3.XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida ilm-fan va ijod
XIX asrda va XX asrning birinchi yarmida fan va ijod, falsafa va ilmiy bilish epistemologiyasi jadal rivojlangan. Dialektika, ilmiy analiz obektning o’zgaruvchanligi, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi orqali rivojlanish, son va sifat o’zgarishlariningo’zaro o’tishi g’oyalari, dialektik inkor etishning sintez deb olinishi, o’zgaruvchi obektdan ziddiyatlarning olib tashlanishi tabiatshunoslikda va umuman fanda chinakam inqilob yasagan. Bu davrda fizikada energiyaning saqlanishi va bir turdan ikkinchi turga o’tish qonuni ( Joul, Gelmholst, Mayer), Biologiyada ( SHleyden, Shvann), kimyoda davriy qonun ( Mendeleev) kashf etildi. Ch.Darvin biologiyada turlarning tabiy kelib chiqishi nazariyasini ilgari surdi.
Ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida K.Marks, O.Kont, G.Spenser, J.St Mill va boshqa atoqli olimlar faoliyat ko’rsatgan. Ularning ilmiy bilish metodologiyasi, iqtisot nazariyasi, sotsiologiya ijtimoiy falsafa sohasidagi asarlari ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning qiyofasini batamom o’zgartirib yubordi.
4. Ilmiy izlanishning ijodiy muommolarini ishlab chiqishda Sharq olimlarining qo’shgan hissasi.
Milloddan avvalgi VI asrdan Markaziy Osiyoda zardushtiylik vujudga kelgan va u milodiy III asrgacha hukm surgan. Zardushtiylining muqaddas kitobi “Avesto”ning qadimgi bitiklarida- Yashtlarda politeizm yaqqol ko’zga tashlanadi. Avesto materiali qariyb ikki ming yil davomida yig’ilgan. Avestoda olam yer, ocean, osmon, yorug’lik sohasi jannatdan iborat deb ko’rsatilgan.
Islom dini va dunyoqarashining tarqalishi barcha sohalarda – xunarmandchilik, sanat, fan, xuquq, siyosat va madaniyatda ijodning ravnaq topishiga turtki bo’lgan. Markaziy Osiyo mutaffakirlari o’z ijodiy faoliyati bilan islom huquqi va jamiyatshunosligini rivojlantirishga katta hissa qo’shishgan. Jumladan Imom al- Buxoriy eng mukammal hadislar to’plamini yaratgan. Buning uchun u mingdan ortiq odamlar bilan suhbatlashgan. Muhammadning hayoti haqida 600 mingdan ortiq hikoyalarni yozib olgan va ular orasidan xaqqoniy deb 7300 tasini tanlab o’z Hadislariga kiritgan.
O’rta asrlar Sharq falsafasining rivojlanishiga buyuk bobokolonimiz Abu Nasr al-Farobiy katta ijodiy hissa qo’shgan. Al-Farobiy o’z davrida ma’lum fanlarni turkumlash, o’sha davrdagi ilmiy bilimlarni tizimga solishga birinchi bo’lib qo’l urgan. Falsafa muommolari Al-Farobiyning ilmiy ijodida yetakchi o’rin egallaydi. Uning fikricha inson tabiatning oliy yutug’idir. Ison o’zining aql idroki bilan o’zini qurshagan olamni mukammal bilish va ijodiy o’zlashtirishga qodirdir.
Abu Ali ibn-Sino o’rta asrlarda yashab ijod qilgan Sharqning buyuk mutaffakiri , qomusiy olimi, “Falsafa va tibbiyot hoqonidir”. Ibn Sinoning dastlabdi asarini 17 yoshida yozgan. Bu falsafiy asar “Ruhiy kuchlar haqida tadqiqot” asari hisoblanadi.
“Hindiston”
Беруний
Asar 1030-yilda yozilgan.
Maqsadi: Asar Hindiston tarixi haqida ma’lumot berish
“Hindiston” asari Hindiston xalqlari tarix turli sohalari aniq, fanlar, geografiya, etnografiya, qonun, va urf-odatlar, din haqida malumot keltirilgan.
Илимий факт
Do'stlaringiz bilan baham: |