Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet 
tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 
qarori. T 
2. Begmatov E., Boboyeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq 
madaniyati. – Toshkent: Fan, 1983. 
3. Berdialiyev A. So’z va atamalar hosil qilishning ba’zi nazariy masalalariga 
doir // «Davlat tili haqida»gi Qonunni amalga oshirishning dolzarb muammolari» 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislari. – Navoiy, 1993, 23-bet 
4. Ibrohimov S. O’zbek tilining nutq madaniyatiga oid masalalar //«Nutq 
madaniyatiga oid masalalar» to’plami. – Toshkent
5. Internet sayti : www.kutubxona.uz. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
102


SHERMUHAMMAD MUNIS RUBOIYLARI TAHLILI 
 
Otamuratova Sadoqat Toʻlqinbek qizi 
sadoqatotamuratova@gmail.com 
UrDU 
 
Annotatsiya: 
Shermuhammad Munis ruboiylari mavzu koʻlami, qofiyalanish 
tizimi, she’riy san’atlardan unumli foydalanishi, xullas, poetik jihatdan mukammaligi 
bilan ajralib turadi. 
Tayanch soʻzlar: 
ruboiy, taronayi ruboiy, qofiya, radif, bahr, tezis, antitezis, 
sintez 
Ruboiy arabcha “toʻrtlik” degan ma’noni bildiradi. Ruboiy – toʻrt misradan 
iborat mustaqil lirik janr. Ruboiyning shakliy-poetik xususiyatlari: a) she’r hajm 
jihatdan, albatta, toʻrt misralik boʻladi; b) kompozitsiyasi tezis, antitezis, moddai 
ruboiya va sintezdan tashkil topadi; d) hazaj bahrining axram vaznida yoziladi; e) 
falsafiy, ijtimoiy, axloqiy va ishqiy mavzularda yoziladi; f) qofiyalanish tartibi ikki 
xil: a+a+a+a hamda a+a+b+a; g) qofiyalari koʻpincha radifli boʻladi. 
Oʻzbek mumtoz adabiyotimizda ruboiy janri keng tarqalgan boʻlib, Alisher 
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur bilan bir qatorda Shermuhammad Munis 
ijodidagi ruboiylarni misol qilishimiz mumkin. Munis ijodidagi ruboiylar gʻoyaviy-
badiiy yetukligi, hikmatomuzligi bilan alohida ajralib turadi. Shu bilan birga, Munis 
xalq hayoti haqida qaygʻuradigan, ularni ilm olishga chorlaydigan shoir edi. 
Munisduru ixtiyori ila xor oʻlmoq,
Kuch birla mazallatgʻa sazovor oʻlmoq. 
Ozodaliq oromgohidin ram etib, 
Har dungʻa mulozim ila yor oʻlmoq. 
Yoki quyidagi ruboiyni shoir yaqin bir doʻstiga bagʻishlab yozgan desak 
adashmagan boʻlamiz. 
Ey doʻst, tani zorim aro jonim eding, 
Iqlimi muhabbat uza sultonim eding, 
Xush kelding-u jonimda nishiman qilding, 
Xush borki, base aziz mehmonim eding. 
Munisning Navoiyga ehtiromi baland. Buni shoirning Navoiy gʻazallariga 
yozgan muxammaslarida yoki “Ustozlar e’tirofi” nomli gʻazalida kuzatishimiz 
mumkin. Shu bilan birga, shoirning quyidagi ruboiysida ham Navoiy madhiga guvoh 
boʻlamiz.
Soʻz ichra Navoiyki jahongirdurur, 
Munisgʻa maoniy yoʻlida pirdurur, 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
103


Yoʻq gʻayriyat andin oʻzgakim ayturlar: 
− Bu Shermuhammad, ul Alisherdurur
.
Shoirning ishqiy mavzuda yozgan ruboiylari ham kam emas. Masalan: 
Davri falak etti ishq aro zor meni
Davron eli ta’nasi dilafgor meni. 
Mazlumgʻa marhamat agar ersa savob, 
Mashmuli inoyat qil, ey yor, meni. 
Ruboiyning birinchi misrasi tezisda shoir isbot etilishi kerak boʻlgan fikrni 
oʻrtaga tashlagan, ya’ni ”davri falak meni ishqqa zor etti” deydi. Ikkinchi misra 
antitezisda avvlagi fikrga ziddek boʻlsa ham isbot qilishga yordam beradi, ya’ni 
”xalqning ta’nasi meni gʻamgin qildi” deydi. Uchinchi misra moddayi ruboiyda shoir 
xulosa chiqarishga tayyorlanadi, ”agar mazlumga marhamat qilish savob boʻlsa”, 
ya’ni koʻprik vazifasini bajaradi. Toʻrtinchi misra sintezda maqsad ochiq-oydin 
aytiladi, ya’ni ”ey yor, men ham mazlummman, menga ham inoyat qil” 
Guvohi boʻlganimizdek, Munis falsafiy, ijtimoiy, axloqiy va ishqiy mavzularda 
birdek ruboiylar yaratgan. Ruboiylar poetik jihatdan mukammal yaratilgan, ya’ni: 
toʻrt misradan iborat; mavzu jihatdan xilma-xil; hazaj bahrida bitilgan. Ruboiylarni 
qofiyalanish jihatdan tahlil qiladigan boʻlsak, shoir ijodida har ikki qofiya tizimini 
ham uchratishimiz mumkin. Adabiyotimizda ruboiyning a+a+b+a tarzida 
qofiyalanishi keng tarqalgan holda a+a+a+a tarzda qofiyalanishi biroz kamroq. 
Odatda, a+a+a+a tarzda qofiyalanish tizimi adabiyotimizda ”taronayi ruboiy” deb 
yuritiladi. Munis ijodida oʻnga yaqin ruboiylar aynan mana shu “taronayi ruboiy” 
shaklida qofiyalangan. Masalan: 
To koʻzni yorutti chehra ochib mohim, 
– a
 
Chun oldi koʻngulni sarv qaddi dilxohim. 
– a
 
Shomi gʻam arodur axtar afshon ashkim, 
– a
 
Toqi falak ostida sutundur ohim. 
– a
Ruboiyda qofiyaga olingan soʻzlar: ”mohim”, ”dilxohim”, ”ashkim”, ”ohim” 
ya’ni, a+a+a+a tarzida qofiyalangan. 
Shoho, fuqaroki munisi gʻamdurlar, 
– a
 
Bedordil-u koʻzlari purnamdurlar, 
– a
 
Zinhor alarni qilmagʻil ozurda, 
– b
 
Otash dam-u barhamzani olamdurlar. 
– a
Ushbu ruboiyda an’anaviy a+a+b+a tarzida qofiyalanish tizimiga guvoh 
boʻlamiz. Qofiyaga olingan soʻzlar: “gʻamdurlar”, “purnamodurlar”, “olamdurlar”. 
Bilamizki, radif she’r ma’nosini ta’kidlovchi kuchli vosita. U shoir koʻzlagan 
maqsadni – poetik gʻoyani kuchaytiradi. She’r ritmi va musiqiyligiga kuchli ta’sir 
koʻrsatadi. Ruboiylarning qofiyalari ham koʻpincha radifli boʻladi. Munis 
ruboiylarining ham deyarli barchasida radif qoʻllangan. Masalan: 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
104


Sendin ta’mayim edi sarafroz oʻlmoq, 
Abnoyi zamona ichra mumtoz oʻlmoq, 
Faryodki, hosil ayladim oxiri kor, 
Afkandayu xorliqgʻa damsoz oʻlmoq. 
Adolatsiz zamondan shikoyat tarzida yozilgan ushbu ruboiy radifi ”oʻlmoq” 
soʻzi boʻlib, qofiyaga ”sarafroz”, ”mumtoz”, ”damsoz” soʻzlari olingan. 
Shermuhammad Munis ruboiylari mavzu koʻlami, qofiyalanish tizimi, xullas, 
poetik jihatdan mukammaligi bilan ajralib turadi.

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish