9.6. Valyuta bozori statistikasi ma’lumot manbalari
Valyuta bozori ma’lumotlarini ichki va tashqi bozor ma’lumotlariga bo’lish
mumkin. Ichki bozor ma’lumotlari - bu O’zbekiston Respublikasi valyuta bozori
haqidagi ma’lumotlardir. Ularga valyuta operatsiyalari bilan shug’ullanuvchi
korxonalarining buxgalteriya, statistik va idoraviy hisobotlari kiradi. Masalan, barcha
korxonalar 1-shaklni topshiradilar. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki va tijorat banklari Davlat statistika qo’mitasiga hisobot davridan keyingi oyning 5-
sanasidan kechiktirmay 1-VED (valyuta) shaklini – eksport-import muomalalari bo’yicha
valyuta mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotni taqdim etadilar.
Hisobot yili boshidan o’sib boruvchi natija bo’yicha to’ldiriladi.
1 VED (valyuta) shaklidagi hisobotda eksport va import (shu jumladan, barter)
muomalalarini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutada
tushgan tushumni olish va undan foydalanish bo’yicha ma’lumotlar ming AQSh dollari
ekvivalentida qayd etiladi. 1, 2, 4, 5 va 7-ustunlarda, shuningdek, vakolatli banklarga
bevosita tushayotgan xorijiy valyutadagi tushum va undan majburiy sotuvni amalga
oshirilishi (majburiy sotuvni amalga oshirilishi ko’zda tutilmaydigan operatsiyalardan
tashqari) to’g’risidagi ma’lumotlar alohida satrlar bilan kiritiladi. Xorijiy valyutadagi
tushumning tushishi, u bo’yicha majburiy sotuvni amalga oshirilishi va valyuta
mablag’larini o’tlazilshi, agar AQSh dollarida bo’lmasa operatsiya o’tkazilishi sanasidagi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo’yicha kross-kurs orqali
235
AQSh dollariga qayta hisoblangan holda amalga oshiriladi. 1 va 2-ustunlarda ro’yxatga
olish vaqtida korxona va tashkilotlarning KTUT va STIR xos raqami ko’rsatiladi. 3-
ustunda korxonaning ta’sis hujjatlari (nizom, qoida va h.k.)da belgilangan aniq nomi
ko’rsatiladi. 4 va 5-ustunlarga korxona va tashkilotlarning tranzit hisob varaqlariga
tovarlar eksportidan va ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish eksportidan kelib tushgan
xorijiy valyutadagi tushumning tushishi to’g’risidagi ma’lumotlar kiritiladi. 6-ustunga
markazlashtirilgan eksport bo’yicha kelib tushgan tushumni korxona va tashkilotlarning
valyuta hisob varaqlaridan Markaziy bankka 100 foizlik majburiy sotuvini amalga
oshirilishi to’g’risidagi ma’lumotlar kiritiladi. 7-ustunga korxona va tashkilotlarning
valyuta hisob varaqlaridan markazlashmagan eksportidan kelib tushgan tushumni
vakolatli banklarga 50 foizlik majburiy sotuvni amalga oshirilishi to’g’risidagi
ma’lumotlar kiritiladi. 8 va 9-ustunlarda import qilingan tovarlar va bajarilgan ishlar,
ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash uchun korxona va tashkilotlarning hisob
varaqalaridan mablag’larni o’tkazilishi (shu jumladan, akkreditivlarni bajarilganidan
so’ng akkreditiv hisob varaqalaridan o’tkazilishini kiritgan holda) to’g’risidagi
ma’lumotlar ko’rsatiladi. 10-ustunda ichki valyuta bozorida erkin ayirboshlanadigan
valyutaga ayirboshlanib, korxona va tashkilotlarning maxsus hisob varaqlaridan import
qilingan tovar (bajarilgan ishlar, xizmat)lar haqini to’lash uchun o’tkazilgan mablag’lar
(shu jumladan, akkreditivlar bajarilganidan so’ng akkreditiv hisob varaqalaridan
o’tkazilishini kiritgan holda) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Xizmatlar eksporti va importi bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar (kichik
korxona va mikrofirmalardan tashqari) o’z joydagi tuman, shahar statistika bo’limiga
hisobot davridan keyingi oyning 3-sanasidan kechiktirmay 1-VED (xizmatlar) –
xizmatlar eksporti-importi to’g’risidagi hisobotni taqdim etadilar.
Valyutalarning rasmiy kurslari O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki
tomonidan e’lon qilib boriladi va barcha valyuta operatsiyalarining hisob-kitobi rasmiy
kurslar asosida amalga oshiriladi.
Boshlang’ich ma’lumotlar esa valyuta birjalaridan olinadi. Valyuta birjalarining
informatsiya xizmati o’tgan savdolar bo’yicha valyutalarning kursi, sotilgan hajmi, talab
va takliflar va boshqa ma’lumotlarni chop qilib boradi.
Valyuta bozori haqidagi ikkilamchi ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasining
Markaziy banki va Davlat statistika qo’mitasining davriy nashrlaridan olinadi.
Chet mamlakatlardagi valyuta bozori haqidagi ma’lumotlarni birja va banklar
byulletenlaridan olinadi. Masalan, birja maklerlari kompaniyasi deyarli har kuni valyuta
kurslarini chop qiladi. Davriy nashrlarda ma’lumot juda keng beriladi (“Wall Street
Journal”, “Financial Times”) Jahon valyuta operatsiyalari haqida ma’lumotlarni “Reyter”
informatsion agentligi orqali to’plash mumkin yoki har bir davlat bo’yicha to’g’ridan-
to’g’ri ma’lumot to’planadi. Masalan, Rossiya MB manzil varag’ida – http:www.sbr.ru –
chet el valyutalarini rasmiy kurslari haqida keng spektrli ma’lumotlar beriladi.
Ikkilamchi informatsiya manbai sifatida eng obro’li nashrlardan bo’lmish XVF
“International Financial Statistics” va BMT statkomissiyasining oylik va yillik
nashrlarini ko’rsatish mumkin. Ularda ma’lumotlar quyidagi bo’limlarda beriladi:
A. SDR o’rtacha (oylik,choraklik,yillik) kurslar; B. Joriy oy uchun milliy
valyutaning kunlik kotirovkalari evro va SDR kurslari; V. Miliy valyutani AQSh
dollariga nisbatan bazisli o’zgarish sur’atlari; G. Samarali valyuta kurslarining nominal
236
va real bazisli indekslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |