Ilm ziyo zakovat



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/212
Sana01.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#947634
TuriУчебник
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   212
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

“Inflyatsiya”
atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi 
Fuqarolar urushi davrida qo‛llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi 
qog‛oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod 
ko‛payib ketishi holatini izohlangan. Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi 
mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda 
inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy 
muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi 
to‛liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‛lishida deb bilishadi. Shu 
sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‛lsa 
byudjet taqchilligi va qo‛shimcha pul chiqarish yo‛li bilan xarid qobiliyatini
boshqacha aytganda yalpi talabni ko‛paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb 
hisoblashishadi.
Neoklassik 
yondoshuv 
tarafdorlari 
inflyatsiyaning 
manbai 
ishlab 
chiqarishning haddan ziyod o‛sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining 
ko‛payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, 
neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan 
sekinroq o‛ssa, yoki yalpi talab ko‛paygani holda o‛zgarmasdan tursa, bu 
nomutanosiblik baholar darajasining ko‛tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda 
pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‛shimcha 
pul massasiga ehtiyoji paydo bo‛ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror 
ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. 
Baholarning o‛sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari 
inflyatsiya namoyon bo‛lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1) valyuta kururslarining o‛zgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi 
tomon o‛zgarishi;
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‛sishi.
Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida 
aniqlanadi.


152 
Baholar o‛rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‛zgarishi 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish