XI BOB NERV SISTEMASI (SYSTEMA NERVOSUM) Odam nerv sistemasi juda murakkab tuzilgan bo’lib, orga-nizmdagi barcha hayotiy jarayonlarni
boshqarishni va organizm-ning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Nerv-sistemasi
endokrin sistemasi bilan chambarchas bog’lanib, yagona nerv-gumoral boshqaruv markazini
hosil qiladi.
Anatomik jihatdan nerv sistemasi shartli ravishda m a p k a-ziyva periferik qismlarga bo’linadi.
Nerv sistemasi ta’sirida organizmda kechadigan barcha fao-liyatlar funktcional sistema tarzida
ro’y beradi. Funk-tcional sistema - organizmning o’zgargan biror holatga mosla-shuvida ro’y
beradigan markaziy va periferik mexanizmtarning dinamik uyg’unlashuvidan iborat murakkab
jarayondir. Bu siste-maning o’ziga xosligi uning tarkibiga kirgan strukturalarning dinamik
o’zgaruvchanligidadir. Funktcional sistema geterogen bo’lib, uning tarkibiga turli anatomik
sistemalarga mansub bo’l-gan biror jarayonda ishtirok etuvchi elementlar kiradi.
Bajaradigan vazifasiga ko’ra nerv sistemasi somatik yoki tcerebrospinal hamda vegetativ nerv
sistemasiga bo’li-nadi. Somatik nerv sistemasi ichki organlar, tomirlar va bez-lardan tashqari,
tananing barcha qismini boshqarsa, vegetatia nerv sistemasi ichki organlar, tomirlar va bezlar
faoliyatini
boshqaradi.
Nerv sistemasi morfologik va turli funktcional xususiyat-larga ega bo’lgan neyronlar zanjiridan
iborat reflektor yoylar orqali organizmda bo’ladigan o’zgarish holatlari haqida markaz-ga (bosh
miyaga) axborot etkazib beradi va ularning aloqasini
ta’minlaydi.
Nerv sistemasining taraqqiyoti. Nerv sistemasi embrion ta-nasi dorzal qismining ektodermasidan
takomil etadi.. Ektoder-
madan nerv plastinkasi, nerv tarnovchasi va nerv (mag’iz) nayla-rining hosil bo’lishi haqida
umumiy gistologiya bo’lnmida bafurja to’xtalib o’tilgan.
Nerv plastinkasidan hali nay hosil bo’lmasdanoq, uning yuqo-ri qirralaridan ikkita lateral hujayra
tasmalari, ya’ni tu-tun chizimchalari hosil bo’ladn. Bu chizimchalardan esa umurtqa-lararo
gangliylar yuzaga keladi.
Ma’lumki nerv nayi dastavval bir qavat hujayralardan iborat. So’ngra, hujayralarning tez
bo’linishi natijasida nay devori ko’p qavatli hujayralarga ega bo’ladi. Nerv nayi bosh (kranial) va
dum (kaudal) teshiklarga ega. Embrnon taraqqiyo-tining to’rtinchi haftasining oxiriga borib,
oldin kaudal ney-roporalar, so’ng asta-sekin nerv nayining bosh tomonidagi te-shik - kranial
neyropora bekilib ketadi. Nerv nayining bosh tomonida qopsimon kengayma mavjud bo’lib, bu
tuzilma birlam-chi miya kurtagi hisoblanadi. Nerv nayining shu qismida uchta birlamchi mpya
pufaklari: prosencephslon- oldingi, mesencephalon o’rta, rhombencephalon - orqa miya pufagi
ro’yobga chiqadi. Bu pufaklar bosh miyaning kurtagi hisoblanadi. Qeyingi jarayon, ya’ni
to’rtinchi hafta davomida oldingi va orqa miya pufaklari-ning har biri bir-biridan ajralib
ketmagan 2 ta pufakchaga bo’linadi. SHunday qilib, 5 ta miya pufaklari hosil bo’ladi. Nerv
nayining qolgan qismidan esa orqa miya kurtaklari taraq-qiy etadi.
Embrion taraqqiyotiniig 6-haftasida nay devori ventral va dorzal tomonlariga nisbatan aniq
ifodalangan ko’p qavatli bo’-lib qoladi. SHu davrda nayning yon devorlarida 3 qavat hujay-ralar
yuzaga keladi. Nay devorining ichki yuzasida o’siqchalarga ega bo’lgan ependima hujayralari
qoplamasi joylashadi. Nay-ning o’rta qavati cho’zinchok, radial joylashgan hujayralardan iborat.
Bu qavat hujayralaridan markaziy nerv sistemasi kul-rang moddasining neyron va
neyrogliotcitlari differentcial-lashadi. Nayning yuza qavati o’rta qavat hujayralarining o’siq-
laridan iborat. Bu qirg’oq qavatdir. Bu qavat keyinchalik nerv sistemasining oq moddasini hosil
qiladi. Nerv nayi hujayra-larining differentciallashuvi jarayonida 2 xil hujayra - nerv
(neyroblastlar) va tayanch (glioblastlar) hujayralar yuzaga keladi.
Markaziy perv sistemasining mnya qobiqlari embriogenez-ning 2-oyida nerv kurtagi
ektodermasidan (miyaning yumshok va to’r qavatlari) hamda markaziy nerv sistemasi kurtagini
o’ra-gan mezenximadan (qattiq miya pardasi) taraqqiy etadi.