Ikkinchi bob


Bosh ma’nosi “So‘z” demakdir



Download 292,5 Kb.
bet11/21
Sana28.04.2022
Hajmi292,5 Kb.
#587390
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
kurs ishi

Bosh ma’nosi “So‘z” demakdir:
Nukta fasohatda manaqqah sanga,
Shohida da’vo, anga afsoh sanga. (40-bet).

Qahrli, achchiq gap” ma’nosida:


Nukta, suv yanglig‘ eritur toshni,
Topsa haqiqat o‘tidin choshni.
(54-bet).
Badiiy ijod” ma’nosida:
Nukta surudida ravo bo‘lmag‘ay,
Buki Navoiyg‘a navo bo‘lmag‘ay.
(56-bet).
To‘g‘ri so‘z” ma’nosida:
Barchasining nuktasi rangin erur,
Nazmlari dilkashu shirin erur.
(66-bet).

Masala, muammo” ma’nosida:


Kim o‘chi bu g‘ussada qon bo‘lmadi,
Kimsaga bu nukta ayon bo‘lmadi.
(109-bet).
Asosiy qoida, o‘lchov” ma’nosida:
Tutqil oning hurmati ichra zarur,
Qoidai nuktasi “xaytul-umar”.
(161-bet).

Afsona, uydirma” ma’nosida:


Qushlar aro shohki, anqo durur,
Nuktai bu amrda paydo bo‘lur.
(165-bet).

Chiroyli va mazmundor”so‘z ma’nosida:


Nuktavu ta’rixu hikoyat ham,
She’rda har nav’maqolat ham.
(229-bet).
Alisher Navoiy so‘zlarining miqdoran rang-barangligini ta’minlash maqsadida dostonda mazkur so‘zga yaqin ma’nodagi kalom, lafz, alfoz, nutq, takallum, hadis, guftor, suxandon, go‘ftugu, chuchuk nutq, qattiq so‘z kabi bir qancha so‘zlarni ham ishlatgan.
Alisher Navoiy asarda so‘z qadrini chuqur anglash nutqda soflik va go‘zallikka erishish har bir inson uchun ulug‘ ne’mat ekanligini ta’kidlaydi, o‘zi ham bunga amal qiladi.
Har bir kishining madaniyati, o‘z xalqiga, tiliga e’tibori, avvalo, uning nutqida namoyon bo‘ladi. Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz, deb ta’kidlagan edilar, Hazrat Navoiy.
Umuman, Hazrat Navoiyning el, xalq uchun beminnat xizmatlari qatori, so‘z, til, nutq va nutq madaniyati borasida qoldirgan qimmatli fikrlarini qadrlashimiz, unga amal qilishimiz nihoyatda zarurdir.
“Hayrat ul-abror”dostonida yozma va og‘zaki nutqning umumiy holati, asosan, turkiy so‘zlarning o‘ziga xosligida ko‘rinadi.
Boshqacha aytganda, “Hayrat ul-abror”da ham turkiy leksikaning asosini tashkil etuvchi eng faol so‘zlar turkiy tillar leksikasi uchun ham umumiydir.
Dostonda uchraydigan so‘zlar bir qator turkiy xalqlar tillarida uchragani va asrlar davomida bu tillarda qo‘llanib kelinganini kuzatish mumkin.
Asardagi ish, osh, bosh, bir, oni, turub, o‘lturub, bo‘ldi, bermish, bitimak, o‘ylaki kabi ko‘plab turkiy so‘zlarni boshqa turkiy tillarda (qozoq, uyg‘ur, qirg‘iz va boshqa.) uchraydi.
Asarda og‘zaki va yozma nutqqa xos bu turkiy tillarning har qaysisi o‘z so‘zi, o‘z so‘z boyligi hisoblanadi.
“Hayrat ul-abror”da shoirning boshqa dostonlaridagi kabi biror so‘zning ikki yoki undan ortiq turkiy tilda uchrashi bu leksemaning ularning birontasidan ikkinchisiga, qabul qilinganini ko‘rsatmaydi. Bunday og‘zaki va yozma nutq umumiyligining sababi turkiy tillarning aslida bir manbaga, bir genetik asosga aloqador ekanligini, qadimdan yagona manbaga taalluqli bo‘lganini ko‘rsatadi. Demak, nutqda, dostonda yozma nutq sifatida uchrovchi umumturkiy leksikaning mushtarakligi tarixiy-genetik umumiyligidir.
“Hayrat ul-abror”da uchrovchi turkiy so‘zlarning mushtarakligi turkiy tillar urug‘ va qabila tillari holatidagi davrda kuchli bo‘lgan.
Bunday so‘zlar davrlar o‘tishi bilan, keyinchalik mustaqil o‘zaro turkiy tillar shakllanishi, ularning mustaqil rivojlanishi yo‘liga o‘tishi bilan, bu tillar orasidagi mushtaraklik jihatlari kamayib borgan. Bunday qonuniyatning ikkita muhim sababini ko‘rsatishimiz mumkin.

  1. Alisher Navoiyning barcha asarlari kabi “Hayrat ul-abror” asarida ham har qaysi turkiy til og‘zaki va yozma nutq jarayonida til o‘z ichki qonuniyatlari orasida, asarida rivojlanadi, natijada turkiy so‘zlar har qaysi turkiy tilning o‘ziga xos fonetik, grammatik, leksik-semantik talablariga bo‘ysundiriladi. Dostonda esa o‘zbek tilining qoidalariga, yozma nutq adabiy normalariga bo‘ysundirilganligini kuzatamiz.

  2. Asarda qo‘llangan turkiy so‘zlarning barchasi, turkiy leksika yozma nutq, til qonuniyatlariga moslashishi ularning hayot tarzi, ma’naviy-madaniy turmushiga ega bo‘lganligidan darak beradi. Bu hol ular tili leksikasida qadimda umumiy tarzda qo‘llangan, ma’lum guruh so‘zlarning faol bo‘lishini va ma’lum guruh so‘zlarni esa, passiv, ya’ni nofaol qo‘llanishi va hatto tildan chiqib ketishiga ham olib keladi. Bu esa turkiy tillar leksikasida ongli ravishda ba’zi farqlarni to‘ldiradi.

Alisher Navoiy dostonlari tilining lug‘at tarkibi, jumladan, “Hayrat ul-abror” asari leksikasida ham o‘z imkoniyatlari va uni bilish darajasiga ko‘ra cheksizdir. Asar tili lug‘at tarkibining boyligi bilan og‘zaki va yozma nutq so‘zlari amalda alohida shaxslar yoki alohida ijtimoiy tabaqalar, muayyan kasb-hunar egalari guruhi nutqida, ularning so‘z zahirasi, ya’ni leksikasi sifatida qo‘llaniladi.
Asar tilining lug‘at tarkibi deyilganda, dostonda qo‘llanilgan o‘zbek adabiy til qamrovida uning o‘zbek dialekt va shevalariga oid, ya’ni professional til ko‘rinishlari leksikasi ko‘zda tutilmasdan, balki ularning umumiy yig‘indisi bo‘lgan so‘zlar ko‘zda tutiladi. Asar tili leksik tarkibida keng ma’noda olganda, so‘zlarning quyidagi asosiy guruhlari uchraydi:


  1. Download 292,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish