145
SUYAK O’SISHIGA TA’SIR KURSATUVCHI OMILLAR
Suyakning normal o`sishi va rivojlanishi tashqi va ichki omil-larga bog`liq.
Shunday
omillardan biri ovqat rejimidir. Kaltsiy va fosfornnng qonda yetishmasligi suyak to`qimasining
qattiqligi va plastikligining o`zgarishlariga olib keladi. Suyak to`qi-masining va suyaklarning
tuzilishi va o`sishiga vitaminlar (C, D, A), endokrin bezlar ishlab chiqargan gormonlar katta
ta’sir ko`rsatadp. Vitamin D yetishmasligi (raxit kasalligi) suyakda kaltsiy tuzlarn kamayishiga
va suyak to`qimasining yum-shoqlanishiga olib keladi. Vitamin C yetishmasa suyaklarning
o`sishi sustlashadi va to`xtaydi. Endokrin bezlardan qalqonsimon old bezi gormoni (paratirin)
suyaklarning o`sishi va tuzilishiga kuchli ta’sir ko`rsatadi. Bu gormon ko`payganda suyaklardan
kal-tsiy
yuvilib ketib, ularning plastikligi buziladi (fibroz ostit kasalligi). Qalqonsimon bez
gormoni tireokaltsitonin esa paratiringa qarama-qarshi ta’sir ko`rsatadi. Shuningdek, suyak to`-
qimasining tuzilishi, o`sishi gipofiz, epifiz va jinsiy bezlar garmonlarining ta’siriga ham bog`liq.
Suyak to`qimasida butun umr davomida yemirilish va qayta ho-sil bo`lish jarayonlari
sodir bo`lib turadi. Eskirgan osteonlar osteoklastlar tomonidan yemiriladi va so`riladi (resorptia -
so`rilish). Ular o`rniga osteoblast hujayralari yordamida yangi osteonlar hosil bo`ladi. Suyak
to`qimasining qayta qurilib turishiga ko`p omillar, jumladan, to`qimaga ko`rsatiladigan jismoniy
bosimning o`zgarishi, to`qimaning ma’lum bir qismlarida manfiy
va musbat zaryadlangan
zonalarning bo`lishi (pyezoelektrik effekt) va boshqalar ta’sir ko`rsatadi.
SUYAKLARNING O’ZARO BIRLASHUVI
Suyaklararo bog`lanish
harakatsiz
(sindesmozlar, simfizlar, sinxondrozlar va sinostozlar)
va
erkin
harakatli bo`g`imlar shaklida bo`lishi mumkin.
Sindesmozlar - suyaklarning o`zaro zich tolali biriktiruvchi to`qima orqali birlashuvidir.
Bunda pishiq kollagen tolalar qo`shni suyaklar to`qimasiga teshib kiradi va u bilan tutashib
ketadi. Sindesmozlarga kalla suyaklarining bog`lanishi misol bo`ladi.
Si n x on d r o z l a r - suyakning tog`ay to`qimasi yordamida birlashuvidir. Bunda asosan
tolali tog`ay ishtirok etadi (umurtqalararo disklar). Har bir disk tashqi tolali fibroz halqa va
yumshoqroq bo`lgan pulpoz markazdan iborat. Pulpoz markaz yosh
bolalarda asosan gomogen
moddadan iborat. 7-8 yoshda unda kollagen tolalar va tog`ay hujayralar paydo bo`ladi. Tolalar
miqdori bola ulg`aygan sari oshib boradi va 20-23 yoshga kelib pulpoz markaz tolali tog`ay
tusini oladi. Simfizlar - suyaklarning tog`ay va biriktiruvchi to`qima orqali birlashuvi, qov
suyaklarining birlashuvi bunga misol bo`la oladi. Bunda, ikki qov suyagi o`zaro mustahkam zich
tolali biriktiruvchi to`qima yordamida birlashadi. Tog`ay to`qimasi esa faqatgina ikkala qov
suyagining yuzasida joylashadi. Chanoq suyaklaridagi bu simfiz birlashuv ayol ko`zi
yorish
vaqtida cho`zilib, homilaning tug`ilishiga imkon yaratib beradi.
Sinostozlar - ikki suyakning bir-biri bilan o`ta mustahkam birlashuvi bo`lib, bunga
chanoq suyaklarining tutashuvi misoldir.
Ajralgan (erkin harakatli) birlashuvlar yoki bo`g`imlarda suyaklarning bir-biriga tegib
turuvchi yuzalari tog`ay bilan qoplangan. Ular orasida ba’zan oraliq tog`ay meniski bo`lishi
mumkin. Bo`g`imlar kapsula bilan o`ralgan. Bo`g`imlar orasida sinovial suyuqliq bo`lib, u
harakatning erkin kechishini ta’min.laydi.
Suyaklar yuzasini qoplovchi tog`ay
bo`g`im tog`ayi
deb ataladi. Bo`g`im tog`ayida
mayda, yassilashgan xondrotsitlar joylashadi. Ularning ostida tipik xondrotsitlar izogen
gruppalar hosil qiladi. T o g` a y t o` q i m a c i n i n g suyak bilan
chegarasida ohaklangan
tog`ayni va kngi hosil bo`layotgan suyak to`qimasini ko`rish mumkin.
Bo`g`im kapsulasi tashqi fibroz qavat va ichki sinovial pardadan iborat. Tashqi qavat zich
tolali biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan. Ichki pardada esa bo`g`im bo`shlig`iga qaragan
qoplovchi qavat, uning ostida esa kollagen-elastik tolalar qavatlari farqlanadi. Ichki qoplovchi
qavat sinoviotsit hujayralaridan tashkil topadi. Bu hujayralar bir turda bo`lmay,
ular orasida
sinovial fibroblastlar, makrofaglar va kam differensiallashgan hujayralarni ko`rish mumkin.