Ikkinchi bob


Tildan g‘arazli maqsadlarda, shaxsiy adovat yo‘lida foydalanish



Download 292,5 Kb.
bet10/21
Sana28.04.2022
Hajmi292,5 Kb.
#587390
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
kurs ishi

Tildan g‘arazli maqsadlarda, shaxsiy adovat yo‘lida foydalanish. G‘arazgo‘y – yomon niyat, g‘araz bilan so‘zlovchi, yomon niyat bilan gapiruvchi, til yordamida asosiy, salbiy maqsadini yashiruvchi demakdir:

Ey Navoiy, voqif o‘l holingg‘akim yor oldida,


Bas farovondur g‘arazg‘o‘ asru parrondur g‘araz.
So‘zning ma`noli, nutqning mazmunli bo‘lishi haqida gap ketganda, Alisher Navoiy gavhari ma`ni, gavharfishonlig‘, garmnafas, guharposh, guharrez, durfishonliq, daqoyiq, diqqatlik, kalomovar, maoniylik, mazmunlik, nuktaronlig‘, nuktataronlig‘ etmoq, g‘avs kabi so‘z va iboralardan ham foydalangan bo‘lib, ular Navoiyning so‘z qo‘llash mahoratini namoyon qiladi.


Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi:

  1. Alisher Navoiy ijobiy fazilatli, fasohatli nutqning mezonlari, haqida fikr yuritar ekan, eng avvalo, til so‘z haqida undan mohirona foydalanish usullari haqida o‘z fikrlarini bayon qilgan.

  2. Shoirning so‘z, uning ma`nolari, unda mujassam bo‘lgan tushunchalar, so‘zning kuchi, muqaddasligi haqidagi uning fikrlari, nutq madaniyati yuzasidan bildirgan mulohazalari negizini tashkil qiladi. Alisher Navoiy fasohatli nutqning lisoniy talablari haqida gap yuritar ekan, nutqning mazmundorligi, maqsadga muvofiqligi, qisqa va lo‘ndaligi, tilning lisoniy me`yorlari, nutqda til qonun – qoidalariga amal qilinishi, aniqligi, ifoda vositalariga boyligi, qo‘pol vositalardan holi bo‘lishi, vaziyatBob.ligi, xushohangligi va boshqalar haqida fikr yuritgan.



II Bob. “Hayrat ul-abror” dostoni tili leksikasining o‘ziga xosligi
2.1. “Hayrat ul-abror” asarida yozma va og‘zaki nutqning umumiy holati hamda turli sohalarga oid so‘zlarning qo‘llanilishi
Insoniyatning baxt-saodati, xalqning tinchligi, yurt obodligi, ilm-fan ravnaqi uchun o‘zini baxshida etgan Alisher Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilning asoschisi bo‘lishi bilan birga barcha turkiy xalqlar adabiyoti va tilining rivojiga ulkan hissa qo‘shganligi, shubhasizdir. Navoiy turkiy tilda go‘zal nutq tuzish va bu tilda ajoyib o‘lmas asarlar yozish mumkinligini ham amaliy, ham ilmiy jihatdan asoslab, isbotlab berdi.
Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub”, “Majolis un-nafois” kabi qator asarlari o‘zbek tilida nutqning go‘zal namunalari bo‘lib qoldi. Alisher Navoiy ijodida, ayniqsa, “Hayrat ul-abror” dostonida til va nutq, nutq odobi, nutq madaniyati va notiqlik qoidalari har tomonlama qiyomiga yetkazib bayon qilingan.
Navoiy so‘zning hashamdorligidan ko‘ra haqqoniyligini ulug‘laydi. Fikrning xalq uchun foydali va tushunarli bo‘lsin desang, sodda tilda gapir, deydi. “Hayrat ul-abror” asarida nutq odobining talablari haqida shunday fikrlar bor: “tilni, so‘zni qadrla, uni hurmat qil. Yaxshi nutq tuza olish san`atdir, noyob hunardir. Uni egallashga intilgin”.
Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri so‘zi, nutqidir. Nutq, nutq odobi bilan bog‘liq hikmatlar, maqollarda ham aks etgan.


Oshning mazasi tuz bilan,


Odamning yaxshiligi so‘z bilan.
Kishining so‘zi uning aqliy kamolotidan darak beradi. Alisher Navoiy so‘zning qudrati haqida fikr yuritar ekan, shu qadar chiroyli o‘xshatishlarni, tilning tasviriy vositalaridan foydalanganki, uning birgina “Hayrat ul-abror” asarini o‘qigan insongina so‘zning kuchli vosita ekanligini, qanchalar yuksakligini anglab yetadi.
Asarning XIV bob “so‘z ta’rifidakim” qismida:
So‘z guharig‘a erur oncha sharaf,
Kim bo‘la olmas onga gavhar-u sadaf. (17-bet).
So‘z gavharining sharafi shunchalar yuksakka, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo‘la olmaydi1.
Tengriki, insonni qilib ganji rost,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz. (18-bet).
Asarda so‘z va nutqni dengizga qiyos qiladi. Unda dur-u gavharlar behisob ekanligi, yaxshi so‘z va nutq ko‘ngillarning gavhari, og‘iz qutisidagi qimmatbaho gavhari, deb o‘xshatishlar qiladi. Til va nutq shu chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamdir, deb ta’rif beradi. So‘z va nutq insonni hayvondan ajratib, ortiq qilib ko‘rsatadi.
Alisher Navoiy o‘z ona tilining serjilo imkoniyatlarini chuqur o‘rganadi. “Hayrat ul-abror”da o‘z davrida nihoyatda rang-barang bo‘lgan shevalarning xususiyatlarini birlashtiradi, o‘zlashtirma so‘zlardan ham unumli foydalanadi.
Navoiyning asarida qo‘llangan og‘zaki nutqqa xos mezonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma adabiy nutq qoidalariga singdirilgan: ila, kirpik, bila, o‘lsa, anga, ko‘rguzubon, ekin, yoqulg‘uchi, qilg‘uchi, solg‘usi, barir, birla, tuzdi, uzan, qayda, ulkim, ulturubon, iki, kibi.
Emdiki may zoyir etib hushni,
Shush yanig‘a tortdi chovushni.
Mazkur baytdagi og‘zaki nutq talaffuziga xos ushbu so‘zlar dostonda og‘zaki nutqda qanday ishlatilgan bo‘lsa, yozma nutq qoidasiga binoan aynan saqlangan holda ishlatilgan.
Shuningdek, ushbu baytdagi chovushni so‘zi aslida qadimgi turkiy tilga xos bo‘lib, eshik og‘asi, shohga ro‘para qiluvchi ma’nosida saqlanganligi bilan ajralib turadi.
Navoiy ijodining negizi xalqni sevganligidadir. Shoir xalqqa xizmat qilishni sharafli burch va ulug‘ maqsad deb hisoblaydi. Navoiy qalamiga mansub misralar, baytlar, to‘rtliklar xalq ichida hikmatli so‘zlarga aylanib ketgan. Bu hikmatli so‘zlar Navoiy dahosiga doir nazmiy va nasriy asarlarida, jumladan, “Hayrat ul-abror”da ham o‘ziga xos tarzda qo‘llangan. Til, nutq, so‘z, chin so‘z, yolg‘on so‘z himmat, saxovat to‘g‘risidagi hikmatlardir:
Til bu chamanning varaqi lolasi,
So‘z duralidur bo‘libon jolasi.
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz kabilar.
Nutqning go‘zalligini ko‘rsatuvchi omillardan biri nutqning hamma uchun tushunarli so‘zlardan tashkil topishidadir.
Agar nutq o‘zida barcha kommunikativ sifatlarni mujassam etsa-yu, har jihatdan jo‘yali, ya’ni o‘z o‘rnida bo‘lmasa, u maqsad nishoniga borib yetmaydi. Jo‘yalilik yo‘q joyda nutqning boylik, aniqlik, ifodalilik kabi muhim sifatlarining mohiyati muallaqlashadi.
1. Jumladan, buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy asarlari tilida “So‘z” ma’nosini anglatgan so‘z, kalima, kalom, lafz, alfoz, nutq, nukta va nukat, suxan kabi so‘zlar keng ishlatilgan.
2. Alisher Navoiy o‘zining butun ijodi davomida so‘z haqida va yana uning ma’nodosh leksik ifodalari haqida o‘zining qimmatli fikrlarini bildirib o‘tgan.
Quyida biz Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi so‘z tushunchasini ifodalagan arabcha nukta so‘zining ma’nolari haqida to‘xtalamiz.
Arabcha nukta – “nozik ma’noli so‘z, ma’nosi qiziq, ma’nosi chuqur va chiroyli so‘z” kabi ma’nolarni anglatgan.
Uning ko‘plik shakllari nikot va nukotlar ushbu dostonda ishlatilgan. Nukta so‘zi shoir tomonidan yigirmatacha baytda qo‘llanilgan.
Ular quyidagilar:

Download 292,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish