O`zbek san`at ustalarining urushga qo`shgan xissalari
O`zbekistonning boy ma'naviy ma'daniyati urushning birinchi kunlaridanoq fashizmga qarshi kurashga qaratildi. O`zbekiston olimlarning urush sharoitidagi izlanishlari, ilmiy tadqiqotlarning yo`nalishlari front va xalq xo`jaligi talablari va manfaatlariga moslashtirildi.
Ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirishni dastlab 1940-yilda tashkil etilgan SSSR FAning O`zbekiston filiali, keyin 1943-yil noyabrda tashkil etilgan O`zbekiston Fanlar akademiyasi amalga oshirdi. O`zFAning birinchi prezidenti qilib T.N. Qori-Niyoziy saylandi. Bu o`zbek xalqi hayotida muhim voqea bo`ldi. 1943-1945-yillarda akademiya tarkibidagi 22 ta ilmiy muassasada 818 ilmiy xodim fan olamining turli sohalarida tadqiqot ishlarini olib bordilar. Urush tufayli Moskva, Leningrad, Kiev, Minsk va boshqa shaharlardan ko`chirib kelingan olimlar O`zbekiston olimlari bilan hamkorlikda ish olib bordilar. Shu bilan respublikada ilmiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratildi. Bu davrda taniqli olimlar T.N. Qori-Niyoziy, T.A Sarimsoqov, H.M. Abdullaev, A.S. Sodiqov, S.Yu. Yunusov, As. Uklonskiy, I. Mominov va boshqalar samarali izlanishlar olib bordilar.
Urush yillarining qiyinchiliklariga qaramasdan O`zbekistonda oliy va O`rta maxsus o`quv yurtlari va maorif muassasalarining faoliyati ham to`xtab qolmadi. O`zbekistonda 29 ta oliy va 52 ta O`rta maxsus o`quv yurti ishlab turdi, ularaing soni Markazdan ko`chirib keltirilgan 31 ta oliy o`quv yurti va 7 ta harbiy akademiya hisobiga yana ortib bordi. Bu oquv yurtlarida urush yillari 11750 nafar yuqori malakali mutaxassislar va 6673 nafar kadrlar tayyorlandi. Xalq ta'limi sohasida qiyinchiliklar bo`lsa ham, o`qitish ishlari muntazam olib borildi. O`quvchilar maktabda o`qish bilan birga yaradorlarga, frontga ketganlarning oila a'zolariga, urush nogironlari oilalariga yordam berdilar.
O`zbek adabiyoti ham xalqimizning dushmanga qarshi kurash yillarida o`zining munosib hissasini qo`shdi. Oybekning «Qutlug' qon» romani, X. Olimjonning «O`lim bosqinchilarga» kabi asarlari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo`ldi. G'.G'ulom, Uyg'un, Islom shoir, Fozil Yo`ldosh, Abdulla Qaxxor, Zulfiya va boshqalar ham urush davri ruhiga monand asarlar yaratdilar. Yozuvchi va shoirlar o`z asarlari qahramonlarining obrazini bevosita frontlarda bo`lib, jang maydonlarida jon berib jon olayotgan jangchilar bilan uchrashib, birga yashab ularning qahramonliklarini o`z ko’zlari bilan ko`rib undan g'oyaviy ta'sirlanib yaratganiar.
Urush yillarida o`zbek tilida 14 ta front va 12 ta dviziya gazetasi nashr etilgan. «Front haqiqati», «Qizil askar haqiqati», «Qizil Armiya», «Dushmanga qarshi olg'a» shular jumlasidandir,
Urush yillarida o`zbek teatr san'ati ham katta hajmdagi vazifalarni bajardi. Bu davrda O`zbekistonda 36 ta mahalliy va 14 ta evakuatsiya qilingan yangi teatrlar ish boshladi. Respublikamizda 30 dan ortiq kontsert brigadalari tashkil etilib, ular harakatdagi armiya qismlari va gospitallardagi nogironlarga 26 mingta kontsert qo`yib berdi. Ayniqsa, Tamaraxonim, Xalima Nosirova, Mukarrama Turg'unboeva, Sora Eshontoraeva, Abror Xidoyatov kabi san'atkorlar ishtirokidagi kontsert va tomoshalar jangchilar, tomoshabinlar qalbiga zo`r ko`tarinkilik baxshida etgan. A. Abdullaev, U. Ahmedov, O. Tojiboev kabi rassomlar urush lavhalari, badiiy yilnomalarni yaratib, xalqimizning front va front orqasidagi fidokorona mehnatini mahorat bilan tasvirladilar.
Qisqa metrajli filmlar va 10 ta badiiy film yaratildi. Y. Azamov, K. Yormatov, N. G'aniev, S, Muxamedov kabi o`zbek rejissorlari urush yillarida kinomatografini rivojlantirdilar. Bu davrda ishlangan «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra» kabi filmlar «O`zbekfilm»ning oltin fondiga aylandi.
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlab o`tmoqchiman, ya`ni men bu mavzu bo`yicha mustaqil ish yoza turib shu narsaga e’tibor berdimki, ya`ni xalqimizning qanchalik darajada mardonavor ekanligiga yana bir bor amin bo`ldim.
Shunday ekan qanchadan-qancha ajdodlarimiz ozodlik, mustaqillik ko`risholmay, bu dunyodan ko`z yumushgan, biz ularning avlodlari ularning ozodlik uchun hattoki o`z jonlarini berganliklari hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz kerak deb hisoblayman.
Birgina Ikkinchi Jahon urushida halok bo`lganlarning nomlarini abadiylashtirish juda katta ishlar olib borildi, ya`ni prezidentimiz tashabbusi bilan 1999-yil “Xotira” maydoni barpo etildi. Bu shundan dalolat beradiki, xalqimiz hech qachon ularning ko`rsatgan jasoratlari va mardliklarini unutmasligini.
Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan ajdodlarimizning qahramonliklari, mardliklari va jasurligini o`qib turib, men aynan O`zbekistonda tug`ilganimdan va ajdodlarim shunaqangi insonlar bo`lganligidan faxrlanaman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O`zbekiston tarixi: R.X. Murtazayeva “Yangi asr avlodi”
2. O`zbekiston tarixi 10-sinf
3. Jahon tarixi: G.Hidoyatov “Sharq”
4.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: |