Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

(sensoepitelial yoki epiteliosensor) 
hujayralardir. Eshituv va muvozanat organlari ichki quloq 
par-dali labirintning alohida qismlarida joylyashadi: 
1. E sh i t u v (Kortiev yoki spiral) organi pardali labirintning chig’anoq kanali (canalis 
ccchlearis) da yotadi. 
2. Muvozanat organi parda labirintning uchta ampula qirrala-ri (cristae ampullaris), bachadoncha 
va yumaloq qopchada yotuvchi eshituv dog’lari (macula utericulus et macula sacculus) da 
joylashadi. 
PARDALI LABIRINTNING CHI
G’
ANO
Q
KANALI
" i YUkrrida aytib o’tilganidek, chig’anoq keng suyak kanali bo’lib, v o’z o’qi atofida 2,5 marta 
aylanadi. Kanalning o’z o’qiga qaragan atashqJLcA£
v
°R D
e

aTaj
" ' di. Bu suyak chig’anoqda chig’anoqning pardali kaVDli (ductu: cc-ch 
lea r i s) joylashadi. 
CHig’anoqning pardali kanali iki joyda: 1) ichki, spiral suyak plastinkasi va spiral qirra 
joylashgan erda: 2) tashqi, spiral bog’lam sohasida, suyakli chig’anoqning periosti bilan tu-
tashadi. CHig’anoqning pardali kanali ko’ndalang kesmada uchbur-chak shaklida bo’ladi. Spiral 
bog’lam bilan ulangan tashqi devor uchburchakning yon katetini va bu bog’lamning qarama-
qarshi joy-lashgan spiral qirralar bilan tutashuvchi qismi uning asosini 
120- rasm. CHig’aisq. 
1 - vestibulyar narvon; 2 - chig’anoq nayi: 3 - norora nar-von; 4 -sviral bog’lam; 5 - spiral organ; 
6- suyaklispi-ral qatlam; 7 - spiral gangliy; 8 - eshituv nervi; 9 - chakka suyag’ (Rodindan). 
hosil qiladi. Spiral qirraking tubi bilan spiral bog’lamning yuqori chekkasi orasida tortilgan 
yuqori devor uchburchakning gi-potenuzasini hosil qiladi. Parda kanalining shunday joylashu-vi 


204 
tufayli chig’anoq suyak kanali ko’ndalang kesimda uch qavat bo’lib ko’rinadi (120-rasm). 
YUqori va pastki qavatlar perilim-fa saqlab, vestibulyar (yuqori) va n o g’ o r a (pastki) nar-
vonlar nomini olgan. Ular chig’anoqning cho’qqnsida o’zaro tutasha-di. Urta quloq bilan ular 
pardali yumaloq va oval darchalar '"-vdamida tutashadi. 
Nig’anoq parda kanalining turli qismlari devorining tuzilishi hur xil. Uning asosi yoki pasgki 
devoi eng murakkab tuzilishiga ega bo’lib, unda chiganoq bo’ylab cho’zilgan eshituv organi 
(organum spirale) joylashadi. Bu organ Korti organi nomi bilan ham ma’lum. CHig’anoq parda 
kanali devorlarining tuzilishi. CHig’anoq par-da kanalining uchta devori - yukori, tashqi va 
pastki devorlari farq qilinadi (120-rasmga q.). 
Parda kanalining vestibulyar yoki Reysner pardasi (membrana ves-tibularis seu Reissneri) nomi 
bilan yuritiluvchi yuqori deveri, ya’ni gipotenuzasi oddiy ko’rinishga ega. U zich tolali 
biriktiruvchi to’qi- 
madan tuzilib, uning parda kanal ichiga qaragan pastki yuzasi yassi epiteliy bilan qoplangan. 
Tashqi, perilimfaga tcaragan yuzasi esa endoteliy bilan qoplanib, devori qalinlashgan suyak usti 
pardasi bi-lan zich qo’shilib ketadi. Suyak usgi pardasi bu erda chig’anoq spiral bog’lamini 
(ligamentum spirale cochleae) hosil qiladi. Uchburchakning yon katetini spiral beg’lamdan 
boshlyanuvchi hujayralar tashkil ..etadi. 
•Spiral bog’lamini qoplevchi epitgliy qalinlashib, bir necha qavat 
'Kubsimon epiteliydan tashkil topadi. Ushbu epiteliyning xarakterli xususiyati shundan iboratki, 
unda qon tomirlar bo’ladi. SHu sababli mazkur qalinlashgan epiteliy tomirli tasma (stria 
vascularis) deb yuritiladi. Undagi tomirlar parda kanali ichidagi endolimfani xr- 
ch£il qilishda ishtirok etadi. 
Spiral suyak plastinka sehasida ham suyak usti pardasi qalinla-1lib, spiral bo’rtma yoki limbni 
(limbus spiralis) hosil qiladi. Spi-ral limbning yuqori yuzasi sekretciya qilish qobiliyatiga ega 
bo’lgan yassi epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Limb ikkita, yuqorigi, vestibulyar lab (labium 
vestibularis) va pastki nogora lablarni (labium thympanicum) hosil qiladi. Bu lablar orasida 
spiral egat (sulcus spiralis) joylashgan bo’lib, u bir necha qator yassi hujayralar bilan qoplangan. 
Bu hujayralar asta-sekin ichki tayanch hujayralariga davom etib ketadi. Pastki labning 
chekkasida teshiklar joylashadi. Bu te-shiklar orqali siiral organning nerv tolalari sezuv 
hujayralariga tomon yo’naladi. 
CHig’anoq parda kanalining pastki devori spiral bog’lamdan to spiral limbgacha tortilgan 
bazilyar plastinka ( lamina basila-laris) shaklida cho’ziladi. Bazilyar plastinka asosida ingich-ka 
(30 nm) kollagen tolalar yoki eshituv torlari yotadi. Eshituv torlari spiral limbning timpanal labi 
va spiral bog’lam ora-sida tortilgan bo’lib, ularning uzunligi chig’anoq kanali uchida 500 mkm, 
asosida esa 100 mkm atrofida bo’ladi. Bazilyar plas-tinka ostidan, ya’ni nog’ora narvon 
tomondan yupqa biriktiruvchi to’qima qatlami bilan qoplangan bo’lib, uning hujayralari epiteliy 
singari bir qator joylashadi va shu sababli epiteliy-simon hujayralar deb ataladi. Bazilyar 
plastinka ustida eshi-tuv organi (spiral yoki Korti organi) yotadi (121-rasm). Spiral organ ikki xil 
hujayralardan tuzilgan: ularning bir xili t a ya n ch, ikkinchi xili esa e sh i t u v (retceptor yoki 
sensor) vazi-fasini bajaradi. 
Eshituv organining tuzilishi. Tayanch va eshituv hujayralari ichki va tashqi hujayralar 
guruhlariga bo’linadi. Bu guruhlar orasida che-gara bo’lib, uchburchak shaklga ega bo’lgan 
tunnel hisoblanadi. Tunnel-dan parda kanalning yon yoki tashqi devoriga qarab joylashgan 
hujay-ralar tashqi, spiral limb tomonga yo’nalganlari esa ichk i hujayralar deb ataladi. Barcha 
tayanch hujayralar o’zlarining asoslari bilan bazilyar plastinkaga tegib yotadi. Ularning quyidagi 
turlari farqlanadi: 1) ichki va tashqi ustun hujayralari (epithelio-cyti pilaris interni et externi); 2) 
tashqi falangali yoki Deyters hujay-ralari (epitheliocyti phalangei externi); 3) tashqi 
chegaralovchi yoki Gen- 


205 
121- rasm. Eshituv (spnral yoki Kortp) organi. Gematoksilin- ezzin bnlan bo’yalgan. 
Ob. 20, ok. 1 0. 
1 - ichki tukli hujayralar: 2 - ichki tayanch hujayralar; 3 - ichkn ustun 'xujayra; 4-» 
tunnel; 5 - tashqi ustun hujayra; 6 - tashqi tayanch xujayra; 7 - tashqi tukli hujayra; 
8 - bazilyar plastinka; 9 - qoplama parda. 
zen hujayralari (epitheliocyti limitantes externi); 4) tashqi ushlab turuvchi yoki Klaudius 
hujayralari (epitheliocyti sustentantes externi); 5) ichki falangali hujayralari (epitheliocyti 
phalangei interni). 
Eshituv hujayralari esa tashqi (epitheliocyti sensori pillosi externi 'va ichki (epitheliocyti sensori 
pillosi interni) tukli sezuvchi hujayralar ga bo’linadi. Bu hujayralarning asoslari bazilyar 
plastinkaga tegmay tayanch hujayralarning ustida yotadi. 
Ustun hujayralar bazilyar plastinkada ikki qator bo’lib yotadi va ular asosiy tayanch hujayralar 
hisoblanadi. Eng chekkada yotuvchi hujayralar 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish