z pufaklari deb ata-lib, dastlab oraliq miya bo’shlig’i bilan tutashib turadi. Keyin-
chalik, ko’z pufakchalarini oraliq miya bilan tutashtiruvchi qism torayib, ingichka kanalga 
aylanadi va ko’z pufagining oyoqchasini: tashkil etadi. 
Ko’z pufakchalari paydo bo’lishi bilan ayni bir vaqtda ko’z: pufagi sirtiga yondoshgan 
ektodermada murakkab jarayonlar so-dir bo’lib, ko’z gavharining hosil bo’lishiga olib keladi. 
Ekto-dermaning bu qismida hujayralar ko’paya boshlaydi va natijada-ektoderma qalinlashib, 
ko’z gavhari kurtagini hosil qiladi. Bu 
kurtak asta-sekin kattalashib ektodermal cho’ntak shaklida ko’z pufagiga botib kirib, uning 
devorini ikki qavatdan iborat qadahsimon tuzilmaga aylantiradi. 
Ko’z gavhari cho’ntagining tashqi tomoni qo’shilib gavhar pu-fakchasiga aylanadi va bu 
pufakcha ektodermadan ajraladi. Ko’z pufagining devoridan hosil bo’lgan qadahsimon 
tuzilmaning ich-ki yuzasi bilan gavhar orasiga mezenxima o’sib kiradi. 
Qadahsimon tuzilmaning ichki varag’idan to’r parda, tashqi varag’idan esa pigmentli epiteliy 
deb ataluvchi to’r pardaning yuza epiteliysi vujudga keladi. Ichki varaq neyroblastlari ta-
komillanib, ulardan tayoqcha va kolbachalar shaklidagi fotore-tceptor hujayralar va to’r 
pardaning boshqa neyronlari hosil bo’ladi. Ko’z qadahining oyoqchasiga to’r pardadan nerv 
tolalari o’sib kirishi natijasida u ko’rish nerviga aylanadi. 
Ektodermadan ajralib chiqqan gavhar pufakchasi sirtdan kapsula bilan o’ralgan. Dastlab 
pufakcha devori prizmatik epi-teliydan tuzilib, bo’shlig’i suyuqliq bilan to’lgan. Qeyinchalik, 
oldingi devorning hujayralari bir oz yassilashib gavharning kubsimon epiteliysiga aylanadi, orqa 
devor hujayralari esa cho’zilib, gavhar prizmalari yoki tolalariga aylanadi. 
Gavharning keyingi o’sishi uning ekvatoridagi hujayralari ko’payishi hisobiga yuz beradi. 
Dastlab, hosil bo’lgan gavhar to-lalari gavhar pufakchasi ichiga do’mboqcha shaklida bo’rtib 
chiqib, gavhar yadrosini hosil qiladi. YAdroga esa gavhar ekvatorida ho-sil bo’ladigan yangidan-
yangi tolalar qat-qat bo’lib tiklanadi. Gavhar tolalari uning bo’shlig’ini asta-sekin to’ldiradi va 


188 
gav-har zich kompakt tanachaga aylanadi. 
Ko’z olmasining orqa bo’limidagi mezenxima shishasimon tana-ga (corpus vitreum) aylanadi. 
Ko’z olmasining qolgan pardalari (tomirli va oqsil parda) uning yuzasini qoplovchi 
mezenximadan rivojlanadi. Ko’z olmasi oldingi bo’limining mezenximasi dast-lab shu bo’lim 
bo’shlig’ini batamom to’ldirib turadi. Keyin unda ayrim mayda bo’shliqlar paido bo’ladi va 
ularning qo’shi-lishidan ko’z kamerasi hosil bo’ladi. Bu bo’shliqqa yoy parda o’sib kirib, uni 
oldingi va orqa ko’z kameralariga ajratadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish