―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
256
www.academiascience.uz
faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Jismoniy shaxs sifatida yakka tartibda
faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning soni 300 mingdan, dehqon xo`jaliklarining
soni esa 3 milliondan oshdi. Har uchali miqdor hammutlaq miqdordir. 2002 yilda
1995 yilga nisbatan viloyatda don mahsulotlarini etishtirish 115,4 foizga o`sgan,
paxta va sabzavot etishtirish esa tegishli ravishda 85,0 va 81,1 foizgacha kamaygan.
Bunday miqdorlar statistikada nisbiy miqdorlar deb yuritiladi.
Agar so`z aholi turmush tarzi yoki turmush darajasi to`g‘risida boradigan
bo`lsa, u holda eng avvalo aholining real daromadi darajasi va uning o`zgarish
yo`nalishi nazarda tutiladi. Quyidagilar, ya`ni:
aholining umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollarning soni, yoshi,
ularning qanchasi shaharda va qanchasi qishloqda yashayotganligi;
qanchasi sanoatda, qishloq xo`jaligida, qurilishda, transport, savdo va boshqa
sohalarda ishlayotganligi;
qanchasi muhandis, agronom, shifokor, o`qituvchi, iqtisodchi, ilmiy xodim
ekanligi;
qanchasi ishchi, jamoa a`zosi, xizmatchi va ularning malakasi, ma`lumot
darajasi;
mamlakatda necha kishi o`qimoqda va boshqalar to`g‘risidagi qator mutlaq
va nisbiy miqdorlar xalq xo`jaligi istiqbolini belgilash uchun asos qilib
olinadi.
Mutlaq miqdorlar va ularning turlari.
Ifodalanishiga qarab, mutlaq miqdorlar: yakka va umumiy miqdorlarga
bo`linadi. Yakka mutlaq miqdorlar statistik kuzatish jarayonida olinib,
boshlang‘ich hisob va kuzatish hujjatlarida qayd qilinadi. Bunday miqdorlar
kuzatilayotgan to`plamning alohida birliklarini tavsiflaydi va statistik tekshirish
uchun manba bo`lib hisoblanadi. Guruhdagi har bir talaba, davlat xo`jaligidagi
ayrim ekinlar maydoni, zavoddagi har bir ishchining olayotgan ish haqi va
hokazolar yakka mutlaq miqdorlarga misol bo`la oladi. Ular svodkalash va
guruhlash uchun manbagina bo`lmasdan, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda,
ijobiy va salbiy voqealarni yoritishda keng qo`llaniladi.
Umumiy mutlaq miqdorlar deganda kuzatilayotgan to`plamning har bir
birligini emas, balki uning yig‘indisini ta`riflovchi miqdorlar tushuniladi. Ular
boshlang‘ich statistik kuzatish materiallarini svodkalash natijasida olinadi.
Bunday mutlaq miqdorlarga guruhdagi yoki institutdagi jami talabalar soni,
qishloq xo`jaligidagi hamma ekinlar maydoni, zavoddagi barcha ishchilarning
ish haqi fondi misol bo`la oladi. Umumiy mutlaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning
umumiy sonini, hajmini, qiymatini o`zida aks ettirib, muayyan olingan xo`jalik,
tarmoq, viloyat, jumhuriyat mavqeini, imkoniyatini tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |