201
yog’ bezlari ochiladi. YOg’ bezlaridan chuqurroqda oltingugurtga
boy sekret ishlovchi bezlar
(glandulae ceruminosa ) joylashadi. Bu bezlar o’zgargan ter bezlari bo’-lib, oltingugurt tutgan
quloq sarig’ini ishlab chiqaradi. Quloq sarig’i esa o’z tarkibida yog’lar va oltingugurt saqlovchi
va eshi-tuv nayini ho’llab turuvchi sarg’imtir suyuqlikdir.
Quloq suprasi teri bilan qoplangan elastik tog’ayli yuqa plastinkadan iborat. Ko’p qavatli yassi
epiteliy yuzasida oz miqdorda ingichka tuklar mavjud. Supra terisida yog’ bezlari-ning chiqaruv
yo’llari va kam miqdorda ter bezlari uchraydi.
URTA QULOQ
Urta quloq nog’ora bo’shliq, eshituv suyakchalari va eshituv naychasidan iborat (119-rasm ga q).
Urta quloq bo’shlig’i - n o g’ o-ra bo’shliq chakka suyagida joylashib, ichi havo bilan to’lgan.
Uning devori, eshituv suyakchalari va nog’ora pardaning ichki
yuza-si shilliq parda bilan
qoplangan. Bu parda periost bilan zich birlashib ketgan yupqa biriktiruvchi to’qima qatlamidan
va bir qavat kubsimon yoki tcilindrsimon epiteliydan tuzilgan. Nog’o-ra bo’shliqning medial
devorida 2 ta teshik yoki» «darcha» bor. Birinchisi oval «darcha» bo’lib, unga uzangi
suyakchasining asosi porshen’ shaklida kirib turadi. Bu darcha nog’ora bo’shliqni chi-
g’anoqning dahliz (vestibulyar) narvonidan ajratadi. Ikkinchi-si aylana darcha bo’lib, u tolali
parda bilan yopilgan. Bu darcha nog’ora bo’shliqni nog’ora narvondan ajratadi.
Epiteliy ba’zi joylarda (nog’ora parda chekkasida, Evstaxiy naychasi teshigi og’zida) hilpillovchi
hujayralardan iborat. SHilliq pardada odatda bezlar kuzatilmaydi.
Urta quloqdan burun-halqum
bo’shlig’iga diametri 1-2 mm bo’lgan eshituv n a y ch a s i ( tuba auditiva seu Eustachi)
yo’naladi. Bu suyak-to-g’ayli naycha bo’lib, suyak qismining shilliq pardasi tuzilishi bo’yicha
nog’ora bo’shlig’ining shilliq pardasiga o’xshash va ko’p qa-torli hilpillovchi epiteliy bilan
qoplangan. Tog’ay qismida shilliq osti pardasi ham farq qilinadi. Epiteliy ko’p qatorli
hilpillovchi bo’lib, unda qadahsimon hujayralar uchraydi. Lim-fotcitlarga boy xususiy pardada
shilliq bezlar joylashgan. Ev-staxiy naychasi devorining tog’ayi o’ziga xos tuzilishga ega bo’-lib,
gialin, elastik va tolali tog’aylarning aralash manzarasi-ni hosil qiladi. Naycha orqali nog’ora
bo’shliqdagi havoning bosimi muayyan darajada saqlanishi ta’minlanadi. Naychaning
xalqumga qaragan teshigi oldida shilliq parda limfoid fol-likullarga boy bo’lib,
nay murtagini
hosil qiladi.
Urta quloqda uchta eshituv suyakchalari- bolg’acha, san-doncha va uzangicha bor. Bu suyaklar
sistemasi bolg’achaning sopi yordamida nog’ora pardaga tutashadi, uzangicha esa ichki
quloqning oval darchasiga kirib turadi. SHu tufayli nog’ora pardaning
teb-ranishi ichki quloq
suyuqlig’iga uzatiladi.
ichki
QULOQ
Ichki quloq chekka suyagining tag qismida joylashgan suyak labirintini hosil ^luvchii suyak
bo’shliqlari sistemasidan ibo-rat (119-rasm ga q.). Bu suyak labirinti ichida parda labirinti
joylashib, suyak labirint devoridan
Do'stlaringiz bilan baham: