142
Suyak to`qimasining mezenximadan rivojlanishi
(bevosita osteogistogenez). Bu usul
asosan
yassi suyaklar, jumladan, kalla suyaklari uchun xosdir. Bo`lajak suyak o`rnida
mezenxima hujayralari ko`paya boshlaydi va osteogen orolchalar hosil bo`ladi (88-rasm).
88-rasm. Suyakning mezenximadan rivojlanishi. Gematoksi1in-eozin bilan bo`yalgan.
0b. 20, ok. 10.
1 - mezenxima hujayralari; 2 - qon tomirlar; 3 - suyak to`sinlari yoki orolchalari; 4 - os-
teotsit: 5 - osteoblast.
Hujayralar orasida kollagen tolalar hosil bo`ladi va bu tolalar hujayralarni bir-biridan
uzoqlashtiradi.
Bunday hujayralarni
preosteoblastlar
deb hisoblash mumkin. Ular kollagen
tolalardan tashqari glikozaminoglikanlar ham hosil qiladi. Natijada, hujayra oraliq moddasi
oksifil bo`ladi. Preosteoblastlar
osteoblast
hujayralariga aylanib, yana ko`poq
hujayralararo
modda ishlab chiqara boshlaydi. Bu davrni
osteoid davr
deb ham yuritiladi. Shu davrga kelib
osteoblast hujayralari hujayralararo modda bilan o`ralib, ko`payish qobiliyatini yo`qotadi va
osteotsit hujayralariga aylanadi. Ammo chekka joylashgan hujayralar yangi osteoblastlarga ayla-
nishini davom ettiradi. Hosil bo`lgan hujayralararo modda (osseomukoid) asosan
glikozaminoglikanlardan va kollagendan tuzilgan. Mineral tuzlar bu yerda yo`q,
chunki
osseomukoid kaltsiy tuzlarining kollagen tolalariga o`tishiga yo`l qo`ymaydi.
Taraqqiyotining keyingi bosqichida
(mineralizatsiya yoki kaltsifikatsiya davrida)
to`qimada ko`p miqdorda ishqoriy fosfataza fermenti to`planadi. U organik fosfatlarni, asosan,
glitserofosfatni karbonsuv va fosfat kislotagacha parchalaydi va mineral tuzlarning cho`kishiga
yo`l ochadi. Shu bilan birga hujayralararo moddada depolimerizatsiya, ya’ni osseomukoid
moddasining parchalanishi va erib ketishi kuzatiladi. Shu vaqtdan
boshlab hujayralararo
moddaning organik qismi faqat kollagendan tashkil topadi. Fosfat kislota kaltsiy tuzlari bilan
birikib kaltsiy fosfat tuzlarini hosil qiladi. Bu tuzlar dastavval amorf {Ca
3
(PO
4
)
2
] shaklida bo`lib,
keyinchalik ular gidroksiapatit [Ca
10
(PO
4
)
6
(OH)
2
] kristallarini hosil qiladi. Dastlab hosil bo`lgan
suyak to`qimasi noaniq tuzilishga ega bo`ladi va ko`p miqdorda dag`al kollagen tolalar va
tartibsiz joylashgan gid-roksiapatit kristallaridan iborat bo`ladi. Shunday yo`l bilan dastlabki
dag`al tolali suyak to`qimasi hosil bo`ladi. Bu asta-sekin plastinkasimon suyak to`qimasiga
aylanadi. Mezenxima hujayralaridan hosil bo`lgan osteoklast hujayralari hujayralararo moddani
yemiraboshlaydi va dag`al tolali suyak to`qimasiga qon tomirlar o`sib kiradi.
Yangi suyak
plastinkalari qon tomirlar atrofida hosil bo`la boshlaydi. Ossein tolalar tartibli joylashib, ular
ustida yangi osteoblast hujayralari hosil bo`ladi va yangi suyak plastinkasi rivojlanadi. Shu yo`l
bilan suyak osteonlari hosil bo`ladi. Tashqi general plastinkalar qavatn esa, suyak usti pardasi
osteoblast hujayralari hisobiga hosi.ch bo`ladp. Natijada, suyak eniga o`sa boshlaydi. Suyak usti
pardasi va endost atrofdagi biriktiruvchi to`qimadan shakllanadi. Keyinchalik
embrional davrda
143
89- rasm. Suyakning tog`ay o`rnida rivojlanishi. Gematoksilin- eosin bilan bo`yalgan.
Ob. 10, ok.10
1 - pufakchasimon o’zgargan hujayralar zonasi; 2 - tangasimon ustunchalar zonasi: 3 -
suyaklanish zonasi.
hosil bo`lgan suyak qaytadan tuziladi. Birlamchi osteonlar yemirilib, yangi osteonlar
hosil bo`ladi. Eski osteonlar o`rniga yangilari hosil bo`lishi butun umr davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: