―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
259
www.academiascience.uz
Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5
tashabbus doirasidagi to‘rtinchi tashabbusda ―Yoshlarni ma‘naviyatini yuksaltirish,
ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish‖ bo‘yicha tizimli ishlar tashkil
etilmoqda.Respublikamizdagi barcha jamoat tashkilotlarida, u xoh ta‘lim maskani,
xoh shifoxona yoki oshqatlanish joyi bo‘lsin mo‘jazgina kutubxonalarning tashkil
etilayotganligi ham fikrimizning yaqqol namunasidir.
Kitob o‘qigan va o‘qiganini uqqan
insondan hech qachon yomonlik, g‘araz
niyatlar, mudxish fikrlar chiqmaydi.Ilmli inson doimo ezgulikni o‘ylaydi, o‘zgalarga
yaxshilikni ulashishni istaydi.
―Mutolaa‖ so‘zi arabcha ―o‘qish‖ degan ma‘noda kelsada, bugungi kunda u
kitob o‘qishdan ko‘ra kengroq tushunchani anglatmoqda.‖Mutolaa‖ madaniyati
ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma‘lumot olishiga
yo‘naltirilgan jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida
yuz beruvchi o‘zgarishlar
majmuini ifodalovchi bilimlar, meyorlar kabi boshqa bir
manbalardir.
Prosessor E.I.Yo‘ldashev ―O‘qish madaniyati‖ tushunchasiga shunday ta‘rif
beradi: ―O‘qish madaniyati – juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, kitobga qiziqish
va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi
maxsus bilimlarga ega bo‘lishni, shuningdek kitobdan to‘la
ravishda foydalanishga
yordam beruvchi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Yosh avlodga zamonaviy ta‘lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy
qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy,
ma‘naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish davlatimizning doimiy
diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Mustaqil O‘zbekistonnig kelajagi ko‘p jihatdan barkamol,salohiyatli
avlodni
tarbiyalashga bog‘liq. Shunga ko‘ra, davlatimiz va jamiyatimiz uchun xizmat
qiladigan yetuk, sog‘lom, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalashdan
iboratdir.
Ma‘lumki, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq sog‘lom avlod tarbiyasi
ustuvor yo‘nalish deb belgilandi. Sog‘lom avlodni tarbiyalashda bu yuksak
umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan, ma‘naviy boy, axloqan yetuk, intelektual
rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora tadbirlarni
amalga oshirish asosiy vositalardan hisoblanadi.
Bobokalonlarimiz bolani har tomonlama uyg‘un rivojlantirishga kata e‘tibor
qaratishgan. Shu bois respublikamizda sog‘lom avlodni tarbiyalash maqsadida bola
tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarishva
unga vatanparvar , mehr –
muxabbatli , insonparvar qilib tarbiyalashni bola tug‘ilishidanoq boshlashni va uni