Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet12/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik - regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi. Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jome masjidlarda ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, ro’za (‘iyd al-fitr) va qurbon (‘iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi.
Beshinchidan, dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons ishlab chiqqan. Uning fikricha: “Har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi”.
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishidan iboratdir3.
Dinning paydo bo’lishi. Kishilik jamiyatida din doimo inson bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, -degan savolga turli fikrlar bildirishgan. Bu - dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ko’pincha ikki xil ko’rinishda javob topganlar.
Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, “qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida - yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan”, -deyilsa;
Ikkinchisi, “dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq”, - degan fikrdir.
Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: “Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo’ldi”. Bunda din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi bo’lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas.
Faylasuflik qilgan yovvoyi odam fikricha “ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. SHuni ham unutmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy guruhga, qabila, urug’, xalqqa tegishli edi”.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’lgan.
SHuning uchun ham dinni o’rganish - bu insoniyatni o’rganish, -demakdir.
Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi.
“Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi”, -deyilgan fikr bor edi.
Bugungi kun esa kommunizm xayoliy narsa-yu, din doimiy ekanligini ko’rsatdi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish