Bajaruvchi: Muxamadiyeva Muhabbat
Buxoro sharqning kõhna shaharlaridan bõlib, u jahon sivilizatsiyasi, G'arb va Sharqning birlashtiruvchi Buyuk Ipak yõlining rivojlanishiga, shuningdek õzbek davkatchiligining shakllanishiga buyuk hissa qõshgan, asrlar davomida katta-kichik davlatlarning poytaxti bõlgan.
Rim Yevropa-G'arb sivilizatsiyasining rivojida qanchalik katta ahamiyat kasb etgan bõlsa, Sharq- Islom sivilizatsiyasi taqdirida Buxoro ham xuddi shunday vazifani õtaydi
Buxoroning vujudga kelish, shakllanishi haqida talaygina tarixiy manbalar mavjud. IX asrda Muhammad al-Mustafiy, X asrda Muhammad al-Idrisiy, Narshaxiy, Abu Ja'far Zaydi Tabariy, Mahmud Qoshg'ariy, Muhammad Ba'lamiy, Muhammad an-Nasafiy, XII arsda Muhammad ibn Nasr Kuboiy, Zufar ibn Umar, Muhammad Nishopuriy kabi yuzlab tarixchi olimlarning tarixiy, geografik, ilmiy adabiy asarlari shular jumlasidan.
“Buxoro tarixi" 943-944 yillarda (Nasr ibn Ahmad Somoniy 914-943 davrida) Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakariyo ibn Shakir an-Narshaxiy tomonidan arab tilida yozilgan bõlib, bu asar bizgacha yetib kelmagan va bugungi kunda mavjud emas. Manbashunos olim A.Rasulov tadqiqotlariga kõra "Buxoro tarixi" 1892 yil fransuz olimi Ch.Shifer, 1897 yili rus olimi N.Lixomish, 1939 yili fors tarixchisi Mudarris Rizoviy, 1957 yili ingliz olimi R.Frayler tomonidan chuqur õrganilgani, mavjud nusxalari aniqlanganligi, tatqiqot natijalari asoslanganligi va e'lon qilinganligi va bu borada ilmiy izlanishlarni davom ettirish lozimligini kõrsatdi.
Buxoro tarixining" bosh sõzida aytilganidek uni dastavval Buxoroning Narshax qishloģidan bõlgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-Narshaxiy 943-944 yillarda arab tilida yozgan. Hozirda Narshaxiyning nomi O’rta Osiyoning VIII - XII asrlar tarixiga oid deyarli barcha ilmiy tadqiqot ishlarida tilga olinadi-yu, ammo uning hayotiga oid tõliq ma'lumot keltirilmaydi. Bunga sabab, uning õz asarida ham va unga yaqin davrlarda yashagan boshqa mualliflar asarlarida ham shunday ma'lumotlarning kiritilmaganligidir. Faqat Samoniyning "Kitob ul-ansab" asarida uning tõliq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik ekanligi va u Buxoro axlidan bõlib, 286 (899) yili tuģilgan va 384 (959-960) yili vafot etganligi eslatiladi.
Asarning bizgacha yetib kelgan nusxasining bosh sõzida aytilishicha, 1128 yili asli hozirgi Quva shahridan bõlgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy Narshaxiyning kitobini "kõpchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni õqishga raģbat kõrsatmaganliklari" sababli õz dõstlarining iltimosiga binoan arabchadan fors tiliga tarjima qilgan.
,,Buxoro tarixi” asarining arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning hozirgi kungacha mavjudligi to’g’risida biror bir ma’lumot yo’q. Asarni 1128-yilda asli hozirgi Quva shahridan bo’lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al Quboviy arab tilidan o’qish qiyin bo’lganligi uchun , fors tiliga tarjima qiladi. Lekin tarjima qilish paytida keraksiz va o’qilishi qiyin bo’lgan so’zlarni tarjimadan chiqarib tashlagan va natijada asar qisqargan. 1178-1179-yillarda Muhammad ibn Zufar ibn Umar fors tilidagi tarjimani qaytadan tarjima qiladi va asar yana qisqartiriladi. Ushbu asarda 1220-yilgacha bo’lib o’tgan voqealar haqida qisqacha ma’lumotlar uchraydi. Bundan shunday xulosaga kelib chiqadiki asar bir necha marta tarjima qilingan va tarjima qilgan shaxslar tomonidan ilovalar kiritib borilgan.
"Buxoro tarixi"ning biz tanishishga muyassar bõla olganimiz barcha qõlyozma nusxalari, ular orasidagi ba'zi fikrlardan qat'iy nazar, ana shu 1220 yilgacha davom ettirilgan matnni õz ichiga oladi. Narshaxiyning va uning asarini bevosita qayta ishlab arabchadan fors tiliga tarjima qilgan Abu Nasr Ahmad va bu tarjimani qisqartirib bayon etgan Muhammad ibn Zufarlarning asl nusxalari esa xozirgacha ham manbashunoslik fani uchun noma'lumligicha qolib kelmoqda. Lekin bizgacha yetib kelgan asar nusxasining mazmuniga qaraganda, shuni aytish mumkinki, tarjimon Abu Nasr Ahmad ham, qisqartiruvchi muharrir Muhamad ibn Zufar ham õz ishlariga oddiy tarjima yoki tahrir tarzida qaragan emaslar.
Ana shu mazmundagi kõp jumlalar yana shuni kõrsatadiki, Narshaxiyning asariga qõshimchalar kiritgan kishi asosan tarjimon Abu Nasr Ahmad bõlib, Muhammad ibn Zufarning ishi, qatiy qilib ayta olmasak ham, fors tilidagi tarjimani "qisqartirib bayon qilish"dan iborat bõlgan.
Narshaxiy aslida o’z asariga qanday nom bergani ma’lum emas. Shuning uchun asar qo’lyozmalarda va ilmiy-tarixiy adabiyotlarda ,,Tarixi Narshaxiy” , ,,Tarixi Buxoro” , ,,Tahqiq ul viloyat” , Axbori Buxoro” kabi har xil nomlar bilan yuritilib kelgan.
Buxoro tarixi" ni bosh manba sifatida õrganib, undagi qimmatli ma’lumotlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish ishlari kõp vaqtlardan beri davom etib kelmoqda. Buxoroning VIII XII asrlardagi tarixidan bahs etuvchi hozirgi zamon yirik ilmiy tadqiqot ishlarining hammasida ham "Buxoro tarixi" dan olingan ma’lumotlarni uchratamiz desak, muboloģa qilmagan bõlamiz. Shu bilan barobar asarning bir, yoki bir qancha qõl yozmalari asosida tayyorlangan matni ham bir necha bor- 1892 yili CH.Sheffer tomonidan Parijda, 1904 yili mullo Sulton tomonidan Buxoroda, 1939 yili Mudarris Rizaviy tomonidan Tehronda nashr qilingan. Shuningdek, "Buxoro tarixi"ning N.Likoshin tomonidan bajarilgan izohli ruscha tarjimasi 1897 yili Toshkentda va R.Frayning izohlar ilova etilgan inglizcha tarjimasi 1954 yili Kembrijda bosilib chiqdi.
Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Kuboviy shunday deydi: "Abu Bakr Muhammad ibn Jafar an-Narshaxiy Buxoro shahari, uning xususiyat va fazilatlari shaharning õzida va qishloqlarida mavjud bõlgan qulay sharoitli va foyda yetkazuvchi narsalar, shaharga a'loqador bõlgan narsalar haqida hamda payğambar- unga õz rahmat va salomini yõllasin, - uning suhbatdoshlari, tobelari va din olimlari- ularning barchasidan olloh rozi bõlsin- tomonidan Buxoroning fazilati borasida aytilgan hadislar haqida bir kitob yozgan va uni marhum Amiri Hamid abu Muhammad Nuh ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy nomiga baģishlagan.
Bu kitob arab tilida, gõzal iboralar bilan 332 yil oylarida (4 sentabr 943-23 avgust 944) yozilgan edi. Ammo kõpchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni õqishga raģbat kõrsatmaganliklari sababli, dõstlarim mendan u kutobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qildilar. Men iltimosni qabul qildim 522 yilning jumot al avval oyida (may 1128) kitobni fors tiliga tarjima qildim. Biroq, arab tilidagi nusxada keraksiz va buning ustiga õqiganda (kishi ) tabiatiga malollik ortiradigan narsalar (haqida ham) sõzlangan ekan. U narsalarning bayoni (tarjimaga) kiritilmadi – deydii Abu Nasr Ahmad
574 yil oylarida ( 19 iyunda 1178- 17 iyun 1179) esa bandalarning kamtarini Muhammad ibn Zufar ibn Umar bu tarjimani jahon sadrlarining sadri, Hoja Imom, eng uluģ, eng izzatli, din va shariyatning dalili, Islom dini va musulmonlar qilichi, butun olam peshvolari shamshiri, shariat sultoni, Halifalik tayanchi, ikki haram imomi, kun chiqish va botish muftizi, ikki tomoni obrulik, maqtovlar va fahrlar egasi Abdulaziz ibn as-Sadr al-Imom al-Hamid Burhonuddin Abdulazizning- xudo uning ota-bobolari ruhlarini pok etsin, va bolalariga izzat va baland martaba bilan barakatli umr bersin- oliy majlisi uchun qisqartirib bayon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |