169
102-rasm. Fater - Pachini tanachasining elektron mikrofotogrammasi. X 6000.
1 - nerv hujayrasi o’simtasi; 2- tanacha yorig’I; 3 - ichki kolbaning plastinkasimon hujayralari;
4 -hujayra yadrosi.
Ular somatik yoki vegetativ nerv sistemasidagi neyronlar neyritlarining oxirgi
apparatlari
bo`lib,
nerv
impulslarini
bevosita
ishchi
organlarga
yetkazib
beradi.
Harakatlantiruvchi tanacha nerv o`q silindrining oxirgi tolalaridan
va mushak tolasining
o`zgargan mos qismlaridan tashkil topgan (104-rasm). Miyelinli nerv oxiri mushak tolasiga yetib
kelgandan so`ng miyelin qavatini yo`qotadi, mushak sarkolemmasiga botib kiradi. Mushak
tolasida o`q silindr bir-necha mayda oxirgi tolalarga tarmoqlanadi va ko`p miqdorda
mitoxondriyalar va pufakchalar saqlovchi sinaptik qismni hosiya qiladi. Nerv tolasining mayda
tarmoqlari mushak to`qimasining sarkolemmasi bilan o`raladi. Mushak tolasining sarkolemmasi.
postsinaptik
qismni hosil qilib, u va presinaptik qism (aksolemma) orasida sinaps bo`shlig`i
(yorig`i) hosil bo`ladi. Bu bo`shliqdan ikkilamchi sinaps yoriqlari radial holatda turli tomon-ga
yo`naladi. Ikkilamchi yoriqlar postsinaptik qismning (sarkolemmaning) burmalari hisobiga hosil
bo`ladi. Nerv tolasi bo`yicha tarqalgan impuls ta’sirida sinaptik pufakchalardagi mediator
sinaptik bo`shlig`iga chiqadi va postsinaptik qismda depolyarizatsiya hosil qiladi. Nerv impulsi
ko`ndalang-targ`il mushak bo`ylab tarqalishida mushak tolasining T-sistemalari muhim o`rin
tutadi.
103- rasm. Kapsula bilam o`ralgan Meysner
tanachasi.
Odamning
barmoq
terisidan
tayyorlangan.
Kumush bilan impregnatsiya
qilingan. Ob.20. ok 10.
1 - teri epidermisi; 2 - teri dermasining
so`rg`ichli qavati; 3 - nerv oxiri kapsulasi; 4 -
gliya
xujayrasinnng yadrosi.
170
104-rasm. Harakatlantiruvchi nerv-mushak oxirining ultramikroskopik tuzilishi (sxema).
1- neyrolemmotsit sitoplazmasi; 2 -neyrolemmotsit yadrosi; 3 -neyrolemmotsit plazmolemmasi;
4- o’q silindr; 5 - aksolemma; 6 - postsinaptik membrana (sarkolemma); 7 - aksoplazma
mitoxondriyalari; 8-sinaptik yoriq; 9-mushak
tolasi mitoxondriyalari; 10 - presinaptik
pufakchalar; 11 - presinaptik membrana (aksolemma); 12 - mushak tolasi qobig`i (sarkolemma);
13 -mushak tolasining yadrosi; 14 - miofibrilla (V.G. Yeliseev va boshqalar).
Effektor nerv oxirlariga silliq mushak hujayrasida (yoki hujayralarida) tugaydigan nerv
oxirlari va sekretor nerv oxirlari ham kiradi. Sekretor nervlar bez oxirgi bo`limlaridagi sekretor
hujayralarning bazal membranasi sohasida tugaydi) (terminatio neurosecretoris)
Do'stlaringiz bilan baham: