Asosiy qism:
1. Ta’limni texnologiyalashtirish sohasidagi asosiy tushunchalar va atamalar
YUNESKO tomonidan tan olingan pedagogik texnologiya oqimi 30-yillarda
AQSh da paydo bo’lgan va 70-80 yillarda barcha rivo jlangan mamlakatlarni
qamrab oldi. Ta’lim nazariyasi va amaliyotda o’quv jarayoniga texnologik
xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko’rlgan. Ular o’z ifodasini an’anaviy o’qitish uchun mo’ljallangan majmuali texnik vositalarning yaratilishida namoyon qiladi.
Hozirgi vaqtda „pedagogik texnologiya’’ ta’lim berishning texnik vositalari yoki kompyuterdan foydalanish soxasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki u ta’limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo’li va materiallarni tuzish hamda qo’llash, shuningdek qo’llanilayotgan usullarni baholash orqali ta’lim jarayoni tamoillarini aniqlash va eng ma’qul yo’llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir. Pedagogik amaliyotda yangi usul va vositalarni jadal tadbiq etilayotganini kuzatish mumkin. Biroq ba’zi ta’lim shakli va foal usullari o’rniga bo’linmas ta’limiy texnologiyalar zarur. Lekin ta’limiy texnologiya jarayonini loyihalashtirish va rejalashtirishni, faqat texnologik bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan o’qituvchi bajara olishi mumkin. Texnologik bilimlar tizimi quyidagi tashkil etuvchilardan iborat.
1 Tushunchaga oid qism-texnologiyalashtirishning murakkabroq bo’lgan toifa va qoidalarni o’rganishga oid qismi.
2. Ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismi va harakatlanuvchi tuzilma-ta’lim jarayonini bashoratlash va loyxalashtirish asosi to’g’risidagi tushuncha:
3. Ta’limiy texnologiyalarining konseptual asoslari -har qanday ta’lim texnologiyasi negiziga pedagogik va psixologik fanlar yutug’ida ifodalangan pedagogik g’oya asos bo’ladi:
4. Maqsadni belgilash- pedagogik vazifalar aniqlangan bo’lsa va o’quv faoliyatining yakuniy natijalari bir ma’noda foydalangan bo’lsa, boshlanish shartlari ma’lum bo’lsa, ta’lim jarayonini loyihalashtirish mumkin;
5. Ta’lim berish modeli-maqbul yo’l (usul va shakl)lar va vos italar yig’indisi mavjud sharoitlar va belgilangan vaqtda obyektning boshlang’ich holatini o’zgartirish bo’yicha ko’zlanayotgan natijalarga erishish kafolati.
6. Boshqaruvning yo’l va vositalar yig’indisi-bashoratlash, loyihalashtirish,
rejalashtirish, tashkillashtiri sh, nazorat va baholash, shuningdek tezkor o’zgartirish to’g’risida boshqaruv xulosasini qabul qilish maqsadida ta’lim jarayonini uzluksiz va muntazam kuzatish monitoring.
Ta’lim berishni texnologiyalashtirish asosini o’rganishni boshlashdan avval, quyidagi maslahat va tavsiyalarga e’tibor qaratishingiz zarur.
1. Texnologiyalashtirish asosida ifodalangan va bu bilan albatta tanishish zarur bo’lgan qoidalar, shu zahoti sizga tushuntirish bermaydi, faqat o’zlanayotgan
maqbul va samarali natijaga erishish uchun nima ish qilish zarurligini ko’rsatadi.
Har bir yo’l va vosita o’qituvchi-texnolog tomonidan, u intilayotgan,
yakuniy natijaga erishishga ko’rinarli qoshgan hissasi tomoni bilan baxolashi
zarur. Qoidaning maqbulligini talqin qila turib, e’tiborni nafaqat unga, uni
qo’llashni nazarda tutuvchi vaziyat yoki sharoitlarga qaratish zarur. Gap shundaki,
qoidalar odatda formula emas, boshqaruv xususiyatiga ega bo’ladi, modomiki
ularni qo’llash mumkin bo’lgan, ta’lim jarayoni sharoitida ayrim noaniqliklar bor. Bundan tashqari, avvalda shu narsani o’quv jarayoniga qo’llab, muvaffaqqiyatga erishgan o’qituvchi -amaliyotchi yoki hammaga ma’lum bo’lgan ta’lim berish texnologiyasining muallifida, shu qoidasiz umumlashtirishdagi xatoliklar tarqalgan. Mohiyat shundaki, barcha turli-tumanlikdan mavjud sharoitda va o’quv rejasida berilgan vaqtda ko’zlanayotgan natijaga erishishni kafolatli ta’minlaydigan, so’ngra esa undan shu sharoitga mos keladigan, ta’lim berish texnologiyasining -yagona majmuini loyihalashtirish mumkin bo’ladi. Endi mavzuga oid tushuncha va atamalarni qaraymiz.
― "Texnologiya" yunoncha so’zdan kelib chiqqan bo’lib, " techne"-mahorat,
san’at, malaka va “logos ” so’zi ta’limot ma’nolarini anglatadi. Bu atama ishlab chiqarish sohasidan o’zlashtirilgan.
― "Ishlab chiqarish texnologiyasi" -xomashyo, material, yarim tayyor
mahsulotlarni olish, ularni qayta tayyorlash yoki ularga ishlov berish yo’li va usullarining yig’indisi. Shunday yo’l va usullarni ishlab chiqaruvchi va
takomillashtiruvchi ilmiy fan.
― "Ta’limni texnologiyalashtirish" o’qitish jarayoniga texnologik yondashish
asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo’llari va samarali
vositalarini tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarini ochib beruvchi pedagogik
yo’nalishdir.
― "Ta’limni texnologiyasi" mavjud sharoit o’rnatilgan vaqtda belgilangan
ta’limiy m aqsad va ko’zlanayotgan natijalarga kafolatli yerishishni vositali
ta’minlovchi muloqot axborot va boshqaruvchining eng qulay va o’qitish
vositalarining tartibli yig’indisi hamda ta’limiy jarayon subyektlarining hamkoriy harakatlari.
― "Pedagogik texnolog iya" pedagogik hodisa vat ta’limni texnologiyalashtirish
sohasidagi jarayonlarda qo’llaniladigan tushuncha.
― "Ta’limiy texnologiya" ta’lim olish shakllarini maqbullashtirishni o’z
vazifalari deb qo’yuvchi yangi butun ta’lim berish jarayonini hamda texnika viy va insoniy manbalarini hisobga olgan holda bilimlarning o’zlashtirish va ularning o’zaro harakatini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli usuli (YUNESKO).
― "Pedagogik tizim"-shaxsning bor sifatlarini shaklllantirish uchun tashkiliy
maqsadga yo’naltirilgan va pedagogik ta’sir ko’rsatishni ko’zlangan, o’zaro
bog’liq vosita, usul, jarayonlarning yig’indisini ifoda qiluvchi aniq
yaxlitlikdir.(V.P Bespalko).
― "Fanni o’qitish uslubiyati" - ta’lim tizimida o’quv fanining ahamiyati va
o’rnini belgilaydi, uning vazifalari va o’qitish mazmunini aniqlaydi, o’quv fani bo’yicha qo’llanilayotgan usul, shakl va o’qitish vositalari bayonini o’z ichiga oladi. "Fanni o’qitish uslubiyati" dan “ta’lim texnologiyasi”ning (TT) farqi:
• TT "Qanday o’qitish kerak" dega savolga javob beradi? balki u o’quv
10 jarayonini qanday eng maqbul tashkil yetish kerak? degan savolga javob beradi:
• Aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma’lum natijalarga yo’nalgan aniq
pedagogik g’oyaga loyihalanadi;
• O’z natijalarini qayta ishlab chiqish bilan farqlanadi.
• Ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarga yo’naltirilgan darsning uslubiy
ishlanmalaridan farqli o’laroq, ta’lim olishda ularning o’z faoliyatlari hisobiga yutuq ta’minlanishiga yo’naltiriladi.
Uslubidan farqli o’laroq pedagog-texnologya:
• Tajriba o’tkazmaydi: u aniq belgilangan natija bilan ish olib boradi.
• Ajratilgan vaqt va mavjud sharoitlarda belgilangan maqsadlarni amalga
oshirishda gumon hosil qilmaydigan asoslangan o’qitish, modeliga tayanadi.
• U harakat qiladi, ta’limiy maqsadlar qo’yilgan va ko’zlanayotgan natijalar
shakllantirilganda, ta’lim berish jarayonining shartlari aniqlangandan so’ng harakat qilishni boshlaydi.
― “Konsepsiya”- umumiy g’oya yoki biror narsa to’g’risidagi tasavvur,
tushuncha, fikrlar tizimi.
― “KEYS-stadi” inglizcha so’zlardan kelib chiqqan bo’lib, " case"-to’plam, aniq
vaziyat, "stadi"-ta’lim ma’ nosoni anglatadi.
― “Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchilar)” fikriy jarayonlarni
ko’rgazmali taqdim eti sh vositasi.
Grafikli organayzerlarni uch guruhga bo’lish mumkin.
1. Ma’lumotlarni tartiblashtirish va tarkibiy bo’lib chiqish o’rganilayotgan
tushunchalar (hodisalar, mavzular va shu kabilar) o’rtasida aloqa va aloqadorlikni o’rnatish vositalari ["insert"-jadvali, "klaster (tutam, bog’lam)" -sxemasi ,"toifalas h"-jadvali, "konseptual" jadval ]:
2. Ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash vositalari ("Venna"
diagrammasi, "SWOT-TAHLIL” jadvali ):
3. Muammoni aniqlash, tahlil qilish va uni hal etishni rejalashtirish vositalari
("nima uchun?"-sxemasi,”baliq skleti" chizmasi , “ qanday?” diagrammasi,
"pog’ona"-tuzilmaviy -mantiqiy chizma, "piramida" -chizmasi, "Nilufar guli"-
chizmasi).
Grafikli organizatordan ma’ruza jarayonida foydalanilsa samarali natija beradi.
1.2. O’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi va mazmunli
ko’rsatgichlari O’quv fani bo’yicha ta’lim texnologyasi quyi dagilardan kelib chiqib ishlabchiqiladi .
• OO’Yda ta’limni texnologi yalashtirish qoidasi:
• Fan bo’yicha o’quv-axborot maqsadi, tuzilmasi, mazmuni va hajmi:
• DTS tomonidan belgilangan, o’quv rejasida aniqlab b erilgan vaqtda va berilgan
sharoitida ta’lim berish maqsadiga erishishni kafolatlovchi ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlashning konseptual
yondashuvlari.
Endi ta’lim texnologiyasining tuzilishi haqida to’xtaymiz.
1 Kirish. Ta’limni texnologiyasing bu qismida “Elektr va magnetizm”kursidan
ta’lim berishni texno logiyalashtirishning dolzarbligi asoslanadi, o’quv fani
bo’yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi bayon etiladi va ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim berish texnologiyasiga qisqa tavsiflar beriladi.
2 Ta’lim texnologiyasining (T T) konseptual asoslari. TT ning bu qismida
quydagilar yori tladi:
• O’quv fanining dolzarbligi maqsad va vazifalari, auditoriya soatlarining
umumiy hajmi va o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq ularning mavzulari bo’yicha taqsimoti, ish turlari:
• O’quv fanining mazmuni, o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq
o’quv fanining mavzu mazmuni bayon yetiladi;
• O’quv mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning konseptual
holatlari -ta’lim berish, muloqot, axb orot va boshqaruvning yo’li va vositalarini
tanlashning asosi bo’ladigan, ta’lim texnologiyasini loyihalash va
rejalashtirishning konseptual asoslari;
3. Ma’ruza, amaliy va seminar mashgulotlariga loyihalangan ta’lim
texnologiyasi: Har bir ta’l imiy texnologiya ta’lim texnologiyasi modeli , ta’limning texnologiya xaritasi, texnologiya xaritasiga ilovalardan iborat bo’ladi.
1. O’quv mashg’ulotlarini texnologk modeli.
Aniq fan va mavzu bo’yicha mashg’ulotning ta’lim modeli jadval ko’rinishida bo’lib unda quyidagilar ko’rsatiladi (1 jadval).
• Dastlabki ma’lumotlar: o’quv mavzusi, vaqti, talabalar soni;
• Shakl i (ma’ruza, seminar va boshq) va turi (masalan: muammoli ma’ruza va boshqalar), o’quv mashg’uloti rejasi tuzilishi, uning maqsadi, o’ quv faoliyatidan kuzatilayotgan natijalar, pedagogik vazifalar;
• Tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va o’qitish vositalari;
• Ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan guruhli shakllarda ishlashga
mo’ljallangan xonalar;
• Monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo’l va vositalari:
nazorat turi (yozma va og’zaki), nazorat shakli (tezkor-so’rov, test olish , taqdimot, o’quv topshiriqlari va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |